O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“Tasdiqlayman”
O`quv ishlari bo’yicha prorektori
prof.___________ Sh.A.Boymurodov
“____”_____________ 2021 yil
Kafedra: FARMAKOLOGIYA
Fan:FARMAKOLOGIYA
GORMONAL PREPARATLAR
mavzusi bo’yicha
davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlari 3-kurs talabalari uchun
Amaliy mashgulot
TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Toshkent - 2021
Tuzuvchilar:, M.J.Allayeva TTA farmakologiya kafedrasi mudiri
G`.Yu.Djanayev, TTA farmakologiya kafedrasi assistenti
Taqrizchilar: S.D. Aminov - TPTI farmakologiya va normal fiziologiya kafedrasi mudiri‚
t.f.d‚ dosent
A.A.Yakubov-TTA klinik farmakologiya kafedrasi mudiri‚ t.f.d‚ professor
Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma kafedra majlisining
2021 yil 8 iyundagi ______ - sonli bayoni bilan tasdiqlangan
Mazkur ta’lim texnologiyasi tibbiy-biologiya va fundamental fanlar seksiyasi yig’lishining
2021 yil 8 iyundagi 10-sonli qaroriga asosan chop etildi.
Mavzu: Gormonal preparatlar.
1. Ta’lim berish texnologiyasi ( amaliy mashgulot)
Vaqt: 120 daqiqa
|
Talabalar soni: 10-15
|
O`quv mashgulotining shakli va turi
|
Amaliy mashgulot
|
O`Quv mashgulotining tuzilishi
|
1. Kirish
2. Nazariy qism
3. Amaliy qism
- resteptura bo’yicha vazifalarni bajarish
4. Talabalarni mustaqil ish mavzusi: ”Vitaminlar”
5. Yakuniy qismi
|
O`quv mashguloti maqsadi: gormonal vositalar to`gri sidagi bilimlarni mustaxkamlash va chuqurlashtirish, restept yozish ko’nikmalarni rivojlantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
- gormonal preparatlar, ularning ko’llanilishi to’grisida umumiy bilimini kengaytirish;
- gormonal preparatlarning tasnifini mustax-kamlash;
- gormonlarning asosiy samarasi tushunchasini chuqurlashtirish;
- gormonal preparatlarning ta’sir mexanizm-lari to’grisida tushunchasini sistemalashtirish;
- gormonal preparatning nojo’ya ta’sirlari xakida bilimini kengaytirish;
- gormonal preparatlarning ko’llanilish uchun ko’rsatma, karshi ko’rsatmalar to’grisida bilimi-ni mustaxkamlash va kengaytirish berish;
- gormonal preparatlarning umumiy farmakodi-namika asosida dorilarning ta’sirini taxlil kilish va ko’llanilishini o’rgatish;
- gormonal vositalari bo’yicha restept yozish ko’nikmalarni rivojlantirish;
- informastiyani analiz qilish, umumlashtirish, qiyosiy ta’riflash, tizimlashtirish ko’nik-malarini rivojlantirish;
- kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirish.
|
O`quv faoliyati natijalari:
Talaba bilishi kerak:
- gormonal preparatlarning tasnifini;
- aloxida gormonlarning organizmga ta’sirini;
- asosiy gormonal preparatlarning ta’sir mexanizmini;
- gormonlar va uning sintetik analoglarini ko’llanili-shini.
Talaba qila olishii kerak:
- amaliy ko’nikmalar – resteptura bo’yicha vazifalarni bajarish (dorilarni chiqarish shakli, dozasi, miqdori va qo’llanilishini ko’rsatib resteptlar yozish: pituitrin (amp.), tireoidin (tab.), merkazolil (tab.), insulin (flak.), butamid (tab.), xlorpropamid (tab.), gidrokortizon (surtma), prednizolon (tab., surtma), deksametazon (tab.), retabolil (amp.), estradiol dipropionati (amp.), progesteron (amp.), testosteron propionati (amp.),tiamin bromidi (amp.), askorbin kislotasi (tab.,amp.), nikotin kislotasi (tab.,amp.), stianokobalamin (amp.).
|
Ta’lim usullari
|
Usul: qora quticha ; texnika: grafik organayzer – baliq skeleti chizmasi
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibli, jamoaviy, guruxlarda ishlash
|
Ta’lim vositalari
|
O`quv qurollari, o`quv jixozlari, dori vositalarni to’plami, dori vositalarga anatastiya to’plami, doska va bo’r.
|
Monitoring va baxolash
|
- Ogzaki nazorat: nazorat savollari, o`quv topshi-riqlarni guruxlarda bajarish
- Yozma nazorat: nazorat savollari, restept yozish
|
2. Amaliy mashgulotning texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
(120 daq.)
|
Faoliyat
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
1-bosqich.
Kirish
(5 daq.)
|
1.1.Davomatni tekshiradi.
1.2. Mavzu nomini e’lon qiladi, mashgulotning maqsadi va undan kutilayotgan natijalarni tushuntiradi.
1.3. Mashgulot rejasi va uni o’tkazish xususiyatlari bilan tanishtiradi
1.4. Talabalarninig bilimlarini va amaliy ko’nikmalarini baxolash mezonlari bilan tanishtiradi
|
1.1. Tinglaydilar.
1.2. Tinglaydilar, yozib
oladilar.
1.3. Tinglaydilar, aniq -lashtiradilar, savollar beradilar
1.4. Tinglaydilar, aniq -lashtiradilar, savollar beradilar
|
2-bosqich.
Nazariy qism
(65 daq.)
|
2.1. Mavzuning kalit savollari bo’yicha savol-javob o’tkazadi va talabaning tayyorgarlik darajasini aniq laydi.
2.2. Talabalar tomonidan to’liq o’zlashtirilmagan savollarga tushuntirish beradi
2.3. Talabalarni kichik guruxlarga bo’ladi. Kichik guruxlarda echish uchun vaziyatli masalalar va ulardan kelib chiquvchi prezentastiyalarni bajarish topshirigini beradi.
2.4. Prezentastiyalarni, ularni muxokamasini va guruxlarni chiqishlarini o’zaro baxolashni tashkillashtiradi.
2.5. Mashgulot uchun rejalashtirilgan interaktiv o’yin “ qora quticha“ ning sstenariysini aytib o’tadi. O’tkazilishini tashkillashtiradi. Interaktiv o’yin asosida talabalarni bilim-larini faollashtiradi. Xulosa qiladi.
2.6. Grafik organayzerning – baliq skeleti chizmasini tuzish qoidalarini va moxiyatini tushuntiradi. Yakka tartibda topshiriq beradi: baliq skeleti chizmasini to’ldirish. Bajarilgan topshiriqning jamoaviy muxokamasini tashkillashtiradi.
2.7.Talabalarning mustaqil ishlari taqdimoti bo’yicha muxokamani va o’zaro baxolashni tashkillashtiradi.
2.8. Tarqatma materiallarni ko’rsatadi.
|
2.1. Savollarga javob beradilar
2.2. Tinglaydilar.
2.3. Kichik guruxlarga bo’linadilar, guruxlarda vaziyatli masalalarni echadilar
2.4. Guruxlar o’z echimlari bilan prezentastiyalarini taqdim etadilar, qolgan ishtrokchilar gurux taq-dimotini baxolaydilar, savollar beradilar, o’z fikrlarini bildiradilar.
2.5.Tinglaydilar, aniq lash-tiradilar, topshiriqni bajaradilar, savollarni muxokama qiladilar.
2.6. Tinglaydilar, aniq lash-tiradilar, grafik organay-zerni yakka tartibda to’ldiradilar. Topshiriq-ning bajarilishini jamoa-viy muxokama qiladilar.
2.7. Ish bajarilishini ja-moaviy muxokama qiladilar
2.8. Tarqatma materiallar-ni o’rganadilar
|
3- bosqich.
Amaliy qism
(45 daq.)
|
3.1. Mashgulotning amaliy qismini bajarilishi bo’yicha yo’riqnomani beradi
3.2. Talabalarga yozma nazorat savollarini va amaliy ko’nikmalarini bajarilishi bo’yicha topshiriq beradi - restept yozish
3.3. Amaliy ishning natijalarini va uyga berilgan yozma vazifalarni tekshiradi
|
3.1.Tinglaydilar, savollar beradilar
3.2. Daftarda nazorat savollariga javob beradi-lar va resteptura bo’yicha topshiriqlarni bajaradi-lar.
3.3.Tinglaydilar, xatolari-ni to`girlaydilar
|
4- bosqich.
Yakuniy qism
(5 daq.)
|
4.1. Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida axamiyatga ega ekanligi muximligiga talabalar e’tiborini qaratadi.
4.2. Talabalarning nazariy va amaliy qismlari bo’yicha bilim darajasini baxolaydi va baxolarni e’lon qiladi
4.3. Keyingi mashgulotga topshirq, mavzu bo’yicha kerakli adabiyotlar va internet saytlar ro’yxatini beradi
|
4.1. Tinglaydilar.
4.2. Tinglaydilar.
4.3.Tinglaydilar, yozib ola-dilar
|
3.Mavzuni asoslash
Gormonal preparatlar klinik tibbiyotning turli soxalari (endokrinologiya, terapiya, xirurgiya, akusherlik, ginekologiya, gematologiya va boshqa lar)da keng qo’llaniladi, shuning uchun gormonlar, ularning organizm uchun axamiyatini, gormonal vositalarni o’rinbosuvchi terapiyada, shuningdek, endokrin bezlarning etishmovchiligi bilan bogliq bo’lmagan patologik xolatlarda qo’llanilishi, gormonal vositalarga restept yozishni bilish keyinchalik talabalarga xususiy farmakologiyani (masalan, yalliglanishga qarshi vositalar, allergiyaga qarshi vositalar, miometriyga ta’sir qiluvchi dori vositalari va siydik xaydovchi vositalar va x.k.) o’rganishda va umumiy amaliyot shifokori faoliyatida kerak bo’ladi.
4. Fanlararo va fan ichidagi bogliqlik
Shu mavzuni o`qitish talabalarning gormonlar biokimyosi, endokrin tizimining anatomiyasi, gistologiyasi, normal va patologik fiziologiyasi bo’yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar endokrinologiya, terapiya, xirurgiya, akusherlik-ginekologiya, gematologiya, oftalmologiya va boshqa klinik yo’nalishlarda va shu bilan birga xususiy farmakologiyadagi yalliglanishga qarshi, allergiyaga qarshi, miometriyga ta’sir qiluvchi, siydik xaydovchi dori vositalari o’rganilganda kerak bo’ladi.
5. Nazariy qism
5.1. Nazorat uchun savollar:
1. Gomonal preparatlarning tasnifini ko’rsating?
2. Gipofizni oldingi bo’lim gormonlarining organizmga ta’siri?
3. Qandsiz diabetda qo’llaniladigan preparatlar?
4. Vazopressinning ta’sir samarasini ko’rsating?
5. Oksitostinning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar?
6. Tiroksinning modda almanishuviga ta’siri?
7. Antitireoid preparatlarning tasnifi?
8. Paratgormonning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar?
9. Qandli diabetda samarali bo’lgan preparatlarni ko’rsating?
10. Insulinning gipoglikemik ta’sir mexanizmini ko’rsating?
11. Glyukokortikoidlarning asosiy effektlari?
12. Glyukokortikoidlarning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar?
13. Kortikosteroidlar qo’llanganda ko’rsatiladigan asoratlar?
14. Mineralokortikoidlarning asosiy effektlari?
15. Mineralokortikoidlarning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar?
16. Estrogenlarning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar?
17. Gestagenlarning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar?
18. Anabolik steroidlarning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar?
5.2. Mashgulot mazmuni
GORMONAL PREPARATLAR
Gormonlar1-endokrin bezlar va xar xil to`qimalardagi maxsus xujayralar to’plami ishlab chiqaradigan biologik faol moddalardir. Ular organizmning turli xil funkstiyalarini gumoral boshqa rishda juda muxim rol o’ynaydilar. Bundan tashqari ayrim gormonlar neyromodulyatorlar bo’lib xizmat qiladilar.Ushbu bobda faqat endokrin bezlarda ishlab chiqariladigan gormonlar ko’rib chiqiladi. Gormonlarning axamiyati ayniqsa u yoki bu endokrin bezining gipofunkstiyasida yorqin namoyon bo’ladi. Jumladan me’da osti bezi Langergans orolchalarining etishmovchili-gida qandli diabet, qalqonsimon bez oldidagi bezlar etishmovchiligida tirishish bilan kechuvchi gipokalstemiya, gipofizning orqa bo’lagidan ajraluvchi antidiuretik gormon etishmovchiligida – qandsiz diabet rivojlanadi. Shu bilan bir qatorda gormonlarni ortqcha ishlab chiqarilishi tufayli rivojlanadigan xastaliklar ma’lum. Jumladan, qalqonsimon bezning giperfunkstiyasi gipertireoz (Bazedov xastaligi), gipofizning oldingi bo’lagidan somatotrop gormonni ortiqcha ajralishida gigantizm, akromegaliya rivojlanadi.
Ichki sekrestiya bezlarining etishmovchiligida odatda gormon preparatlarini qo’llash tavsiya etiladi. Ushbu xolatda o’rnini olishga asoslangan davolash zarurati tug’iladi va preparatni berish davomiyligi endokrin bez gipofunkstiyasining davomiyligi bilan aniq lanadi. Bundan tashqari gormonlar ishlab chiqarish ni kuchaytiruvchi vositalar xam qo’llaniladi.
Gormon preparatlarini sintetik yo’l bilan xamda xayvonlarning a’zolari va peshobidan olinadi (keyingi yo’l bilan olinsa, ko’pgina preparatlarning faolligi biologik standartlashtirish orqali aniq lanadi va ta’sir birligida TB-belgilanadi). Xozirgi vaqtda gormonlarni olish uchun gen muxandisligi uslubi keng qo’llanilmoqda. Shu bilan bir qatorda tabiiy gormonlarning ko’p miqdorda xosilalari yoki tuzilishi jixatdan tabiiy gormonlardan farq qiluvchi sintetik birikmalar yaratilgan. Qator gormonlarning antogonistlari olingan bo’lib, ular kerakli resteptorlar bosqichida gormonlar ta’sirini bar-taraf etadilar (masalan, jinsiy gormonlar antogonistlari).
Kimyoviy tuzilishi bo’yicha gormonlar quyidagi guruxlarga bo’linadilar.
1) oqsil va peptid tuzilishiga ega moddalar- gipotalamus, gipofiz, qalqonsimon bez oldi va me’da osti gormonlari preparatlari, kalstitonin;
2) aminokislotalar xosilalari- qalqonsimon bez, epifiz gormonlarining preparatlari;
3) steroid tuzilishli – buyrak usti bezining po’stloqqavati va jinsiy bezlar gormonlarining preparatlari;
Endokrin bezlar giperfunkstiyasida tegishli resteptorlarni qamal qiluvchi yoki gormonlar sintezini susaytiruvchi antogonistlar qo’llaniladi.
Gormonlarning birlamchi ta’siri stitoplazmatik membrana yoki xujayra ichi darajasida amalga oshadi. Ba’zi gormonlar (oqsil va peptid tuzilishli) xujayra membranasining tashqi yuzasida o’rnashgan faqat o’ziga xos resteptorlarga ta’sir ko’rsatadilar. Bu resteptorlarning ko’plari adenilatstiklaza bilan bogliq bo’lib, uning faolligini o’zgarishi xujayra ichidagi stAMF miqdorini belgilaydi. Koproq gormonlar adeniladstiklaza faolligini kuchaytirib, stAMF miqdorini oshiradilar. stAMF miqdorini fosfodiesteraza faolligini susaytirish xisobiga xam oshirish mumkin, chunki fosfodiesteraza stAMF ni parchalaydi. Ammo bunday ta’sir triyodtironinga xosdir, shunda xam uning juda katta dozasida yuzaga chiqadi. stAMF o’z navbatida proteinkinazani faollashtiradi va turli xil intrastelyulyar jarayonlarga ta’sir etadi (1-rasm). Kortikotropin, tirotropin, gipofizning gonadatrop gormonlari, melaninni kuchaytiruvchi gormonlar, parat gormon, kalstitonin, glyukagon ana shunday ta’sir etadilar.
Gormonlar membranalardagi resteptorlar va xujayra ichidagi jarayonlar orasida “vositachi” vazifasini o’tovchi kalstiy ionlarining tutib olinishi, aj-ralishi va xujayra ichida taqsimlanishiga xam ta’sir etishi mumkin. Bundan tashqari stAMF va kalstiy ionlarining kinetikasi orasida ma’lum o’zaro bogla-nishlar mavjudligi aniq langan.
Ba’zi gormonlar (oqsil va peptidlar) adenilatstiklaza bilan bogliq bo’lmagan membrana resteptorlariga ta’sir ko’rsatadilar (o’sish gormoni, gormon).Ushbu xolatda “vositachi” masalasi ochiq qolgan. Ayrim gormonlar fosfatidilinozitol stikliga ta’sir etishlari mumkin va shu tufayli inozitoltrifosfat va dia-stilglisterolni ishlab chiqarilishini oshiradilar (m-n, gonadotrop gormonlarni ajralishini kuchaytiruvchi gipotalamus gormoni, vazopressin).
Gormonlarning xujayra membranalariga ta’siri ularni boshqa endogen moddalar uchun o’tkazuvchanligini o’zgartirishda xam namoyon bo’lishi mumkin (masalan, insulin glyukozani xujayra ichiga kirishiga imkoniyat yaratadi).
Bir qator xujayra membranasidan o’ta oladigan gormonlarning ta’siri xujayra ichida yuzaga chiqadi (masalan, steroidlar, qalqonsimon bez gormonlari). Steroidlar stitoplazmatik resteptorlar bilan kompleks xosil qiladilar va shu xolda ularning asosiy ta’siri namoyon bo’luvchi xujayra yadrosiga olib o’tiladi (2-rasm). Xujayra yadrosida ular DNK xamda iRNK ni faollashtiradilar, bu esa o’z navbatida oqsil sintezini indukstiyasiga olib keladi.Ammo bular gormonlar ta’-sirining bo’lishi mumkin bo’lgan prinstip laridir. Ushbu masalani ko’p tomonlari to’liq aniq lanmagan bo’lib, chuqur o’rganishni talab etadi.
Gipotalamus va gipofiz gormonlari preparatlari.
Gipofiz 3 ta: oldingi, orqa va kamroq namoyon bo’lgan o’rta bo’laklardan iborat. Oldingi va o’rta bo’laklari bez xujayralaridan iborat bo’lib, “adenogipofiz” nomi bilan jamlangan. Oldingi bo’laklari adrenokortikotrop, somatotrop, tireotrop, follikul rag’batlantiruvchi , lyuteinizastiyalovchi va laktotrop gormonlar ajratadi (1- jadval). larni xosil bo’lishi va ajralishi maxsus gormonlar ajralishni (rilizing1) rag’batlantiruvchi va susaytiruvchi omillar bilan boshqa riladi (2- jadval). O’rta bo’lagi ba’zi sut emizuvchilarda melanostidlarni r’g'batlantiruvchi gormonlar (α, β, γ )ni ajratadi va u xam gipotalamus nazoratidadir.
Gipotalamus va adengipofiz gormonlarining sintezi va ajralishi teskari boglanish prin-stipi asosida boshqa riladi, chunki gipotalamus va gipofiz markazlarining faolligi gormonlarning Qonda aylanib yuruvchi konstentrastiyasiga bogliq. Qonda gormonlar miqdorini kamayishi gipotalamo – gipofizar sistemani rag’batlantiradi va aksincha, ortishi ushbu sistemaga susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Neyrogipofiz, deb ataluvchi orqa bo’lak nerv oxirlari va xujayralardan iborat gliyani eslatadi. Unda 2 ta gormon: oksitostin va vazopressin (antidi uritik gormon) mavjud. Bu gormonlar gipotalimusning1 supraoptik va paraventrikulyar yadrolaridan bosh-lanuvchi neyrosekretor xujayralarda xosil bo’ladi. Ularning aksonlari gipofiz oyoqchalari orqali uning orqa bo’lagiga o’tadi. Ushbu aksonlarning oxirlari neyrogipofizning kapi-lyarlari bilan zich birlashgan bo’lib, unga oksitostin vazvazopressinni bevosita ajratadi (ney-ronlarda ikkala gormon neyrofizin I va II oqsil bilan boglangan, faolsiz kompleks xolida bo’ladilar). Ikkala gormonning ajralishi nerv impulsi ta’sirida amalga oshadi.
Gipofiz gormonlari tabobat amaliyotining turli jabxalarida qo’llaniladi. Dori vositasi sifatida gipofizning oldingi bo’lagida gormonlar sekrestiyasini boshqa ruvchi gipotalamusning ba’zi gormonlari xam qo’llanila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |