O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sogliqni saqlash vazirligi



Download 107,63 Kb.
bet4/14
Sana04.06.2022
Hajmi107,63 Kb.
#636581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8.Gormonal preparatlar, Oqsil va polipeptid, steroid tuzulishli

Gipofizning orqa bo’lagi gormonlari bo’lmish oksitostin va vazopressin (antidiuretik gormon) polipeptidlar xisoblanadi. Sintetik yul bilan xam olingan. Miometriyga rag’batlantiruvchi ta’sir etish oksitostinning asosiy ta’siridir. Oksitostin ta’siriga xomiladorlikning oxirgi davridagi miometriy ayniqsa sezgir bulib, u tug’ishdan keyingi bir necha kun ichida xam shundayligicha saqlanadi. Organizmda oksitostin aminopeptitazalarga mansub bo’lgan oksitostinaza ta’sirida faolsizlantiriladi. Oksitostin dori preparati sifatida tug’ish jarayonini rag’batlantirish va tug’ishdan keyingi davrda bachadondan qon ketishini to’xtatish uchun, xamda laktastiyani kuchaytirish uchun qo’llaniladi.
Oksitostin toza xolda chiqiladi (TB-ta’sir dozalanadi, mushak va qon tomirga kiritiladi). Bundan tashqari pituitrin (gipofiz bezining orqa bo’lagi suvli ekstrakti ) preparat tarkibida xam bor.
Dezaminook s itostin (sandopart, demoksitostin)oksitostinni sintetik xosilasidir. Oksitostindan farq qilib, fermentlar ta’siriga chidamli va ta’siri davomlidir. Transbukal (lunjda tutish) yo’l bilan qo’llaniladi.
Vazopressin (antidiuretik gormon )o’ziga xos V-resteptorlar bilan boglanadi.U asosan ikkita podtipga bo’linadi: V1 va V2 (3-jadval). V2-resteptorlar adenilatstiklaza, V1-resteptorlar – fosfatidilinozitol stikli (inozitoltrifosfat va diastilglisterol ikkilamchi vositachilardir) bilan alaqadorlar. Vazopressin ikkita asosiy xossaga egadir: 1)nefronning distal qismida suvni qayti so’rilishini (reabsorbstiyasini) boshqa radi; 2) silliq mushaklarga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Vazopressinning asosiy ta’siri – bu suv almashinuviga ta’siridir. Distal naychalar va yiguvchi kanalchalar o’tkazuvchanligini oshirib (V2- resteptorlar bilan o’zaro ta’siri tufayli) vazopressin suvni reabsorbstiyasiga imkoniyat yaratadi va shuning natijasida peshob xajmini kamaytiradi (yoki meyyorlashtiradi).
Silliq mushaklarga jumladan, tomirlarga ta’siri V1a- resteptorlari orqali amalga oshadi. Bu vazopressinning juda kata dozalarida (antidiuretik ta’sirni yuzaga chiqaruvchi dozalardan yuz marta kattaroq) gina namoyon bo’ladi. Qon bosimini ko’tarilishi arteriola va kapillyarlar mushaklaridagi resteptorlarga bevosita ta’siri bilan bogliq.
Katta dozalarda vazopressin ichakning silliq mushaklariga rag’batlantiruvchi ta’sir etadi va miometriyning qisqarish faolligini oshiradi. Xomilasiz va xomiladorlikning erta muddatlarida bachadon oksitostinga nisbatan vazopressinga koproq sezgirdir. Xomiladorlik muddatini ortishi bilan buning aksi kuzatiladi, ya’ni oksitostin samaradorligi ortadi, vazopressinniki pasayadi. Shu narsa ko’rsatilganki, MNSda vazopressin neyromediator va neyromodulyator vazifasini o’taydi. Gipofizning oldingi bo’lagidan kortikotropin ajralishiga (V1b – resteptorlarini rag’batlantirish xisobiga) imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari vazopressin trombostitlar agregastiyasini (V1 –resteptorlarga ta’siri) kuchaytiradi va qon ivishida qatnashuvchi XIII omil miqdorini oshiradi.
Dori preparati bo’lmish vazopre s s in qisqa ta’sir etadi(30 min- 2 soat), chunki organizmda aminopeptidazalar ta’sirida parchalanadi. O’zgarish maxsulotlari buyrak orqali ajraladi. Vazopressinning antidiuretik faolligi kuchliroq va tomirlarni toraytirish (vazokonstrikstiya) xossasi juda sust bo’lgan xosilalari yaratilgan (desmopressin). Asosan vazopressor ta’sir ko’rsatuvchi preparat xam olingan (felipressin va boshqa lar).
Qo’llashga asosiy ko’rsatma – qandsiz diabet. Bu maqsadda v a z o p r e s s i n (teri ostiga, mushak ichiga kiritiladi, TB- ta’sir birligida dozalanadi) p i t u i t r i n va a d i u r e k r i n (quruq pituitrin burun ichiga kiritiladi), shu bilan birga de s mopre s s in kabi yangi preparatlar qo’llaniladi.

Epifiz gormonlari preparatlari.


Epifiz (g’urrasimon yoki pineal bez) xar-xil biologik faol birikmalar shu jumladan, ko’pincha peptidlar tutadi. Epifizning asosiy gormoni bo’lib melatonin1 xisoblanadi. U epifizning xujayralari (pinealostitlar)da serotonindan xosil bo’ladi., shu sababli uni (triptofan) aminokislotalar xosilasiga mansub deb xisblanadi.


Melatoninnig asosiy funkstiyasi, chamasi tashqi muxitni yoritilganligi xaqidagi ma’lumotlarni bir kunlik biologik (stirkat) ritmlarni keyingi navbatda boshqa rish uchun qayta ishlashdan iboratdir. Epifizga tashqi yorug’lik informastiyasi quyidagi yo’l bilan tushadi: ko’zning to’r pardasi → gipotalamusning supraxiazmatik yadrolari → bo’yindagi yuqorigi simpatik gangli → simpatik nervlar → epifiz. Insonlarda melotaninni eng ko’p miqdori tunda ishlab chiqaradi. Demak, ko’z to’r pardasini yorug’lik bilan rag’batlantirish susayganda melotaninni sintezi ortadi. Fiziologik va ta’sirotlarga javob beruvchi kunlik boshqa ruvi melotaninni reproduktiv sistema faolligiga mavsumiy ta’sir bilan to’ldiriladi. Melatonin o’rtacha uxlatuvchi, tana xaroratini tushirish, lyuteinlashtiruvchi gormon ajralishini susaytirish ta’siriga ega. Vaqt poyaslarini keskin o’zgarishlarida (masalan, katta masofalarni tayyoralarda bosib o’tilganda), kunlik ritmlarga (ayniqsa uyqu) meyorlashtiruvchi ta’sir melatoninda kuchli ifodalangan. Bundan tashqari unda antioksidantlik va immun tizimiga rag’batlantiruvchi faolliklar aniq langan.


Melatoninni ta’sirlari uni faqat o’ziga xos bo’lgan melatonin resteptorlari (Me1 IA, IB, IC) bilan o’zaro ta’siroti tufayli yuzaga keladi. Ular ko’p miqdorda supraxiazmatik yadrolar, ko’zning to’r pardasida aniq langan. Shu bilan bir qatorda ular talamusning paraventrikulyar yadrolari, oldingi gipotalamus, bosh miyaning ko’pgina qisimlarida, xamda ba’zi periferik to`qimalarda (masalan teri bezlarida), limfostitlarda joylashganlar.
Melatoninning preparati (m e l a k s e n) uzoq masofalarni tayyoralar vositasida bosib o’tishda bioritmni boshqa rish uchun qo’llaniladi. Bu uyqu – tetiklik stikllarini meyyorlashuvida namoyon bo’ladi. Asosiy natija epifiz gormonal faolligining soatpoyaslarini tez almashinuviga adaptastiyasi (moslashuvi) bilan bogliq. Preparatni kechqurun (ichish yoki til ostiga)1 qo’yish tavsiya etiladi. U ovqat xazm qilish traktidan yaxshi va tez so’riladi. Gematoenstefalik to’siqdan oson o’tadi. Tez parchalanadi (metabolizmi tez kechadi). Noxush asoratlari: uyg’ongandan keyin uyqusirash (mudroq bosish), kuchsizroq darajada, katta bo’lmagan shishlar.

QALKONSIMON BEZ GORMONLARI PREPARATLARI VA ANTITIREOID VOSITALAR. KALSITONIN.



Download 107,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish