O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sogliqni saqlash vazirligi



Download 107,63 Kb.
bet10/14
Sana04.06.2022
Hajmi107,63 Kb.
#636581
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8.Gormonal preparatlar, Oqsil va polipeptid, steroid tuzulishli

Glyukokortikoidlarning antogonistlari xam ma’lum. Ba’zi preparatlar ularning sintezini tuxtatadi (metirapon, mitotan). Boshqa lari glyuklokortikoidlarning resteptorlarini qamallaydilar (mifepriston, avval gestagenlar antogonisti sifatida ma’lum edi). Uni ba’zan Kushing2 sindromida, xamda kortikotropin xosil bo’lishini tekshirishda (metirapon) qo’llaniladi. Mitotan, zaxarli preparat bo’lganligidan buyrak usti bezi po’stloq qavatining faqat operastiya qilish mumkin bo’lmagan o’simtalarida qo’llaniladi.
MINERALOKORTIKOIDLAR

Aldosteronva 11-dezoksikortikosteron tabiiy mineralokortikoiddir. Asosiy mineralokortikoid bo’lmish aldosteron elektrolitlar almashinuviga ta’si ri bo’yicha 11-dezoksikortikosterondan 20-30 marta ustun keladi. Aldosteron glyukokortikoidlar kabi xujayra ichida joylashgan resteptorlar bilan boglanadi. Mineralokortikoidlarning asosiy fiziologik faolliklarini namoyon bo’lishi bu suv – tuz almashinuviga ta’siridir. Mineralokortikoidlar nefronning distal bo’limlariga ta’sir ko’rsatib, natriy ionlari va izoosmotik miqdorda suvning qayta so’rilishini oshiradi. Bir vaqtning o’zida kaliy ionlarining sekrestiyasi kuchayadi .


Uglevod almashinuvini mineralokortikoidlar kam o’zgartiradilar. Ularda yalliglanish va allergiyaga qarshi xossa yo`q.
Davolash maqsadida dastlab dezoksikortikosteron astetat taklif etilgan, chunki aldosteron noyobdir. Dezoksikortikosteronni asosan mushak ichiga kiritadilar yoki tabletka ko’rinishida teri ostiga implantastiya qilinadi. Dezoksikortikosteron trimetilastetat davomliroq ta’sirga ega. Xozirgi vaqtda mineralokortikoid faolligiga ega bo’lgan preparat sifatida asosan ftorgidrokortizon astetat (fluorokortizon, florinef) qo’llanilmoqda. U kuchli darajada yalliglanishga qarshi ta’sir xam ko’rsatadi. Ichiladi. Mineralokortikoidlarni buyrak usti bezi po’stloq qavatining surunkali etishmovchiligi (shu jumladan Addison xastaligida) qo’llaniladi. Undan tashqari ularni miasteniya, adinamiya da xam qo’llashadi. Chunki ular mushaklar tonusi va ishlash qobiliyatini oshiradilar.
Noxush ta’sirotlari organizmda natriy ionlari va suvni xaddan tashqari ko’p ushlanib qolishi bilan bogliq. Shishlar, to`qimalarda ortiqcha suv bo’lishi, asstit1 kuzatiladi, qon bosimi ko’tariladi. Ogir xollarda yurakning chap qorincha etishmovchiligi rivojlanib o’pka shishiga olib keladi.
Mineralokortikoidlarni antogonistlari mavjud. Ba’zilari ularning sintezini buzadilar (masalan, miterapon), ammo tanlamasdan ta’sir ko’rsatadi va bir vaqtning o’zida glyukokortikoidlar sintezini susaytiradi. Shu bilan bir qatorda spestifik resteptorlarni qamal qilib, mineralokortikoidlarni buyrak naychalariga ta’sirini tanlab bartaraf etuvchi antogonistlar mavjud. Bunday antogonistlarga diuretik vositasi sifatida qo’llaniladigan spiranolakton kiradi.
JINSIY GORMONLAR, ULARNING UNUMLARI, SINTETIK O’RIN BOSUVCHILAR VA ANTOGONISTLARINING PREPARATLARI


Ayollar jinsiy bezlari gormon preparatlari
Tuxumdonda gormonlar follikulalarda (estrogenlar) va sariq tanada (gestagenlar) xosil bo’ladi.Estradiol follikulalarning asosiy gormoni bo’lib, tuxum xujayralarining rivojlanish jarayonida xosil bo’ladi. Organizmda estradioldan (asosan jigarda) qon va peshobda estron va estriol xosil bo’ladi. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha bu brikmalar steroid qatoriga mansub. Estrogenlar jinsiy a’zolar va ikkimlamchi jinsiy belgilarni rivojlanishi uchun zarur. Ular ta’sirida xayz stiklining birichi yarimida endometriy proliferastiyasi ro’y beradi.
Tuxum xujayra etilgach follikula yoriladi – ovulyastiya boshlanadi. Follikula o’rniga sariq tana xosil bo’ladi. Progesteron sarq tananing asosiy gormonidir. Jigarda u peshob tarkibida ajraladigan pregnandiolga aylanadi1. Gestagenlar (progestagenlar), estrogenlar kabi, steroid tuzulishli birikmalar qatoriga mansubdirlar. Gestagenlar xayz ko’rish stiklining ikkinchi yarimida (sekretor faza) bachadon shilliq qavatining keyingi transformastiyasini amalga oshishiga, tuxum xujayrasi urchiganda – destidual parda va yo’ldoshni shakllanishiga imkon yaratadi. Shunday qilib, xomilani xomiladorlik davrida rivojlanishi uchun sharoit tayyorlanadi. Shu sababli sariq tana goromoni ko’pincha xomiladorlik goromoni deb ataladi. Yo’ldosh xam gestagen va estrogen gormonlar manbasi xisoblanadi. Yo’ldosh ta’sir xususiyatlari bo’yicha gipofiz oldingi bo’lagi gormoniga xos bo’lgan xorionigonik gonadotrop goromon (lyuteinizastiyalovchi) ajratadi. Angar tuxum xujayrasi urchimasa, sariq tana teskari rivojlanishga uchraydi va xayz ko’rish bachadon shilliq qavatining ko’chishi kuzatiladi. Jinsiy bezlar gormonlarining ishlab chiqarilishi gipofizning oldingi bo’lagining gonadotrop gormonlari boshqa radi.
Estrogen va gestagen maxsus resteptorlar bilan boglanib xujayra ichida ta’sir ko’rsatadilar.Asosiy ta’sir joyi bu xujayra yadrosi bo’lib, u erda estrogen yoki gestagen resteptor kompleksi (majmuasi) DNK bilan brikadi va shu yo’l bilan oqsil sinteziga ta’sir ko’rsatadi. Estrogen va gestagen (progestagen)lar ta’sir ko’rsatuvchi resteptorlarning eng ko’p miqdori bachadon, qin, sut bezlari, xamda gipotalamus va gipofizning oldingi bo’lagida joylashgan.
Ayollar jinsiy gormon preparatlarining spestifik faolligi ba’zan biologik standartizastiya usuli bilan aniq lanadi. Estrogenlarni axta qilingan sichqon yoki kalamushlarda kuyikish chaqirish (estrus) xossasi asosida sinaladi. Estrogenlar ta’sirini jonivorlar qinidagi ajratmadan tayyorlangan surtma xarakteriga ko’ra xukum chiqariladi. Osoyishtalik davrida (anestrus) surtmada shilliq, leykostitlar va juda kam miqdorda yadroli epitelial xujayralar aniq lanadi. Kuyikish davrida surtmada ko’p miqdorda yadrosiz dag’allashgan epitelial xujayralar aniq lanadi. Bir ta’sir birligi (1 TB) 0,1 mkg estron faolligi mos keladi.
Gestagenlarni biologik standartizastiyalashni balogatga etmagan urg’ochi quyonchalarda o’tkaziladi. Ma’lum sxema bo’yicha jonivorlarga avval estron, so’ngra progesteron kiritiladi. Bunda soxta xomiladorlik rivojlanadi. Bachadon shilliq qavatining o’zgarishlari taxminan xomiladorlikning 8-kuniga mos kelishi kerak (gistologik tekshirishlar o’tkaziladi). Bir ta’sir birlik ( 1TB) 1 mg kristallik prgesteron faolligiga teng.



Download 107,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish