O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
17.5. Shartli hukm qilish
Shartli hukm qilish ~ 
sudning aybdorga ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo'natish, xizmat bo'yicha 
cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolaridan biri tayinlash vaqtida ishdagi holatlar va aybdorning shaxsini e'tiborga 
olib, bu jazoning o'tashi maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga kelsa, qonunda ko'rsatilgan shartlar mavjud 
bo'lganda, aybdorga bu jazoni shartli ravishda qo'llamasligi haqida qaror chiqarishdan iborat. 
Ko'pchilik olimlar shartli jazo belgilashni jazodan ozod qilishning alohida bir turi, deb hisoblashadi. Ba'zilari 
esa, shartli jazo belgilashni jazoni o'tashning alohida bir turi, deb hisob-laydilar, ba'zilari hukmni ijro etishning alohida 
tartibi, deb ko'rsatadilar. Ayrim mutaxassislar esa, shartli jazo belgilash jazoning ijrosini kechiktirishdir, degan fikrni 
ilgari suradilar. 
Bu institutni jazodan ozod qilishning boshqa institutlari bilan taqqoslaganimizda, ular o'rtasida umumiy 
xususiyatlar mavjud-ligini ko'ramiz. Jazodan ozod qilishning barcha holatlarida, shuningdek, shartli jazo belgilashda 
ham aybdor jazoni faktik jihatdan o'tamaydi. Jazodan ozod qilishning boshqa turlari kabi shartli jazo belgilash ham 
umumiy ta'sir chorasi bo'lib hisoblanadi. 
Shartli jazo belgilash jazodan ozod qilishning boshqa turlaridan: 
• 
birinchidan, 
sud tomonidan shartli ravishda jazo belgilanishi; 

ikkinchidan, 
mahkumning jazodan qisman emas (jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish), balki to'liq 
ozod qilinishi; 
• 
uchinchidan, 
sud mahkumning oldiga jazoning shartliligini bekor qilishi mumkin bo'lgan muayyan talablarni qo'yish 
bilan farqlanadi. 
Shartli hukmning yuridik tabiatini belgilash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Bu shartli 
hukmning mohiyatini ochib berishga, uni qo'llash asoslarini hamda shartli hukm qilingan shaxsni sinov muddati davrida 
bajarishi va amal qilishi zarur bo'lgan shartlarni belgilashga yordam beradi. 
Jinoyat kodeksiga muvofiq shartli jazo belgilash — o'z tabiatiga ko'ra aybdorni sud tomonidan tayinlangan 
jazoni real o'tashdan shartli ozod qilish. Shartli jazo belgilashning maqsadi mahkumni sud hukmi bilan tayinlangan 
jazoni o'tamasdan tuzatish va qayta tarbiyalashdan iborat. 
Shartli jazo belgilashda sud shaxsni ma'lum jinoyatni sodir qilishda aybli, deb topadi va unga jazo tayinlaydi, 
lekin shuning bilan birga ishdagi holatlarni hamda aybdorning shaxsini e'tiborga olib, bu jazoni o'tashi maqsadga 
muvofiq emas, deb hisoblaydi. 
Shartli hukm qilishda sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini, aybdorning 
shaxsini, javob-garlikni og'irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olishi lozim. Shuni alohida ta'kidlash 
lozimki, shartli ravishda jazo tayinlash uchun obyektiv va subyektiv asoslar bo'lishi lozim. 
Obyektiv asos — bu sodir etilgan jinoyatning o'z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, usuli va oqibati 
bo'yicha og'ir bo'lmasligi. 
Subyektiv asos — aybdorning shaxsiy xususiyatlari va sodir etilgan jinoyatni xususiyatlovchi subyektiv 
xususiyatlari, ya'ni aybdorning uncha ijtimoiy xavfli emasligini tasdiqlovchi holatlar yig'indisidan iborat. 
Aybdorning shaxsiga baho berishda uni jinoyat sodir etishga undagan xulq-atvori, turmush va ishdagi axloqi 
hamda o'z jinoyatiga so'nggi munosabati (aybini bo'yniga olish, yetkazilgan zararni to'lashi va boshqalar) e'tiborga 
olinadi. 


135 
Jinoyat kodeksi shartli jazo belgilanishi mumkin bo'lgan jinoyatlar va shaxslar doirasini chegaralaydi. O'ta og'ir 
jinoyati uchun jazoga hukm qilinganlarga, shuningdek, ilgari qasddan sodir etgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum 
etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan shartli jazo belgilash qo'llanilmaydi. Jinoyat kodeksi ijtimoiy adolat 
prinsipidan kelib chiqib, o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, oltmish 
yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan o'ta og'ir jinoyat sodir etgan holda ham shartli jazo belgilash mumJdnligi 
mustahkamlangan. 
Shartli jazo belgilashda sinov muddati jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi 
hamda mahkumga tayinlangan jazoning miqdoriga qarab, sud tomonidan bir yildan uch yilgacha belgilanadi. Sinov 
muddatining asosiy mohiyati va ahamiyati mahkumga jazoni o'tamasdan tuzalishi, o'zini jamoat oldida oqlashi uchun 
vaqt va imkoniyat berishdir. Agar shu muddat ichida mahkum ishonchni oqlasa, sinov shartlarini bajarib tuzal-ganligini 
isbotlasa, unga tayinlangan jazoni o'tashdan ozod bo'ladi va sudlanmagan hisoblanadi. Sinov muddati hukm chiqarilgan 
kundan boshlab hisoblanadi. Shartli jazo belgilash to'g'risidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, 
sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi. Jinoyat kodeksining 72-moddasi, 3-qismiga muvofiq, sud shartli jazo 
belgilashi bilan bir qatorda aybdorga bir qator majburiyatlarni: yetkazilgan zararni bartaraf etish, ishga yoki o'qishga 
kirish, yashash joyi yoki o'qishini o'zgartirsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib 
boruvchi organga xabar berib turishi, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlar ro'yxatidan o'tib turishi, muayyan joylarda 
bo'lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo'lishi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan 
davolanish kursini o'tashi kabi yuklashi mumkin. 
Shartli hukm qilinganlar ustidan nazoratni ichki ishlar organ-lari va harbiy xizmatchilar ustidan harbiy qism 
yoki muassasa qo'mondonligi amalga oshiradi. Jazoni ijro qilish inspeksiyasi shartli hukm qilingan shaxslarni ro'yxatga 
oladi va sud belgilagan sinov muddati mobaynida ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishini nazorat 
qilib boradilar. Shartli hukm qilingan shaxs harbiy xizmatga chaqirilgan taqdirda jazolarni ijro qilish inspeksiyasi sud 
hukmi (ajrimi) nusxasini hamda harbiy xizmat o'tash joyida uning xulq-atvori ustidan nazorat qilish uchun kerakli 
boshqa hujjatlarni mudofaa ishlari bo'yicha tegishli bo'limga yuboradi. Harbiy qism (muassasa) qo'mondonligi o'n 
kunlik muddat ichida mahkum ro'yxatga olinganligi to'g'risida, xizmatni tugatgandan keyin esa, jo'nab ketganligi 
to'g'risida jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar beradi. 
Shartli hukm qilingan shaxsning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ sinov muddati 
mobaynida belgilangan cheklashlarni to'liq yoki qisman bekor qilish to'g'risida sudga taqdimnoma kiritishga haqlidir. 
Mahkum zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo'yin tovlagan yoki ma'muriy yoxud intizomiy 
javobgarlikka tortilgan hollarda mahkum xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ jinoyat huquqiy ta'sir 
chorasini bekor qilishi hamda hukmda tayinlangan jazo chorasini ijro etish to'g'risida taqdimnoma kiritishi mumkin. Sud 
ushbu taqdimnomaga asosan shartli jazoni bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to'g'risida ajrim chiqarishi 
mumkin. 
Agar shartli hukm qilingan mahkum sinov muddati o'tmay turib, yangi jinoyat sodir etsa, unga bir necha hukm 
yuzasidan Jinoyat kodeksining 60-moddasiga muvofiq jazo tayinlanadi. Sud yangi hukm bo'yicha tayinlangan jazo 
muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o'talmay qolgan jazo muddatini to'la yoki qisman qo'shadi. 
Shartli hukm qilish to'g'risidagi sud hukmining kuchga kirishi bilan sinov muddati davomida mahkum 
sudlangan, deb topiladi. Agar sinov muddati davomida mahkum yangi jinoyat sodir etmasa, shartli hukm sud tomonidan 
bekor qilinmagan bo'lsa, hukm ijro etilmaydi va shaxs Jinoyat kodeksining 78-moddasi, «a» bandiga ko'ra sudlanmagan 
hisoblanadi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish