O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
12.5. Jinoyatlarning real jami
Jinoyatlarning 
real jami 
deganda, qonun chiqaruvchi «sudla-nuvchi tomonidan hukm chiqarilgunga qadar ikki 
yoki undan ortiq jinoyat sodir etishi»ni nazarda tutgan va ushbu holda jazo tayinlashning alohida qoidalari tatbiq 
etilgan. O'z navbatida masalaga bunday yondashish uzoqqa bormadi. 1924-yilgi «SSSR va Ittifoqchi respublikalar 
jinoyat qonunchiligi asoslari»da jinoyatlarning ideal jami va real jami bir qancha jinoyat sodir etish turlariga kiritildi va 
Jinoyat kodeksining 33-moddasida mustahkamlandi. «Agar shaxsning sodir etgan qilmishida bir necha jinoyat belgilari 
mavjud bo'lsa, shu jumladan, hukm chiqarilgunga qadar shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilsa, 
ijtiomiy ta'sir cho-ralari eng og'ir jazoni nazarda tutuvchi jinoyatlar miqdoridan kelib chiqqan holda tayinlanadi», 
deyiladi ushbu qonunda. 
O'zbekiston Respublikasining 1926-yilgi Jinoyat kodeksida u quyidagicha mustahkamalngan edi: «Agar shaxsni 
sodir etgan qilmishida bir yoki bir necha jinoyat belgilari mavjud bo'lsa, shu jumladan, hukm chiqarilgunga qadar ikki 
yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilgan bo'lsa, ijtimoiy ta'sir choralari hukmda har bir jinoyat uchun alohida ko'rsatib 
o'tilgan holda og'irroq jazo belgilangan jinoyat bo'yicha tayinlanadi», deyiladi. 


80 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan 
ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni turli vaqtlarga sodir etib, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan 
bo'lmasa, jinoyatlarning real jami, deyiladi. 
Jinoyatlar majmuyi masalasini tadqiq qilish shuni ko'rsatadiki, jinoyatlarning real jami, ideal jamiga qaraganda 
ko'proq tarqalgan jinoyatlardan bo'lib hisoblanadi. Ma'lumotlarga ko'ra, 91,6 % hollarda jinoyatlarni real jami tariqasida 
sodir etish tashkil etsa, 8,4 % ni ideal jami tariqasida jinoyat sodir etish tashkil etadi. 
Yuridik adabiyotlarda bildirilgan fikrlarga ko'ra, real jami uchun uning tarkibiga kiruvchi jinoyatlarni turli 
vaqtlarda sodir etilishi xususiyatli bo'lib, jinoyatlarning real jami o'z navbatida bir turdagi va turli turdagi real jamiga 
bo'linadi. Jinoyatlarning turli vaqtlarda sodir etilishi, qilmishni real jami ekanligini aniqlashda qiyin^ chiliklar 
tug'dirmaydi. Chunki, ushbu holda har bir qilmish mustaqil ravishda kvalifikatsiya qilinadi. 
Jinoyatlarning real jamini turli va bir turdagi jinoiy qilmishlar tashkil etishi mumkin. Ya'ni real jamida, subyekt 
aynan bir turdagi va turli ijtimoiy munosabatlarga ta'sir etadi. Shuning bilan birgalikda, shaxsning qilmishi real jami 
tariqasida, nafaqat, tamom bo'lgan jinoyatlar mavjud bo'lganda, balki ulardan biri jinoyatga tayyorgarlik ko'rish yoki 
suiqasd, boshqasi tamom bo'lgan jinoyat bo'lganda ham tashkil etadi. 
Jinoyatlarning ideal va real jami sodir qilinish vaqti va huquqiy oqibatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bular 
quyidagilarda ifodalanadi: 
1) Jinoyat kodeksining 56-moddasi Gazoni og'irlashtruvchi holatlar), «n» bandida ko'rsatilishicha, ilgari qasddan 
jinoyat sOdir etgan shaxsning takroran jinoyat sodir etishi, jazoni og'irlash-tiruvchi holatlanadi; 
2) agar aybdorning bir harakati Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan kvalifikatsiya qilnishi lozim bo'lgan ijtimoiy 
xavfi katta bo'lmagan jinoyat sodir qilingan bo'lsa, aybdor Jinoyat kodeksining 66-moddasiga binoan (aybdor o'z 
qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi munosabati bilan) javobgar-likdan ozod qilinishi mumkin. Bunday 
jinoyatlar real jami tariqasida sodir qilinsa, javobgarlikdan ozod qilishning bu turini qo'llash mumkin bo'lmaydi; 
3)-jinoyatlarning ideal jamida shaxsga nisbatan, agar bunga qonunda ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'lsa, Jinoyat 
kodeksining 71-moddasini qo'llab, jazodan ozod qilinishi mumkin. Real jami tariqasida sodir qilingan jinoyatlarga 
nisbatan esa, ushbu moddani qo'llash mumkin bo'lmaydi. Shuningdek, jinoyatlarning real jami tariqasida bir qancha 
jinoyatlar sodir qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonunida ko'zda tutilgan boshqa imtiyozlarni qo'llash mumkin 
bo'lmaydi. Qonunda ana shunday holat belgilanishining asosiy sababi jinoyatlarning ideal jami tariqasida jinoyat sodir 
etgan shaxsga nisbatan real jami tariqasida jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoriroqdir. 
Shaxsning oldin bitta jinoyatni sodir qilib, yana yangi jinoyat sodir etish, jinoiy faoliyatini davom cttirganligi uning 
ijtimoiy xavfli ekanligidan dalolat beradi. Boshqa teng sharoitlarda shaxsning ongi va ruhiy holatida nizoli hamda 
muammoli vaziyatlarni hal qilish vositasi sifatida jinoyat sodir qilishga tayyorgarligi ildiz otib ketganligini namoyon 
qiladi. 
Demak, yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, jinoyatlarning real va ideal jamiga bo'linishining ham amaliy, ham 
nazariy ahamiyati juda kattadir. Jinoyatlar jami tushunchasini jinoyat qonunining mustaqil instituti sifatida ajratib 
ko'rsatilishi uchun barcha asoslar mavjuddir. 
O'zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Jinoyat kodeksi tuzilishiga ko'ra, 1959-yilgi kodeksdan 
farq qilib, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi deyarli ko'pchilik moddalari qism-larga, har bir qismlari yana bandlarga 
bo'linadi. Shunga muvofiq ravishda «Maxsus» qism bitta moddasi, bitta qismining turli band-larida nazarda tutilgan 
jinoyatlar turli vaqtlarda sodir qilinsa-da, jinoyatlar jami mavjud bo'lmaydi. Ya'ni, masalan, shaxs ancha miqdorda 
o'zganing mulkini yashirin ravishda o'girlagan, ma'lum vaqt o'tgandan so'ng bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til 
biriktirib, sodir qilgan bo'lsa, jinoyatlar majmuyini tashkil etmaydi. Jinoyat kodeksining 33-moddasi mazmuniga ko'ra, 
jinoyatlar majmuyini tashkil qilish uchun «Maxsus» qism turli moddalarida yoki bitta moddaning turli qismlarida 
nazarda tutilgan jinoyatlar sodir qilinishi kerak. Ushbu holda jinoyatlar jami deb emas, balki jinoyat takroran sodir 
qilingan, deb hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 33-moddasi, 2-qismida «Agar shaxs sodir etgan qilmishida ushbu kodeks «Maxsus» qismi 
ayni bir modda-sining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alornatlari mavjud bo'lsa, u moddaning og'irroq 
jazo belgilangan qismi bo'yi-cha javobgarlikka tortiladi», deyiladi. Qonundagi bu tushuntirishni noto'gri tushungan 
ayrim sudlar jinoyatlar majmuyi tariqasida kvalifikatsiya qilib jazo tayinlash kerak bo'lgan qilmishlarga ham tatbiq 
qilmoqdalar. 
Jinoyat kodeksining 33-moddasi, 1-qismida ideal yoki real jami tariqasida kamida Jinoyat kodeksining 
«Maxsus» qismi ikkita moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadigan j'inoyatlar nazarda tutilgan bo'lsa, ushbu moddaning 2-
qismida faqat bitta modda bilan kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlash mumkin bo'lgan jinoyat haqida so'z ketmoqda. 
Jinoyatlar majmuyining ma'nosini yanada aniq-lashtirish maqsadida shu moddaning 2-qismiga ana shu tushuncha 
kiritilib, agar bitta jinoiy qilmishda Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi muayyan moddasining turli qismlarida nazarda 
tutilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilish belgilari mayjud bo'lsa, jinoyatlar jamini tashkil qilmasligini, bunday holda o'sha 
moddaning og'irroq jazo belgilangan qismi bo'yicha kvalifikatsiya qilish zarurligi ta'kidlangan. 
Masalan, aytaylik, aybdor o'ta xavfli retsidivist bo'lgani holda o'ta shafqatsizlik bilan Jinoyat kodeksining 104-
moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan badanga og'ir shikast yetkazish jinoyatini sodir qilgan. Ushbu jinoyat bitta jinoiy 


81 
qilmish, ammo 104-moddaning 3-qismida nazarda tutilgan kvalifikatsiya qilish belgilari bor. Ana shunday hollarda eng 
og'ir kvalifikatsiya qilish belgisi orqali javobgarlikka tortish zarur bo'ladi. 
Jinoyat kodeksining 33-moddasi, 2-qismini tahlil qilishdan aynan ana shu yuqorida aytilgan ma'no kelib 
chiqadi. «Agar shaxs sodir etgan qilmishda» deb, qonun bu tushunchani ko'plikda emas, birlikda bermoqda. Demak, 
faqat bir harakat bilan sodir etilgan bitta jinoyat nazarda tutilmoqda. 
Jinoyat kodeksning 33-moddasiga ko'ra, «Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu kodeks «Maxsus» qismi ayni 
bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mayjud bo'lsa, u moddaning og'irroq jazo 
belgilangan qismi bo'yicha javobgarlikka tortiladi». Jinoyatlarning ideal jamidir. Ushbu tushuncha shaxsning harakatlari 
bitta modda bilan kvalifikatsiya qilinishini anglatib, qonun chiqaruvchi jinoyatlarning 
ideal 
jamini yagona jinoyat 
guruhiga kiritgan. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish