44
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari bemor shaxsga hukm e'lon qilingunga qadar yoki belgilangan jazoni
o'tayotgan vaqtida yoki ozodlikda qoldirilgan, ammo uning harakatlari atrofidagilarga xavf tug'dirganida, qo'llaniladi.
Aqli norasolik —
yuridik
va
tibbiy
mezonlar bilan ifodalanadi. Shaxsni aqli noraso, deb topish uchun har ikki
mezon bir vaqtda mavjud boiishi shart. Har qanday ishdagi yuridik ko'rsatkich, ya'ni jinoyatni sodir etgan shaxs
haqiqatan o'z harakati va uning oqibati uchun javob bera oladimi yoki yo'qmi, degan masalalar sud tomonidan to'la
aniqlanishi kerak.
Tibbiy ko'rsatkich belgilariga ega bo'lgan ruhiy kasalliklarga:
a) surunkali ruhiy kasallik;
b) vaqtinchalik ruhiy kasallik;
d) aqlning pastligi;
e) kasallikning boshqa holatlari kiradi.
Surunkali boshqa kasallik davolab bo'lmaydigan yoki qiyin davolanadigan ruhiy kasallik bo'lishi mumkin.
Masalan, shizofreniya, progressiv falajlik, paranoyya, epilepsiya, bosh miya sifilisi (yallig'lanishi) va hokazo.
Vaqtinchalik ruhiy kasallik ruhiy holatning vaqtinchaUk buzilishi bo'lib, shaxs keyinchalik sog'ayib ketadi,
masalan,
белая горячка —
umumiy yuqumli kasalliklar davridagi ruhiy kasallik va hokazo. Aqlning pastligi yoki
oligofreniya - tug'ma yoki tug'ilish vaqtida inson ruhiy holatining ishdan chiqishi.
Aqlning pastligi uch darajaga bo'linadi: yengil darajali debillik (imbetsilnost), o'rta daraja (idiotiya), to'liq, ya'ni
aqliy qobiliyatning ishdan chiqishi. Kasallikning boshqa holatlari inson ruhiyatining ruhiy kasalliklardan tashqari
holatdagi buzilishidir (masalan, giyohvandlik vositasini vaqtincha iste'mol qilmaslik tufayli ro'y beradigan ruhiy holat,
yuqumli kasallik vaqtidagi ruhiy yetishmaslik). Aqli norasolikning yuridik mezoni shundan iboratki, bunda shaxs o'z
harakatlari to'g'risida o'ziga hisob bera olmaydi (intellektual belgi) va o'z harakatlarini boshqara olmaydi. Yuridik
mezonning intellektual belgisi shuni bildiradiki, bunda shaxs o'z harakatini, uning g'ayriqonuniy va jamoat uchun xavfli
ekanligini tushunmaydi. Shaxsni aqli noraso, deb topish uchun qonun bo'yicha tibbiy va yuridik mezonlar aniqlanishi
lozim. Ko'pchilik hollarda, agar shaxs o'z harakatlari to'g'risida o'ziga hisob bera olmas ekan, o'z harakatlarini ham
boshqara olmaydi. Biroq, sud-tergov amaliyotida shaxs o'z harakatlari yuzasidan hisob bera oladi, lekin uni boshqara
olmaydigan holatlar ham kuzatilgan. Masalan, shaxs giyohvandlik vositasini iste'mol qilishi kerak bo'lgan vaqtda uni
topa olmasa, har qanday harakatni sodir etishga, shu jumladan, dorixonaga o'g'rilikka kirishga ham qodir bo'ladi. Bunda
giyohvand jinoyat qilayotganligi to'g'risida o'ziga hisob beradi, lekin o'z harakatlarini boshqara olmaydi. Bu hollarda
tibbiy ko'rsatkichlardan birining mayjudligi shaxsni aqli noraso, deb topilishi uchun asos bo'ladi. Har bir jinoyat ishini
ko'rishda shaxsni aqli noraso, deb topish uchun, albatta, sud-psixiatriya ekspertizasi o'tkazilishi lozim. Qonunga ko'ra,
aqli noraso, deb topilgan shaxs jinoyatning subyekti bo'la olmaydi va u harakatlarida jinoyat tarkibi bo'lmaganligi
sababli jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: