O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

ikkinchidan, 
ijtimoiy xavfi katta 
bo'lmagan jinoyatlar uchun jinoiy repressiya 
choralarini kamaytirish, og'ir bo'lmagan 
jinoyatni birinchi marta sodir qilgan 
shaxslarga nisbatan, qilmishiga chin 
ko'ngildan pushaymon bo'lgan shaxslarga 
yoxud qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfligini 
yo'qotganligi munosabati bilan shaxslarga nisbatan jamiyatdan ajratish bilan bog'liq bo'lmagan jazo choralarini qo'llash, 
shartli hukm qilish, jazoni o'tash muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog'i bilan almashtirish 
kabi choralarini qo'llash an'analariga asoslanadi. Shuningdek, jinoyat qonunida jinoyat sodir qilgan voyaga 
yetmaganlarga nisbatan ancha yengil jazo choralarini qo'llash 
Jinoyat huquqining muhofaza qilish va oldini olish vazifalari faqatgina jinoyat huquqi prinsiplariga qat'iy rioya 
qilinishi orqali bajarilishi mumkin. 
Jinoyat huquqi prinsiplari haqida tola ma'lumot olish uchun quyidagi masalalarga e'tibor berish kerak: 
1. Jinoyat huquqi prinsiplari tushunchasi, belgilari va ularning ahamiyati; 
2. Prinsiplarning jinoyat huquqida qo'llanilishi va ularning harakatlanish mexanizmi; 
3. Jinoyat huquqi prinsiplari tizimi. 
Jinoyat huquqi prinsiplari deganda, umuman jinoyat huquqi yoki uning alohida institutlari mazmunini 
ifodalovchi, jinoyat huquqi normalarida mustahkamlangan boshlang'ich asos, asosiy g'oyalar tushuniladi. 
Prinsiplar jinoyat qonunida mustahkamlangan demokratik davlatning jinoyat-huquqiy siyosati mohiyatini va 
hozirgi yo'na-lishlarini ifodalaydigan, sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik negizlari, chegaralari va shakllari haqida 



ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, diniy va huquqiy tasawurlarni aks ettiradigan yetakchi g'oyalar va asosiy 
qoidalardir. 
Jinoyat huquqi prinsiplari 
— jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida qonun chiqaruvchi, qonunni amalda 
qo'llovchi organlar va barcha fuqarolar uchun majburiy bo'lgan asosiy qoidalar. 
Jinoyat huquqi prinsiplari quyidagi: 
a) xalqaro va milliy huquq normalariga mos kelishi; 
b) jinoyat huquqi prinsiplarining fundamental xususiyatga ega ekanligi; 
d) jinoyat huquqi prinsiplarining o'zaro aloqadorligi kabi belgilarga ega. 
Jinoyat huquqi prinsiplari birinchi navbatda xalqaro huquq normalariga, ya'ni xalqaro tashkilotlar tomonidan 
qabul qilingan hujjatlarga mos kelishi kerak. Shuningdek, jinoyat qonunidagi prinsiplar o'z navbatida O'zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishi va undagi normalardan kelib chiqishi kerak. 
Jinoyat huquqi prinsiplari jinoyat huquqi normalari uchun fundamental asos bo'lib xizmat qiladi, ya'ni jinoyat 
huquqi normalar jinoyat huquqi prinsiplaridan kelib chiqadi va ularga zid bo'lmasligi kerak. Bunday prinsiplar 
nazariyada prinsip normalar, deb ataladi. 
Jinoyat huquqi prinsiplari bir-biriga bog'liq tarzda zanjirsimon harakatda bo'lib, ulardan birining buzilishi o'z 
navbatida boshqa prinsiplarning buzilishiga olib keladi. 
Jinoyat huquqi prinsiplari jinoyat qonunchiligini «qo'llash» borasida jinoyat huquqi uchun asosiy qoidalarni 
belgilab beradi. 
Jinoyat huquqi prinsiplarining «harakatlanish mexanizmi» jinoyat qonunlarini qo'llovchi shaxslar 
(surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud'ya) orqali amalga oshiriladi. 
Jinoyat huquqi prinsiplari buzilganda, bunday buzilishlarni bartaraf etish hamda prinsiplarni buzilishiga olib 
kelgan g'ayriqonuniy qaror va xatti-harakatlarni bekor qilish uchun davlat nazorati (sud, prokuratura organlari nazorati) 
harakatga keladi. 
Jinoyat kodeksida belgilangan prinsiplar: 
a) qilmishning jinoiyligi faqat Jinoyat kodeksi bilan aniq-lanishi; 
b) jazo va boshqa huquqiy oqibatlar faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanishi; 
d) Jinoyat kodeksining jinoyat huquqi uchun yagona manba ekanligi; 
e) shaxsning jinoyatni sodir etishdagi aybliligi yoki unga qo'yilgan aybda aybsizligini faqat sud tomonidan 
aniqlanishi; 
f) jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralarining faqat sud tomonidan qo'llanishi; 
g) jinoyatni sodir etishda aybdor, deb hisoblangan shaxsni huquqiy holati faqat qonun bilan belgilanishi; 
h) barcha huquqni amalda qo'llaydigan idoralarning jinoyat qonunining mazmunini o'z vakolatlari doirasida va Jinoyat 
kodeksida ko'rsatilgan aniq matnga muvofiq sharhlash majburdirlar, qoidalaridan iborat. 
Jinoyat huquqi prinsiplari O'zbekiston Respublikasi Konstitut-siyasida mustahkamlangan, qonunning 
ustuvorligi, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolarning tengligi, umuminsoniy qadriyatlar va 
umume'tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustuvorligi kabi prinsiplarga asoslanadi hamda ulardan kelib chiqadi. 
Ayni paytda jinoyat huquqining har bir prinsipi ushbu huquq sohasining tartibga solish uslubi va bajaradigan vazifalari 
bilan aloqador hamdir. 
Qonunda prinsiplarning mustahkamlanganligi ularga umum-majburiylik xususiyatini beradi, binobarin, 
prinsiplar kishilar ongiga ta'sir ko'rsatish omillari sifatida qonun chiqarish va huquqni qo'llash faoliyatini yanada 
rivojlantirish uchun huquqiy zamin bo'lib xizmat qiladi. Barcha prinsiplarning yig'indisi demokratik jinoyat huquqining 
chinakam mohiyatini ifodalaydigan ichki o'zaro mufoviqlashtirilgan qoidalarning yaxlit tizimini tashkil etadi. 
Jinoyat huquqi prinsiplari tizimi deganda, jinoyat qonun-chiligidagi qoidalarning normativ asosini belgilab 
beruvchi jinoyat huquqi prinsiplarining yig'indisi tushuniladi. Jinoyat huquqi prinsiplarining tizimi Jinoyat kodeksining 
3-moddasida mustahkamlangan bo'lib, unga ko'ra, Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, 
demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish