O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilari



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
4.5. Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilari
Jinoyat tarkibining tomonlari va Jinoyat kodeksi «Maxsus» qis-mining moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar 
tarkibining bir xil emasligini ko'ramiz. «Maxsus» qismning ayrim moddalarida o'sha jinoyat tarkibining barcha belgilari 
batafsil ko'rsatilgan bo'lsa, boshqa bir moddasida o'sha jinoyat uchun zarur bo'lgan eng asosiy belgilari ko'rsatilgan. 
Jinoyat huquqida alohida jinoyatlar tarkibini tahlil qilib va umumlashtirib jinoyat tarkibi to'g'risidagi umumiy ta'limot va 
ana shu asosida jinoyat tarkibi to'g'risidagi umumiy qoidalari ishlab chiqilgan. 
Jinoyat tarkibi to'g'risidagi qoidalar jinoyat huquqining bosh masalalaridan biri bo'lib, qilmishni jinoyat, deb 
hisoblashning, jinoiy qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilishning, javobgarlikning asoslarini belgilashning hal qiluvchi 
omili hisoblanadi. Shunga ko'ra, har bir huquqni himoya qiluvchi va huquqni amalda qo'llovchi organlar xodimlari 
jinoyat tarkibiga tegishli masalalarni chuqur o'zlashtirib olishlari kerak. 
Jinoyat tarkibining umumiy belgilarini ikkiga bo'lish mumkin, bular: 
a) jinoyat tarkibining zaruriy belgilari; 
b) jinoyat tarkibining fakultativ belgilari. 
Jinoyat tarkibining zaruriy belgilari 
Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan barcha jinoyatlar uchun zarur bo'lgan 
belgilardir. Bu belgilar barcha jinoyatlar tarkibi uchun shart bo'lgan eng kam belgilardir. Har qanday jinoyat tarkibini 
ishlab chiqishda ana shu belgilar asosiy belgi sifatida olinadi. Ko'pchilik jinoyat tarkiblari uchun ana shu zaruriy 
belgilaridan boshqa belgilar jinoyat tarkibidan tashqarida bo'lgan belgilar bo'lib qoladi. Zaruriy belgilar barcha 
jinoyatlar uchun shart bo'lib, «Maxsus» qism moddalarida yoki «Umumiy» qismda asosiy qoida tariqasida nazarda 
tutiladi. 
Jinoyat tarkibi barcha tomonlari (elementlari) uchun zaruriy bo'lgan belgilar quyidagilardir: 
a) jinoyatning obyektini — ijtimoiy munosabatni tavsifiovchi belgilar; 
b) obyektiv tomonini, ya'ni ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikni tavsifiovchi belgilar; 
d) subyektiv tomonini, ya'ni aybni tavsifiovchi belgilar; 
e) subyektni, ya'ni jismoniy shaxsning aqli rasoligi, muayyan jinoyat uchun javobgarlikka tortilish yoshini tavsifiovchi 
belgilar. 
Jinoyat tarkibining fakultativ belgilari 
barcha jinoyatlar uchun zaruriy bo'lmagan, ammo «Maxsus» qismning 
bir qancha moddalarida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblari uchungina zaruriy hisoblangan belgilardir. 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida shunday jinoyatlar borki, qilmishni o'sha modda bilan kvalifikatsiya 
qilish uchun jinoyat tarkibining umumiy belgilari kamlik qiladi. 
Qonun chiqaruvchi organ ana shunday tarkibli jinoyatlarni ajratib, yana boshqa belgilarning ham bo'lishi 
kerakligini ko'rsatib, o'sha moddani tuzib chiqqan. Fakultativ belgilar qandaydir qo'shimcha belgi bo'lmasdan, bu 
belgilarsiz qilmishni o'sha modda bilan kvalifikatsiya qilib bo'lmaydi. Demak, fakultativ belgilar ham muayyan 
jinoyatlar uchun jinoyat tarkibi doirasiga kiradigan, qilmishni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi hisoblanadi. 
Masalan, qilmishni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan kvalifikatsiya qilish uchun subyekt mansabdor 
shaxs bo'lishi kerak. Uy-joyga kirib talonchilik qilishda (166-moddaning 3-qismi, «b» bandi) ayblash uchun shu jinoyat 
tarkibi obyektiv tomoni uchun fakultativ belgi hisoblangan jinoyat joyi, ya'ni uy-joyga kirib, talonchilik qilish sodir 
etilgan bo'lishi kerak. Demak, jinoyat tarkibining fakultativ belgilari jinoyat tarkibining umumiy belgilari nuqtayi 
nazardan olganda fakultativ belgi, bir norma jinoyat tarkibi nuqtayi nazardan olganda fakultativ belgilar zaruriy belgi 
sifatida jinoyat tarkibi doirasiga kiradi. 
Jinoyat tarkibining fakultativ belgilari: 
a) jinoyatning obyektini tavsifiovchi belgilar, ya'ni qo'shimcha obyektli jinoyatlar (masalan, bosqinchilik, bezorilik va 
hokazolar); 
b) obyektiv tomonini tavsifiovchi belgilar, ya'ni jinoyat joyi, usuli, sharoiti, quroli va hokazolar; 
d) subyektiv tomonini tavsifiovchi belgilar, ya'ni jinoyatning motivi, maqsadi; 
e) jinoyat subyektini tavsifiovchi belgilar, ya'ni maxsus subyektlar (mansabdor shaxs ekanligi, o'ta xavfli retsidivistlik 
va hokazo). 
Jinoyat ijtimoiy hayotning turli jabhalarida sodir etilishi mumkin va shunga ko'ra, bu jinoyatlar mazmuniga 
ko'ra yetkazilgan zararning miqdori turlicha, ijtimoiy munosabatning ahamiyati jihatidan ham har xil bo'ladi. Jinoiy 
tajovuz bir vaqtning o'zida bir necha ijtimoiy munosabatga (obyektga) nisbatan tajovuz qilinishi, bu ijtimoiy 
munosabatlar bir xil yoki har xil bo'lishi mumkin. Bunday hollarda tajovuz qilingan ijtimoiy munosa-batlarning biri 
asosiy obyekt, boshqasi esa qo'shimcha obyekt bo'lishi mumkin. Masalan, bosqinchilik jinoyati (Jinoyat kodeksining 
164-moddasi) shaxsning hayoti yoki sog'liqqa xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatib sodir etiladi. Ammo qonun chiqaruvchi 


30 
organ bu jinoyatni mulkiy jinoyatlar guruhiga kiritgan. Chunki shaxs o'zganing mulkini g'ayriqonuniy ravishda egallash 
uchun hujum qiladi. Subyektning asosiy maqsadi shaxsni hayotdan mahrum qilish yoki badaniga shikast yetkazish 
emas, balki o'zganing mulkini g'ayriqonuniy yo'l bilan egallashning eng xavfli usulini tanlagan va bunda mulk egasining 
qarshiligini sindirish maqsadida uning hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatadi. Shunga ko'ra, 
bosqinchilik jinoyatida mulk asosiy obyekt sifatida qatnashadi. Jabrlanuvchining hayoti yoki sog'lig'i uchun xavfli 
bo'lmagan hujum bosqinchilik jinoyatini tashkil qilmaydi va hokazolar. 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida shunday jinoyatlar borki, bu jinoyatlar tarkibi uchun jinoyat predmeti 
ushbu jinoyat tarkibi uchun zaruriy belgi sifatida jinoyat tarkibi doirasiga kiradi. Masalan, Jinoyat kodeksining 176-
moddasida qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog'ozlar yasash, ularni o'tkazish jinoyat-larida bu narsalar 
jinoyatning predmeti sifatida shu jinoyat tarkibi doirasiga kiruvchi zaruriy belgi hisoblanadi. 
«Maxsus» qismdagi bir qator jinoyatlar tarkibi uchun jinoyat sodir qilish vaqti, joyi, usuli va hokazolar jinoyat 
tarkibi doirasiga kiritilib, jazoni og'irlashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilgan. 
Jumladan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 2-qismi, «j» bandida o'ta shafqatsizlik bilan, «1» bandida bezorilik 
oqibatida odam o'ldirish nazarda tutilib, usul zaruriy belgi sifatida qatnashmoqda. Odam o'ldirishni («e» bandi) 
ommaviy tartibsizliklar jarayonida sodir qilganlik uchun javobgarlik belgilanib, vaqt zaruriy belgi sifatida 
qatnashmoqda, uy-joyga kirib bosqinchilik, talonchilik yoki o'g'rilik jinoyatini sodir qilish jinoyatida jinoyat joyi jinoyat 
tarkibi doirasiga kiritilib qilmishni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sifatida qatnashmoqda. 
«Maxsus» qismning asosiy ko'pchilik moddalarida jinoiy oqibatning miqdori yoki darajasi jinoyat tarkibi 
doirasiga zaruriy belgi sifatida kiritilgan. Masalan, talonchilik (Jinoyat kodeksining 
166-moddasi) ancha miqdorda qilinsa, ushbu moddaning 2-qismi («b» bandi), ko'p miqdorda qilinsa, 3-qismi 
(«v» bandi), juda ko'p miqdorda qilinsa, 4-qismi («a» bandi) bilan javobgarlik belgilangan. 
«Maxsus» qismning bir qancha moddalarida jinoyat subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblangan 
jinoyatning motivi va maqsadi zaruriy belgi sifatida jinoyat tarkibi doirasiga zaruriy belgi sifatida kiritilgan. 
Jumladan, 97-moddaning 2-qismi, «i» bandida g'araz maqsad-larda odam o'ldirish, 133-moddaning 2-qismi, «a» 
bandida o'lgan odamning a'zolarini g'arazgo'ylik yoki boshqa past niyatlarda ajratib olish uchun, 139-moddaning 3-
qismi, «g» bandida tuhmat, g'arazgo'ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir qilganlik uchun javobgarlik belgilangan va 
hokazolar. 
Subyektning fakultativ belgilari sifatida shaxsning individual xususiyatlari hisobga olinishi mumkin. Masalan, 
subyektning tibbiyot xodimi, mansabdor shaxs ekanligi, xavfli yoki o'ta xavfli retsidivist ekanligi va hokazolar. 
Yuridik adabiyotlarda jinoyat tarkibi fakultativ belgilar ahamiyatining uch jihatini ko'rsatadi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish