O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


  Qo‘riqlash-yong‘in xabarlovchilarini ishga qabul



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/98
Sana29.04.2020
Hajmi1,08 Mb.
#48120
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Bog'liq
qoriqlash-yongin signalizatsiyasining tashxisi

10.2.  Qo‘riqlash-yong‘in xabarlovchilarini ishga qabul  

qilish tartibi

Xabarlovchilarni ishga qabul qilish tartibini buyurtmachi kor-

xona belgilaydi va u bunga mas’uldir. Xabarlovchilarni o‘rnatish 

va qabul qilish VSN 25-09. 68-85 asosida amalga oshiriladi.

Yangi qurilishda bo‘lgan jabhalarda yong‘in xabarlovchilarini 

qabul qilish uchun tashkilot rahbari buyrug‘i bilan ishchi hay’at 

belgilanadi. Hay’at a’zolari quyidagilardan iborat:

–  buyurtmachi (hay’at raisi);

–  o‘rnatuvchi-sozlovchi tashkilot;

–  Davlat yong‘in noziri;

–  «Qo‘riqlash» birlashmasi vakili.

Zaruriyat tug‘ilganda ishchi hay’at tarkibiga boshqa muta-

xassislar jalb qilinishi mumkin. O‘rnatuvchi-sozlovchi tashkilot, 

buyurtmachini yong‘in xabarlovchilarini o‘rnatish ishlari yakun-

langanligi va ishga topshirilishiga tayyorligi haqida yozma ra-

vishda xabardor qilganidan so‘ng, besh kun muddat ichida ishchi 

hay’at tuzilishi lozim.

Xabarlovchilarni ishga qabul qilish jarayonida o‘rnatuvchi-

soz lovchi tashkilot hay’at a’zolariga quyidagi:

– ishchi loyihalarni yoki ko‘zdan kechirish bayonnomasini 

(o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa ko‘rsatilishi lozim);

–  o‘rnatilgan texnik vositalarga ularni ishlab chiqqan korxona 

tomonidan berilgan texnik hujjatlarni;

– yong‘in xabarlovchilarini qabul qilganda RDM O‘zMA 

007-95 boshqaruv hujjatining 1-ilovasida ko‘rsatilgan hujjatlarni 

taqdim qilishlari kerak.




82

Hay’at a’zolari:

– o‘rnatish-sozlash ishlari, loyiha hujjatlari, ishlab chiqaruv-

chi korxona tomonidan berilgan texnik hujjatlar va VSN talablari 

asosida bajarilganligini;

–  bajarilgan o‘rnatish-sozlash ishlari sifatini baholashi;

– xabarlovchilarning ishchanligini 3 kun muddat ichida tek-

shirishi lozim.

Bundan tashqari hay’at a’zolari ko‘zdan kechirish yo‘li bilan 

quyidagilarni tekshiradi:

–  xabarlovchi shleyfi himoya qobig‘i qarshiligini o‘lchaydi;

–  xabarlovchi shleyfi qarshiligini o‘lchaydi;

– elektr simlar, o‘rnatilgan xabarlovchilar holati, asboblar, 

taqsimlar qutilari, loyiha hujjatlari tekshiriladi.

Xabarlovchi shleyfi qarshiligi va himoya qobiq qarshiligi qu-

yidagicha tekshiriladi:

–  himoyalanayotgan eshik va derazalar yopiladi;

–  xabarlovchi shleyfi qabul-nazorat pultidan uziladi;

–  yakunlovchi element (diod, qarshilik) qisqa tutashtiriladi;

– ommetr yordamida shleyf qarshiligi o‘lchanadi, qarshilik 

QNP ko‘rsatilgan qiymatdan oshmasligi lozim.

Megaommetr yordamida elektr himoya qobig‘ining qarshiligi 

o‘lchanadi, qarshilik 1 MOm dan kam bo‘lmasligi kerak. 

Ko‘rsatilgan me’yoriy hujjatlar talablaridan cheklanishlar 

aniq langan hollarda, ularni bartaraf qilish uchun mas’ul korxo-

na shu haqida bayonnoma orqali ogohlantiriladi. Bu tashkilotlar 

10 kun ichida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib, yong‘in 

xabarlovchilari qurilmalarini qabul qilish uchun yangitdan ishchi 

hay’atga taqdim qiladi.

Agar yuqorida ko‘rsatilgan bandlar talab darajasida bo‘lib, 

himoyalanayotgan elementlar loyiha yoki ko‘zdan kechirish akti 

asosida bajarilgan bo‘lsa, xabarlovchi qurilmalari ishga qabul qi-

lingan deb hisoblanadi va belgilangan bayonnoma asosida rasmiy-

lashtiriladi.

Qo‘riqlash qurilmalarini o‘rnatish va ishga qabul qilish jara-

yonida rasmiylashtiriladigan hujjatlar ro‘yxati:

1.  Ko‘zdan kechirish dalolatnomasi.

2.  Asbob va uskunalarni o‘rnatishga topshirilganligi dalolatnomasi.




83

3. Bino va inshootlarni o‘rnatish ishlariga tayyorligi haqida 

dalolatnoma.

4.  Ko‘zga ko‘rinmas ishlarning bajarilishi haqida dalolatnoma 

(elektr simlarni o‘tkazish).

5.  Asboblarni kirish nazoratidan o‘tganlik dalolatnomasi.

6.  Elektr simlarning qobiqlari qarshiligi tekshirilganligi haqi-

da dalolatnoma.

7.  O‘rnatish ishlarining yakuni haqida dalolatnoma.


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish