Oyna sinish akustik xabarlovchilarini sozlash va
ishchanligini tekshirish
Barcha turdagi xabarlovchilarni sozlash, obyektdagi xalaqitli
vaziyatni baholash bilan boshlanadi. Avvaldan xabarlovchi mak-
simal sezgirlikka sozlanadi. Agar yuqori akustik xalaqitlar mavjud
bo‘lsa, xabarlovchidagi chiroq indikatori ishga tushib shu haqi-
da xabar uzatadi. Bunda mavjud bo‘lgan xalaqitlar bartaraf qili-
nishi kerak.
Oyna sinish akustik xabarlovchilarni sozlash har bir turi uchun
o‘z xususiyatlariga ega. Oyna sinish akustik xabarlovchilarni soz-
laganda xalaqitlarga yuqori bardosh bergan holda zarur sezgirli-
gi tanlanishi kerak.
Eski modelli analogli ishlov berish xabarlovchilarining (Stek-
lo-1, Steklo-2) sezgirligi potensiometr yordamida sozlanadi. De-
raza sinishi, oynaga urish yo‘li bilan imitatsiya qilinadi. Oyna-
ga urish uchun ma’lum moslamalar taklif qilinadi. «Steklo-1»,
«Steklo-2» va «Steklo-3» xabarlovchilari ishchanligini tekshirish
uchun diametri 20 mm massasi 40 g va 35 sm uzunlikdagi ipda
osilgan po‘lat shar tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |