Ta’minot manbalarining yong‘in xavfsizligi
O‘zgaruvchan tokdan ishlovchi ta’minot manbalari yong‘indan va
portlashdan xavfsiz zonalarda o‘rnatilishi kerak. Yong‘indan xavfli
zonalarda o‘rnatilgan manbalar PUE talablariga javob berishi lozim.
Ta’minot manbalari vertikal (gorizontal) yonmaydigan quri-
lish konstruksiyalarida ochiq ravishda o‘rnatilishi kerak. Ta’minot
manbalarini yonuvchan shkaflarda va isitish manbalari oldida 1
metrdan kam masofada joylashtirish mumkin emas.
Ta’minot manbalarini yonuvchan asoslarda o‘rnatganda
yong‘indan himoyalovchi materiallardan (1 mm metall, asbestse-
ment, getinaks, testolit, stekloplastik) foydalanish kerak.
Bir necha ta’minot manbalari o‘rnatilganda orasidagi masofa
quyidagicha bo‘lishi kerak:
– bir qatordagi asboblar orasidagi masofa – 50 mm;
– qatorlar orasidagi masofa – 200 mm.
Ta’minot manbasi va yonuvchan mahsulotlar orasidagi maso-
fa 600 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |