5
1 - Bob. Metrologiya va o’lchov texnikasining asosiy tushunchalari
1.1 O'lchash to'g'risida umumiy ma'lumot.
Xom - ashyo yoki yarim fabrikatni tayyor mahsulotga
aylantirish uchun
yo'naltirilgan ta'sirlar to'plamiga texnologik jarayon deb ataladi. Texnologik jarayon
va tayyor mahsulot sifatini xarakterlaydigan har xil fizik kattaliklarga texnologik
kattalik deb ataladi.
Har qanday texnologik jarayon quyidagi elementlardan tuzilgan:
1)
oddiy ishchi jarayonlar;
2)
boshqarish operatsiyalari;
3)
nazorat operatsiyalari.
Oddiy ishchi jarayon o'z ichiga xaqiqiy ishchi jarayon, o'rnatish operatsiyalari,
transport operatsiyalari va xizmat ko'rsatish operatsiyalarini oladi.
Masalan, non ishlab chiqarishda oddiy ishchi jarayon xamir bo'laklash mashinasida
xamir zuvalalarini olish bo'lsa, o'rnatish operatsiyasi esa mashina ishchi organlarini
aniq mahsulot yoki yarim fabrikat olishga mo'ljallab o'rnatishdir.
Transport operatsiyasida xamir zuvalalarini keyingi ishlov berish uchun (masalan
xamir lo'ndalash mashinasiga) uzatiladi.
Mashina yoki agregatlarni tozalash va moylash xizmat ko'rsatish
operatsiyasi bilan
bajariladi.
Boshqarish operatsiyasi 2 turga bo'linadi:
a) jarayonni normal boshqarish - alohida jarayonlarni sifat va son ko'rsatkichlarini
hamda ularni umumiy ishlab chiqarishda koordinatsiyasini boshqarish;
b) berilgan talab bo'yicha mashina va mexanizmlarni sozlash va o'rnatish.
Nazorat operatsiyasi o'z ichiga quyidagilarni oladi:
a) jarayon natijalarini berilgan talab bilan taqqoslash operatsiyasi;
b) jarayon borishini himoyalash operatsiyasi (avariya holatida).
Nazorat qilinadigan kattaliklarga masalan, uzunlik, massa, hajm, harorat va bosimni
kiritish mumkin. Har bir kattalik aniq qiymatga ega bo'lishi mumkin. Texnologik
kattalikni o'lchash orqali texnologik jarayon qaysi tomonga oqayotganiligini
aniqlash mumkin.
Texnologik kattaliklarni qiymati berilgan qiymatdan o'zgarishi
olinadigan
mahsulotni sifat va son ko'rsatkichini o'zgarishiga olib keladi. Texnologik jarayonni
borishi va natijada olinadigan mahsulot ko'rsatkichlarini aniqlash nazorat orqali
amalga oshiriladi. Masalan, texnologik jarayonni to'g'ri borishi hamda ishlov berish
jarayonida ko'pgina moddalarni holati bosimga bog'liqdir. Bosimni o'zgarishiga
6
qarab, texnologik jarayonda qatnashuvchi gaz, bug'
va suyuqliklarni son
ko'rsatkichlari aniqlanadi. Bug' qozonidagi bug'ning bosimi qurilmalarni xavfsiz
ishlashini ta'minlab, qolmasdan, qozon pechiga berilayotgan issiqlikni avtomatik
rostlash uchun ham asosiy texnologik kattalik bo'lib hisoblanadi.
Bosimni avtomatik
nazorat qilish presslash, bug'latish, uzluksiz ishlov berish
jarayonlarida olib boriladi.Oziq-ovqat sanoati texnologik jarayonlarida o'z vaqtida
haroratni nazorat qilish chiqariladigan mahsulotni sifatiga ta'sir ko'rsatadi. Masalan,
taralarni yuvish, tomat mahsulotlarini vakuum apparatda qaynatish va
hokazo.Ko'pgina uzluksiz jarayonlar har xil materiallarni
keyingi ishlov berish
uchun jixozlarda yig'ish bilan olib boriladi.Shuning uchun yig'ilgan materiallarni o'z
vaqtida nazorat qilmaslik texnologik jarayonni buzilishiga olib keladi.Materiallarni
hisobga olishni eng tarqalgan usuli sathni o'lchashdir. Masalan, har xil qabul
qiluvchi bunkerlarda, sig'imlarda, achitish apparatlarda,
qaynatish qozonlarida,
baklarda, vakuum - bug'latish qurilmalarda va hokazo.Moddalarning kimyoviy
tarkibini o'zgarishi bilan (masalan, uzum sharbatini rangi va tiniqligi, tomat
mahsulotini
konsentratsiyasi, xonani nisbiy namligi, melassani konsentratsiyasi)
jarayon natijasida olinadigan mahsulotni sifat ko'rsatkichlarini o'lchash kerak
bo'ladi.Oziq-ovqat
sanoatini
kompleks
avtomatlatirishda
konsentratsiya,
qovushqoqlik, namlik, pH-muhit va boshqa kattaliklarni o'z vaqtida o'lchash
texnologik jarayonlarni optimal kechishini zaruriy shartlaridan biridir.Ishlab
chiqarish jarayonlarini texnologik quvurlarida bug', siqilgan havo,
gaz va
achitqilarini sarf va miqdorini o'lchash uchun ishlatiladigan sarf hamda miqdor
o'lchagichlar ishlab chiqarishni avtomatlashtirish omillaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: