6.5. GAZLAR TARKIBINI O’LCHASH ASBOBLARI.
Zamonaviy ishlab chiqarish, ayniqsa, sanoatning kimyo va neftni qayta ishlash
tarmoqlarida texnologik jarayonning borishini va oxirgi mahsulotning sifat
ko'rsatkichlarini avtomatik nazoratsiz tasavvur qilish mumkin emas.Zavod
laboratoriyalarida mahsulot sifatini aniqlash yetarlicha yuqori aniqlikda olib
borilsada, aniqlash vaqtining uzoq davomiyligi hamda ko'p mehnat talab qilinishi
sanoat ishlab chiqarishi talablarini qanoatlantirmaydi.Tez amalga oshiriladigan
ishlab chiqarish texnologik jarayonlari sifat ko'rsatkichlari uchun avtomatik sifat
analizatorlari zarur. Sanoat miqyosida ishlatiladigan avtomatik sifat analizatorlarini
yaratish texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishdan bevosita kattaliklarni
avtomatik boshqarish va chiqadigan mahsulotni sifat ko'rsatkichlariga qarab
texnologik jarayonni optimallashtirishga olib keladi.Sifatli xossalarga ega, tabiiy
yaratilgan mahsulotlardan qolishmaydigan sun'iy mahsulotlar yaratish va ulardan
foydalanish bugungi kun texnika taraqqiyotining asosiy yutug'idir.Polietilen, sintetik
kauchukning
yangi
turlarini,
polimerlarni,
yarim
o'tkazgichlar texnikasi
tarmoqlarining rivojlanishi ma'lum darajada avtomatik sifat analizatorlarining
yaratilishiga bog'liq.Texnologik jihozlarni va ishlab chiqarishni boshqaruvchi,
nazorat qiluvchi kishilarni apparatlarda va sexlarda to'planib qoladigan yonuvchi va
zaharlovchi moddalardan himoya qilishda analizatorlarning asosiy o'rin egallashini
eslatib o'tish lozim.
Mahsulotning sifati uning xossasi va tarkibi bilan xarakterlanadi. Mahsulot
tarkibi aralashmalarning turlari va ularning miqdori bilan xarakterlanadi. Mahsulot
tarkibi uning fizikaviy va fizik-kimyoviy holatiga bog'liqligidan aniqlanishi
mumkin.
Sifatni nazorat qilishga mo'ljallangan barcha asboblarni vazifasiga ko'ra 3 turga
bo'lish mumkin: mahsulot xossasini nazorat qiluvchi analizatorlar; mahsulot
tarkibini nazorat qiluvchi analizatorlar; aralashmalarni nazorat qiluvchi analizatorlar.
Qo'llanishiga ko'ra barcha analizatorlar sanoat va laboratoriya analizatorlariga
bo'linadi.
Sanoat analizatorlari (6.15.- rasm) odatda, tekshirilishi lozim bo'lgan mahsulot
o'zgarishini texnologik tizimdan avtomatik ravishda olib, uning tarkibi va xossasini
144
aniqlaydi hamda o'ziyozar va rostlovchi qurilmalarga mos bo'lgan chiqish signali
beradi.
Laboratoriya analizatorlari esa ilmiy-tadqiqot ishlarida mahsulot sifatini davriy
tekshirish uchun, sanoat analizatorlari bo'lmagan paytda hamda sanoat analizatorlari
ishini tekshirish uchun qo'llaniladi.
6.15. - rasm.
Mahsulot tarkibini aniqlaydigan sanoat analizatorining struktura
sxemasi.
MOQ - analizatorning mahsulot olish qurilmasi; TV - tekshirish bloki; BB -
boshqarish bloki; HA(R) - hisoblash asbobi; CHSO' - chiqish signali o'zgartgichi.
6.16.- rasm.
Mahsulot xossasini aniqlaydigan sanoat analizatorining straktura
sxemasi.
Tekshirilayotgan modda texnologik tizimning analiz olishga mo'ljallangan
qismidan analizatorning mahsulot olish qurilmasi MOQ ga, so'ngra 6.15. - rasmning
tekshirish bloki TV ga, 6.16. - rasmning o'lchash qurilmasi O'Q ga beriladi.
Analizatorlar yordamida moddaning tarkibi va holatini o'lchash natijalari
ma'lum miqdorda tekshirishning belgilangan quyidagi shartlariga amal qilinishiga
bog'liq:
145
a) siklli tekshirishda tekshirish uchun olingan modda miqdoriga, uzluksiz
tekshirishda esa tekshirilayotgan modda sarfiga;
b) tekshirishda ishtirok etadigan qo'shimcha moddalar miqdoriga yoki sarfiga;
d) elektr sxemalarining ta'minot kuchlanishi yoki pnevmatik o'lchash
qurilmasining bosim ta'minotiga.
Siklli harakatda tekshirish shartlarini me'yorida ushlab turish hamda analizator
qurilmalarini programma (dastur) asosida boshqarish bloki (BB) yordamida amalga
oshiriladi. Tekshirilayotgan moddaning tarkibi yoki holatiga mos keladigan signal
hisoblash asbobida HA(R) qabul qilinib, signal o'zgartgichdan chiqqan standart
elektrik yoki pnevmatik signal rostlovchi qurilmaga uzatiladi.
Moddaning tarkibi va holatini nazorat qilish asboblari bilvosita o'lchash usuli
asosida qurilgan bo'lib, o'lchanayotgan muhit tarkibi va holati turli xil fizik, fizik-
kimyoviy kattaliklarni o'lchash asosida aniqlanadi.
O'lchash usulini tanlash uchun esa, masalan,
n
ta komponentli moddaning to'liq
tarkibi, bu moddaning holati qaysi fizik yoki fizik-kimyoviy kattalik bilan
xarakterlanishini aniqlash kerak. Ularning bog'liqligini quyidagicha aniqlash zarur:
(6.26.)
bu yerda:
K
i
=K
1
..., K
n
-
moddaning har bir komponentining
kontsentratsiyasi;
c
1
, c
2
, ..., c
m
-
muhitning holatini xarakterlovchi fizikaviy
yoki fizik-kimyoviy kattalik.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, moddaning fizik, fizik-kimyoviy
holati va tarkibini avtomatik nazorat qilish asboblari shunday asboblarni alohida
fizikaviy va fizik-kimyoviy kattaliklarni o'lchashda, shu bilan bir qatorda bir
tomonlama sifati va sonini aniqlaydi.Moddalarning tarkibi va holatini o'lchovchi
mavjud analizatorlar hamda aralashmalar analizatorlarini o'lchash usuliga ko'ra
kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizikaviy turlarga bo'lish mumkin.
Kimyoviy usulda moddaning sifatini aniqlash uchun kimyoviy reaktsiyalardan
foydalaniladi. Natijada o'lchanayotgan komponent ajraladi yoki yutiladi.
Fizik-kimyoviy usul esa turli xil fizikaviy hodisalar bilan kuzatiladigan
kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Fizikaviy usulda moddaning tarkibi va holatini
xarakterlovchi fizik kattaliklar o'lchanadi.
Neftni qazib olish, qayta ishlash, gaz sanoati hamda Kimyo va oziq-ovqat
sanoatida eng ko'p tarqalgan - moddaning tarkibini o'lchashga mo'ljallangan
analizatorlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: gazlar tarkibini aniqlash
analizatorlari, xromatograflar, mass-spektrometrlar, pH-metrlar, neft mahsulotlarini
fraktsion tarkibi analizatorlari, titrometrlar.
146
Moddaning holatini aniqlovchi analizatorlarga esa oqimda neft va neft
mahsulotlarining solishtirma og'irligini olchaydigan asboblar, neft mahsulotlarining
yonish temperaturasi analizatorlari kiradi.Aralashmalar analizatorlariga esa neft va
neft mahsulotlari tarkibida suv va tuz miqdorini aniqlovchi analizatorlarni misol
keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |