SINFGA KIRUVCHI USULLARDA PAYVANDLASH
l-§. Ultratovush yordamida payvandlash
111-rasmdagi sxemadan ko‘rinadiki, magnitostruksion
(2)
ga to‘lqin uzatgich (3) kovsharlangan. To‘lqin uzatgich
uchligi (4) odatda, asbobsozlik po‘latdan tayyorlangan
bo‘lib, u bilan tayanch elektrod (5) orasiga payvand-
lanadigan listlar (6) qisilgan. Listlarni kontakt yuzasida
mexanik tebranishlar hosil qilish uchun o‘zgaruvchan magnit
maydon ta’sirida o‘lchamlari o‘zgaradigan nikelli temir
(permaloy), kobaltli temir (permendyur) qotishmalaridan
foydalaniladi.
224
94-rasm.
Ultratovush yordamida payvandlash
qurilmasining sxemasi:
1 – magnitostruksion tebratkich; 2 – chulg‘am; 3 – to‘lqin uzatkich;
4 – uchlik; 5 – elektrod; 6 – zagotovkalar.
Agar chulg‘am (2) yuqori chastotali o‘zgaruvchan tok
manbaiga ulanganda unda o‘zgaruvchan magnit maydon
hosil bo‘lib, materialning o‘lchami davriy o‘zgaradi.
Tebratgich 0-0 o‘qi bo‘yicha tebranadi. Ultratovush
chastotasidagi tebranishlar ta’sirida kontakt sirtdagi oksid
pardalar parchalanib, toza yuzalar ishqalanib qiziganda
birmuncha yumshaydi, kichik siquvni kuch ta’sirida plastik
deformatsiyalanib, yuzalar shu qadar yaqinlashadilarki,
bunda atomar bog‘lanish borib payvandlanadi.
Bu usuldan qalinligi bir necha mikrondan 1,5 mmgacha
bo‘lgan bir xil yoki turli xil metallar va ularning qotish-
malari ustma-ust payvandlanadi. Bu usuldan radiotexnikada,
priborsozlikda va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi.
3
4
0
1
6
5
2
P
225
2-§. Metallarni portlovchi moddalar yordamida
payvandlash
Bu usulda payvandlanuvchi listlarning biri qo‘zg‘almas
qilib tayanchga o‘rnatiladi. Ikkinchisi esa unga nisbatan a
burchak bo‘yicha h oraliqda o‘rnatiladi va uning sirtiga
butun yuzi bo‘ylab ma’lum qalinlikda portlovchi modda
yotqiziladi. Uning bir chekkasiga esa detonator (1)
o‘rnatiladi. Detonator (1) zaryadi yondirilganda portlovchi
modda portlaganda gazlar va issiqlik ajralishi bilan kuchli
impuls to‘lqin list 1 ni ikkinchi list (2) ga (1,5-2 km/s)
tezlikda
a
burchak bo‘ylab katta bosim (10
5
atm) bilan urilib
yuzalardagi oksid pardalar parchalanib ajralishi bilan plastik
deformatsiyalanishi oqibatida butun yuzi bo‘ylab yaqin-
lashib bir necha mikrosekundda atomlar bog‘lanib payvand-
lanadi. Bunda hosil bo‘lgan chok metallini plastik defor-
matsiyalanishi sababli puxtaligi asosiy metallar puxtaligidan
yuqoriroq bo‘ladi. Payvandlash rejimi portlovchi moddaning
portlash tezligiga va a burchagiga bog‘liq bo‘ladi.
Bu usuldan metall listlarni maxsus xossali boshqa
metallar bilan payvandlashda va shu kabi ishlarni bajarishda
foydalaniladi.
95-rasm.
Portlovchi moddalar yordamida payvandlash:
1 – bikr taglik; 2 va 3 – zagotovkalar; 4 – zaryad; 5 – detonator.
226
Do'stlaringiz bilan baham: |