Grammatika qanday o‘qitiladi ?
CEFR grammatikani inkor qilmaydi, ammo grammatikani nofaol tarzda o‘qitishni ham qo‘llab-quvvatlamaydi yoki grammatikani dars rejasining asosi sifatida ham belgilamaydi.Misol uchun, “o‘quvchi ergashgan qo‘shma gaplar mavzusini bilsin” degan maqsad qo‘yilmagan. Har bir topshiriq tildan kommunikativ foydalanishni nazarda tutadi. Misol uchun, o‘quvchi odamlar, joylar va hodisalarning tavsifini ergashgan qo‘shma gaplarda ifodalashi mumkin. Buning uchun aniqlovchi ergash gaplardan foydalanish kerak bo‘ladi. Natijada bu grammatik mavzu grammatik birliklarning qo‘shimcha ro‘yxatida o‘rin oladi , shuningdek, bu grammatik birliklarni ishlatish uchun zarur bo‘lgan lug’at tarkibida ham qayd etiladi. Ayni yo‘l bilan CEFR grammatikaning kontekst orqali faol va maqsadga muvofiq ishlatilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Grammatika tilning boshqa birliklari kabi o‘quv rejalarida emas, o‘quv dasturlarida o‘z aksini topadi. Muayyan daraja uchun qanday grammatikaning kerakligi quyiroqda ko‘rsatilgan. Grammatikaga oid ma’lumotlar turli kurslarga va turli ixtisosliklarga moslashtirilishi kerakligini inobatga olish zarur . Keltirilgan grammatik ma’lumotlar barcha kurslar uchun majburiy emas.
O‘quv dasturining leksikaga oid qismi, shuningdek, tilning boshqa birliklari va dars mavzulari haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ilovadagi qo‘shimcha manbalarga qarang (British Council/EAQUALS Core Inventory). Boshqa tillar uchun esa, www.coe.int/.../Manuel1
O‘qitish, o‘rganish va baholashning turli xil darajalarida grammatik masalalardan qanday foydalanish kerakligi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan
|
CEFR
|
Grammatika uchun kerakli o‘quv dasturini tuzishda biz tanlashimiz mumkin bo‘lgan grammatik masalalar ro‘yxati.
|
|
C2
|
Grammatika tilni qo‘llashda
|
Grammatika tilni qo‘llashda
|
|
C1
|
Kelasi zamon ( takrorlash)
Inkor hollaridagi inversiya
O‘tgan, hozirgi va kelasi zamongdagi shart ergash gapli qo‘shma gaplarning aralash tipi
O‘tgan zamon modal fe’llari
|
Tajribani tavsiflashda qo‘llanadigan zamonlar, shu jumladan, majhul nisbat
Majhul nisbatning hamma shakllari
Fe’lli birikmalar, “Wish/ If only”
Uzrlar
|
B2
|
Sifatlar va ravishlar
Kelasi zamon davom fe’li
Kelasi tugallangan zamon fe’li
Kelasi davomli tugallangan zamon fe’li
Aralash shart gaplar
Modal fe’llar– can’t have, needn’t have
Modal fe’llarda xulosalash va taxmin qilish
Hikoya zamonlari
Majhul nisbat
|
O‘tgan tugallangan zamon fe’li
O‘tgan davomli
tugallangan zamon fer’li
Fe’lli birikmalar,
Bog‘lovchilar
O‘zlashtirma gap
Will va going to, taxmin qilish uchun
Wish
‘Would’ o‘tgan zamondagi odatni ifodalash uchun
|
B1
|
Ravish
too, enough kabi kuchaytiruvchi vositalar
Qiyosiy va orttirma daraja
Murakkab tasdiq so‘roq gaplar
Shart gaplar 2-3
So‘z birikmalarini solishtirish, taqqoslash
Kelasi zamon davom fe’li
Modal fe’llar - must/can’t xulosalash
Modal fe’llar – might, may, will, ehtimol
Modal fe’llar – should have/might have/va h.k
Modal fe’llar: must/have to
|
O‘tgan davom,
O‘tgan tugallangan,
O‘tgan zamon.
O‘tgan zamondagi javoblar
Fe’lli birikmalar,
Hozirgi
davomli
tugallangan zamon
Hozirgi tugallangan/ o‘tgan zamon
o‘zlashtirma gap
o‘tgan zamondagi
majhul nisbat
Wh- savollar
Will va going to, bashorat uchun
|
A2
|
Sifatlar – qiyosiy daraja –
‘than’ va aniqlik artikli
Sifatlar – orttirma daraja- aniqlik artiklini ishlatish
Payt, o‘rin va daraja holi, shu jumlada, gapda so‘zlar
tartibi
Daraja ravishi
Hisoblanadigan va hisoblanmaydigan otlarda artikning ishlatilishi
Fe’llarning tez-tez sodir bo‘ladigan ish-harakatlarda ishlatilishi
Artikl- sanaladigan va sanalmaydigan otlar bilan ishlatilishi
Sanaladigan va sanalmaydigan otlar: much/many
Kelasi zamon (will and going to)
Gerundiy
Going to
Buyruq gaplar
Modal fe’llar – can/could
Modal fe’llar – have to
Modal fe’llar – should
|
O‘tgan davom,
O‘tgan zamon
Fe’lli birikma- umumiy
Egalik- ‘s, s’ning ishlatilishi
Predlogli birikmalar (joy, vaqt va harakat)
Vaqt predloglari: on/in/at
Hozirgi zamon
davom fe’li
Hozirgi zamon davom fe’lini kelasi zamon ma’nosida ishlatish
Hozirgi tugallangan zamon
Savollar
Fe’l + ing/infinitive: like/
want-would like
Wh- O‘tgan zamonda savollar
Shart maili, 0 va 1 tip
|
A1
|
Sifatlar: umumlashtiruvchi va ko‘rsatuvchi (tasvirlovchi)
Daraja ravishlari
Qiyosiy va orttirma daraja
Going to-moqchi bo‘lmoq
How much/how many va ko‘plab sanalmaydigan otlar
I’d like - Men istardimki,…; men …-(ni) xohlardim.
Buyruqlar
Qo‘shimchalar –eng asosiylari
Modal fe’llar: can/can’t/could/couldn’t
Oddiy o‘tgan zamon fe’li
Egalik olmoshlari
|
Qaratqich ‘s’
Umumiy
predloglar, Oddiy joy predloglari
Vaqt predloglari, in/on/at
Hozirgi zamon davom fe’li
Hozirgi oddiy zamon fe’li
Olmoshlar, (oddiy, kishilik)
Savollar
There is/are
To be, bo‘lishsiz va so‘roq shakllari
fe’l + ing: like/hate/love
|
Asosiy qism
Do'stlaringiz bilan baham: |