O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi



Download 434 Kb.
bet1/14
Sana10.06.2022
Hajmi434 Kb.
#652305
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Chet tili o\'quv dasturi-27.05 2013-S


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O‘RTA MAXSUS, KASB - HUNAR TA’LIMI MARKAZI



Ro‘yhatga olindi

№_________________


201_ yil “___” ________






O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta`lim vazirligining 201_yil “_____”_____dagi “____”-sonli buyrug`i bilan tasdiqlandi





XORIJIY TILLAR
namunaviy o‘quv dasturi
(аkademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun В1)

TOSHKENT – 2013
Tuzuvchilar :



F. Rashidova



UZDJTU qoshidagi 2-sonli akademik litsey direktori



Z. Karimova

Toshkent Turizm kasb-hunar kolleji ingliz tili o‘qituvchisi

N. Tillayeva

UZDJTU qoshidagi 1-sonli akademik litsey ingliz tili o‘qituvchisi

D. Norova

UZDJTU qoshidagi 2-sonli akademik litsey ingliz tili o‘qituvchisi

S.Tursunboeva

UZDJTU qoshidagi 2-sonli akademik litsey ingliz tili o‘qituvchisi

N. Nigmatova

UZDJTU qoshidagi 1-sonli akademik litsey ingliz tili o‘qituvchisi

M. Djaloldinova

UZDJTU qoshidagi 2-sonli akademik litsey ingliz tili o‘qituvchisi




XORIJIY TILLAR

O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) umumiy o‘rta ta’lim asosida faoliyat ko‘rsatadigan uch yillik o‘quv muassasalaridir. Ushbu «Xorijiy til» fani o‘quv dasturi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun fan o‘quv dasturi sifatida e’tirof etiladi.


Dasturni tuzishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi PQ 1875-son “Chet tillarini o’rganishni tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi "Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida"gi 5-sonli, 1998 yil 13 maydagi "O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-sonli va 2000 yil 16 oktyabrdagi «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 400-sonli hamda 2013 yil 8 maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarorlari asos qilib olindi.

I. Kirish

Xorijiy tilni egallash ta’lim, ilm-fan, iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotdagi globallashuvning yangi davri uchun asosiy kalit hisoblanadi.Globallashayotgan ta’lim endilikda ilm oluvchilar uchun ham, o‘qituvchilar uchun ham butun dunyoda ta’limni va ilmiy izlanishlarni davom ettirish imkoniyatini yaratib bormoqda. Bundan tashqari bu jarayon, o‘rta maxsus kasb-hunar bitiruvchilarining turli dunyoviy bilimlarni chet tillarida bilishdan tashqari o‘z kasblari haqidagi bilimlarini chet tillarida davom ettirishlari mumkin.


Ushbu o‘zgarishlar ta’lim sohasidagi mutaxassislarning xalqaro birlashuviga va ular tomonidan mamlakatlararo taqqoslanishi mumkin bo‘lgan global dasturlarning yaratilishiga olib keldi.


Ushbu na`munaviy o‘quv dasturi O‘zbekistonda xorijiy tilni o‘qitishning xalqaro standartlarni muvofiqlashtiruvchi umumevropa xorijiy tillarni o‘rganish, oqitish va baholash ramkalariga tavsiyalar CEFRga moslashtirilgan holda amalga oshirildi. Bu oquv dasturi barcha tillarni o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.


Tilni o‘rganishda akademik litsey va kollej o‘quvchilarining ehtiyojidan kelib chiqib, jonli tarzda foydalanish va turli muloqot ko‘nikmalari – ehistish, gapirish, o‘qish va yozishga moslashtirilgan holda yaratilgan. Aynan shu prinsip, bugungi kunda xorijy tillarni o‘rganishda avvalo ehsitish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari ketma ketligida o‘rgatilib borilishi, O‘MKHT ta’limi tizimi bitiruvchilarining kichik mutaxassis sifatida ish boshlaganida, erkin muloqot sohibi va sohibalari bo‘lishlariga ishchi guruh ishonadi.


Har qanday tilni o‘rganish avvalo tilni eshitib, unga paydo bo‘lgan qiziqishdan boshalanadi. Buning uchun tilning asosiy strukturasini tashkil qiladigan 4 ta ko‘nikmaga asoslanadi. Har bir ko‘nikmaga asos solish va uni rivojlantirib borishga kelganda, yangi tug’ilgan chaqoloq misolida – metaforasini keltirish bu o‘rinda joiz deb bilindi. Chaqaloq gapirishiu uchun unga ota-onasi muhit yaratad. Ya’ni eng avvalo atrof muhitdagi narslarning va insonlarning nomi, unga kim ekanligi tanishtirib boriladi.
Eshitish ko‘nikmasi. Ushbu o‘quv dastiri va uning asosida yaratailjak darsliklar ham aynan shu narsadan boshlangan ya’ni eshitish uchun o‘z kasbiga yo‘naltiradigan matnlar tayyorlangan. Birinchi kurs o‘quvchilari uchun matnlar A2 darajadan B1 daraja orasida tayyorlangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari o‘quvchiga ehitishdan oldin va eshitish davri v a eshitishdan keying mashqalar ham darligida va o‘quvchining ishchi kitobida ham ko‘rsatilgan. Shunday qilib, o‘quvchi asta-sekin eshitish qobiliyatini rivojlantirib boradi.
Gaprish ko‘nikmasi. Eshitish uchun berilgan mashq va matn asosida o‘quvchilarga o‘zaro dialog va monolog yaratish mahorati berilib boriladi. Bundan tashqari turli til ko‘nikmasiga ega bo‘lganlar uchun turli xil savollar asosida o‘quvchilarning gaprish ko‘nikmasi oshib boriladi.


O‘qish ko‘nikmasi. O‘quvchining o‘qish ko‘nikmasi turli darajadagi matnlarni o‘qib, tushunishi, fikrini izhor eta olishi yoki baholash tizimida matn asosdia tuzilgan testlarga javob bera olishi bilan belgilanadi.


Yozish ko‘nikmasi. Yozish ko‘nikmasida o‘quvchi o‘z fikrini izhor etishni o‘rganishi kerak.
Yozishda o‘quvchining ishlatgan iboralarning kengligi, grammatik strukturalarning oddiy va murakkabligiga qarab o‘quvchining bilim darajasi aniqlanib boriladi. Ushbu yozuv ko‘nikmalarni rivojlantirib boorish uchun, darsda har bir o‘qituvchi o‘quvchiga yozuv ko‘nikmalarini berib borishi kerak.

Yoqrida ko‘rsatilgan ko‘nikma va O‘MKHT tizimi uchun quyilgan B1darajadagi o‘quvchilarni tayyorlash uchun o‘qituvchi va o‘quvchi hozirgi zamonaviy kommunikativ metodga asoslangan, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zlari ustida ko‘proq ishlaydigan


Hozirgi kunda butun dunyo xorijiy tilni o‘qitishning ushbu yangi, samarali usuliga moslashib bormoqda. Undan amaliyotda foydalanish talabalarimiz va mamlakatimiz kelajagi manfaatlariga javob beradi.


O‘quv dasturidagi ko‘p adabiyotlar va misollar ingliz tili misolida keltirilgan. Lekin, bu o‘quv dasturi faqat ingliz tili uchun mo‘ljallangan ekan, degan fikrdan yiroqlashish kerak bo‘ladi. Chunki, CEFR barcha tillarni o‘rganish, oqitish va baholash tizimini qamrab olganligiga e’tibor berilishini so‘rardik.




  1. Download 434 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish