О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet67/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

3- bosqich.
Yakuniy
(10 daq.)

Mashg’ulot yakuni:
Faol eshtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarishyuzasidan yo’riqnoma beradi

Baholari bilan tanishadilar.

Topshiriqni yozib oladilar



O’qituvchi: _____________ B.Nazirov




6-mavzu: Buyuk Britaniyaning tashqi siyosati.
Reja:
1. 2- jahon urushidan so`ng Buyuk Britaniyaning tashqi siyosati.
2. Buyuk Britaniya– O`zbekiston munosabatlari
Tayanch so’zlar: “Marshal rejasi”, NATO, ANZYUS (Osiyo — Tinch okean kengashi), «Umumiy bozor», Maastrix shartnomasi, «Lonro» kompaniyasi, RJ-85 samolyotlari
Tashqi siyosat Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq yillar davomida bosh rolni o'ynab keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa ahvol o'zgardi. Endi birinchilik AQSHga o'tdi. Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o'rni alohida 3 yo'nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo'ldi. Birinchidan, u xalqaro maydonda AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashdi. Ikkinchidan, G'arbning yetakchi davlatlaridan biri bo'lib qolaverdi. Uchinchidan, hamdo'stl:k mamlakatlari boshlig'i edi.
Buyuk Britaniya birdaniga AQSHning asosiy ittifoqchisiga aylanib qolgani yo'q. AQSH — SSSR munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik munosabati o'rnatish AQSH uchun ham zarur edi. 1945-yilda ingliz — amerika moliya shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 mlrd dollar qarz beradigan bo'ldi. Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH tovarlari uchun boj miqdorini kamaytiradi. Natijada ingliz bozorlarida ham AQSH mavqei kuchaydi.
Buyuk Britaniyaga «Marshall rejasi»ga ko'ra ham katta miqdorda yordam ko'rsatildi. Mustamlakalarda boshlangan milliy-ozodlik harakati mamlakat hukmron doiralarini tashvishga solib qo'ydi.
Endi Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalariga birin-ketin mustaqillik berishga majbur bo'ldi. 1949-yilda NATOni tashkil etishda faol qatnashdi. Germaniya muammosi masalalarida AQSH bilan birgalikda hamkorlik qildi. 1950-yilgi Koreya urashida AQSH tarafida turib urushda qatnashdi. Buyuk Britaniya hududida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954-yilda GFRni qurollantirish va uni NATOga tortish to'g'risida imzolangan Parij va London bitimlarining tashabbuskorlaridan biri bo'ldi. 1957-yilda o'z hududiga AQSHning o'rta masofaga uchuvchi raketalarini joylashtirishga ruxsat berdi. Shu yilning 15-mayida vodorod bombasini sinovdan o'tkazdi.
60-yillarning boshlariga kelib mustamlakachilik imperiyasi quladi. Bu hodisa Buyuk Britaniya oldiga Yevropa integratsiyasida ishtirok etish masalasini qo'ydi. Buyuk Britaniya ayni paytda 1963-yilda yadro qurollari sinovini qisman taqiqlash to'g'risidagi shartnomani ishlab chiqishda qatnashdi. AQSHning Vetnamga qarshi urushini qo'llab-quvvatladi. 1966-yilda Buyuk Britaniya Avstraliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Singapur bilan birlashgan qurolli kuchlarni—ANZYUS (Osiyo — Tinch okean kengashi) ni tuzish to'g'risida bitim imzoladi.
1971-yilda «Umumiy bozor» ga kirish shartlari haqida bitim imzolandi. 1973-yilda esa uning a'zoligiga qabul qilindi. Ayni paytda AQSH va Hamdo'stlik mamlakatlari bilan yaxshi munosabatni saqlab qoldi. Jahon iqtisodi va siyosatida ilgarigidan kattaroq rol o'ynay boshladi. Buyuk Britaniya quruqlikda, dengizda va havoda foydalanishga imkon beradigan strategik qurolga ega bo'lishga intildi va bunga erishdi ham. M. Tetcher davrida AQSH bilan ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirishga har qachongidan ham katta e'tibor berildi. NATO oldidagi majburiyatlariga sodiq qoldi. Buyuk Britaniya manfaatlariga tahdid soluvchi davlatlararo muammolarda o'ta keskinlik bilan harakat qildi. Masalan, 1982-yilning may oyida Argentina o'z qo'shinini Janubiy Atlantikadagi Maklend oroliga tushirganida shunday qilindi. Bu oral asli Argentinaga qarashli bo'lib, bir vaqtlar Buyuk Britaniya uni o'z imperiyasi tarkibiga qo'shib olgan edi.
Buyuk Britaniya orolga o'z qurolli kuchlarini yubordi va u yerda bayrog'ini qayta tikladi. M. Tetcher Yevropada mamlakatning rahbarlik rolini tiklashga zo'r berib harakat qildi. «Umumiy bozor» da deyarli har bir masalada o'zining alohida fikriga ega bo'ldi.
Chunonchi, Yevropada yagona pul birligi (yevro)ni joriy etishga qarshilik bildirdi. J. Meyjor hukumati AQSH ning Iroqqa qarshi harbiy harakatlarini qo'llab-quvvatladi va unda Buyuk Britaniya ham ishtirok etdi.
1991-yilda Buyuk Britaniyaning Maastrix shartnomasiga qo'shilishi bu davlat tashqi siyosatida Yevropa muammolarini birgalikda hal etish tomon jiddiy o'zgarish yuz berganligining isboti bo'ldi. 2002-yildagi AQSHning Afg'onistonga urushida qatnashdi. AQSH bilan birgalikda Iroqqa o'z qo'shinlarini yubordi. Terrorizmga qarshi kurashdi. Bunga javoban 2005-yil iyunda Buyuk Britaniyada qator portlashlar o'tkazildi. 60 dan ortiq kishi halok bo'ldi. Politsiya nazorati kuchaytirildi. Bugungi kunda ham Buyuk Britaniya buyuk davlatlardan biri sifatida xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish