О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus
jahon tarixi 3-kurs majmua
O’qituvchi: _____________ B.Nazirov 2-mavzu: AQSHning tashqi siyosati Reja: 2-jahon urushidan keyin AQSH tashqi siyosati mohiyati. 2-jahon urushidan keyin AQSH tashqi siyosati natijalari AQSH – Jahon munosabatlari. Tayanch so’zlar: Vadorod bombasi. Ezenxauer doktarinasi, 1-may voqeasi, strategic mudofaa tashabbusi, Al-Qoida, terrorizm, “Xalqaro miqyosdagi leder” Ikkinchi jahon urushidan so'ng AQSH tashqi siyosatda SSSR ni tiyib turish yo'lini tanladi. Xalqaro munosabatlarda sovuq urushning vujudga kelishida SSSR bilan barobar darajada aybdor davlatga aylandi. «Trumen doktrinasi» va «Marshall rejasi» SSSR bilan AQSH va ularning ittifoqchilari munosabatlari qanchalik keskinlashuviga sabab bo'lganligini awalgi mavzulardan bilib oldingiz. AQSH Germaniya masalasida SSSR bilan o'zaro manfaatli to'xtamga kela olmadi. Oxir-oqibatda Germaniya ikkiga bo'linib ketdi. AQSH NATO harbiy-siyosiy ittifoqini tashkil etishning tashabbuskori bo'ldi. O'sha davrdayoq AQSH hukmron doiralari o'z oldilariga SSSR ni qurollanish poygasiga tortib, uni iqtisodiyjihatdan holdan toydirish maqsadini qo'ygan edilar. AQSHda gigant harbiy-sanoat kompleksi vujudga keltirildi. AQSH ning xohishiga qarama-qarshi o'laroq, 1949-yilda Xitoyda kommunistlar hokimiyat tepasiga keldilar. Buning natijasida AQSH Uzoq Sharqdagi asosiy tayanchi Chan Kayshini yo'qotdi. 1950-yilda AQSH Koreya urushiga aralashdi. Bu urushda 142 ming nafar amerika askari halok bo'ldi. Bu butun ikkinchi jahon urushi davomida berilgan qurbonning yarmiga teng edi. Prezident D. Eyzenxauer sovuq urushni yanada kuchaytirgan doktrinasini e'lon qildi. Unda «yalpi qasos olish», SSSR ga birinchi bo'lib yadro zarbasi berish maqsadlari o'z ifodasini topgan edi. Ayni paytda D. Eyzenxauer Koreya urushini to'xtatdi va bu masalada SSSR bilan kelishuvga bordi. Biroq ikki davlat o'rtasida qurollanish poygasi yanada avj oldi. 1952-yilda AQSH vodorod bombasi yaratgan bo'lsa, SSSR 1953-yilning 20-avgustida bunday bombani sinovdan o'tkazdi. 1957-yilning avgust oyida 10 ming km. dan ortiq masofaga ucha oladigan qit'alararo ballistik raketani yaratdi. Shu yilning 4-oktabrida esa birinchi bo'lib Yerning sun'iy yo'ldoshi uchirildi. 3 oydan so'ng AQSH ham o'zining sun'iy Yer yo'ldoshini uchirdi. 1960-yilning 1-mayida SSSR hududiga AQSH josus samolyotining uchirilishi amerika-sovet munosabatlarini yanada keskin-lashtirib yubordi. Prezident D. Eyzenxauer dunyo jamoatchiligi e'tiborini bu hodisa uchuvchining xatosi tufayli yuz berdi, deb chalg'itishga urindi. Biroq Prezidentning bu da'vosi faktlar asosida inkor etildi. Aslida bu hodisa xalqaro huquq me'yorlarining qo'pol suratda buzilishi edi. 1960-yilning 16-may kuni Parijda buyuk davlatlar rahbarlari oldindan rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvga to'plandilar. SSSR rahbariyati D. Eyzenxauerdan 1-may voqeasi munosabati bilan kechirim so'rashni talab etdi. Biroq AQSH prezidenti kechirim so'rashdan voz kechdi. Norozilik belgisi sifatida SSSR rahbari N. Xrushyov Parijdan jo'nab ketdi. Shu tariqa oliy darajadagi uchrashuv barbod bo'ldi. Prezident J. Kennedi SSSR bilan munosabatda kelishuv yo'lini izladi. SSSR rahbariyati bu intilishni AQSH ning ojizligi sifatida qabul qildi. Ayni paytda J. Kennedi Kubada F. Kastro hukumatini ag'darishga harakat qildi. U bu vazifani kubaliklarning qo'Hari bilan amalga oshirishga intildi. Shuning uchun ham kubalik isyonchilarni qo'llab-quwatladi. Kubani himoya qilish maqsadida SSSR Kuba hududiga o'z yadroviy raketalarini joylashtirdi. Ana shu omilgina J. Kennedini F. Kastro hukumatini ag'darish niyatidan qaytishga majbur etdi. Prezident L. Jonson J. Ken-nedining qurollanish poygasini avj oldirish siyosatini davom ettirdi. Hindixitoyda kommunistlar ta'sirining kuchayib ketishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida L. Jonson 1965-yilning fevral oyida Shimoliy Vetnamni bombardimon qilishni boshlash haqida buyruq berdi. AQSH Vetnamga 550 ming askar tashladi. Urush cho'zilib ketdi. Biroq AQSH armiyasi Vetnam xalqining irodasini yenga olmadi. Ayni paytda Vetnamga SSSR va XXR zarur yordam ko'rsatdilar. Vetnam urushi AQSH ning xalqaro obro'siga katta putur yetkazdi. Prezident R. Nikson Vetnam urushining istiqbolsizligini anglab yetdi. Shuning uchun ham u urushni to'xtatishga qaror qildi. 1973-yilning 27-yanvarida Parijda Vetnamdagi urushni to'xtatish to'g'risida shartnoma imzolandi.AQSH Vetnamdan o'z armiyasini olib chiqdi. AQSH bu urushdajami 58 ming soldat yo'qotdi. Biroq endi AQSH Vetnamdagi urushni Vetnam-liklarning qo'li bilan davom ettirish siyosatini yurita boshladi.R. Nikson davrida AQSH ning Kubaga nisbatan siyosatida ham o'zgarish yuz berdi. Birinchi marta AQSH prezidenti R. Nikson bilan SSSR rahbari L. Brejnev o'rtasida bir necha bor oliy darajadagi uchrashuv o'tkazildi. Har ikki tomon tinch-totuv yashash tamoyillariga amal qilishga kelishdilar. Natijada strategik qurollarni cheklash haqida muhim shartnomalar imzolandi. 70-yillarning oxiridan boshlab amerika-sovet munosabatlari keskinlashdi. Bu xalqaro keskinlikning yumshashi davri tugashi bilan bog'liq edi. Chunonchi, AQSH Yaqin Sharq muammosini SSSR ning ishtirokisiz hal etishga intildi. J. Karter Misr va Isroil o'rtasida 1978-yilda Kemp-Devid separat shartnomasining imzolanishiga erishdi. Eronda. 1978-yilning noyabrida islom inqilobining g'alaba qilishi AQSH ni qattiq tashvishga solib qo'ydi. Chunki bu inqilob uni Eron shohidek tayanchdan mahrum etdi. 1979-yilning dekabr oyida SSSR Afg'onistonga armiya kiritgach, amerika-sovet munosabatlari yanada keskinlashdi. SSSR ning chet davlatlar ichki ishlariga qo'pol aralashuvi siyosatiga qarshi AQSH 1980-yilgi Moskva yozgi Olimpiada o'yinlarini boykot qilish tashabbusi bilan chiqdi. G'arb davlatlarini SSSR ga g'alla sotmaslikka undadi. Prezident Reygan SSSR ga nisbatan jnda keskin siyosat yuritdi. SSSR ning Sharqiy Yevropa davlatlari hududiga raketa joylashtirishiga javoban G'arbiy Yevropaning 5 davlati hududiga o'zining raketalarini joylashtirish bilan javob qaytardi. «Strategik mudofaa tashabbusi» deb nomlangan dasturni amalga oshirishga kirishishini e'lon qildi. Ayni paytda AQSH Amerika davlatlari ichki ishlariga qo'pol tarzda aralasha boshladi. Chunonchi, mustaqil siyosat yurita boshlagan Grenada-ga qarshi harbiy hujum uyushtirdi va uning qonuniy hukumatini ag'dardi. 1985-yilga kelib SSSR rahbariyati tashqi siyosatda keskinlikni yumshatish tomon o'zgarish boshlagach, amerika-sovet munosabatlarida keskinlik bi-roz yumshadi. Chunonchi, bu ikki davlat o'rtasida yadro qurollarini ka-maytirish, o'rtacha olislikka uchadigan raketalarni yo'qotish to'g'risida tarixiy huijatlar imzolandi. AQSH xalqaro miqyosda o'zga davlatlarni xalqaro me'yorlarga amal qilishga majbur etish siyosatini ham yuritgan. Bu jahon jamoatchiligi tomonidan ijobiy baholangan. Chunonchi, 1990-yilda AQSH va uning ittifoqchilari Iroqqa Quvaytni bosib olgani uchun qattiq zarba berdilar. Quvaytning suvereniteti tiklandi. 90-yillarning ikkinchi yarmida AQSH Bolqonda tinchlikni tiklash ishiga katta hissa qo'shdi. NATO qurolli kuchlari yordamida Yugoslaviya rahbariyati xalqaro huquq me'yorlarini tan olishga majbur etildi. XXI asr boshida AQSH rahbariyati xalqaro maydonda AQSH ning mutlaq yetakchi davlat bo'lib qolishini o'zining asosiy maqsadi, deb e'lon qildi. Prezident J. Bush ma'muriyati R. Reygan ilgari surgan strategik mudofaa tashabbusini amalga oshirishga kirishdi. AQSH 2001 -yil 11 -sentabr voqealaridan so'ng Afg'onistondagi tolibonlar hukumatini ag'darib tashladi. Iroqda Saddam Husayn diktaturasiga barham berdi. Bu bilan Yaqin Sharq neftining katta qismini qo'lga kiritdi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |