AQSH ninq ichki siyosati Urushdan keyingi dastlabki yillarda ichki siyosatda rekonversiya, ya'ni mamlakat hayotini harbiy izdan tinch izga solish muammosi birinchi o'ringa chiqdi. Nega shunday bo'ldi? Urush yillarida AQSH qurolli kuchlarida 12 mln, kishi xizmat qildi. 1947-yilga kelib ularning sonini 1—1,5 mln. kishiga tushirish haqida qaror qabul qilindi. Binobarin, 10,5—11 mln. harbiyni ish bilan, uy-joy bilan ta'minlash zarur edi. Davlat bu muammoni hal etishga qaratilgan qator muhim qonunlar qabul qildi. Rekonversiyaning yana bir muammosi — bu urush yillarida davlat qurgan zavodlar taqdiri masalasi edi. Davlat ularni qurishga 17 mlrd. dollar sarflagan. Urushdan keyin davlat o'z mulkini yarim bahosiga bo'lsa ham korporatsiyalarga soldi.
Ichki siyosatda mayda va o'rta korxonalar ko'payishiga alohida e'tibor berildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda mamlakatda 9 mln. ta shaxsiy firmalar faoliyat ko'rsatdi. Prezident G. Trumen (1945—1952) 1948-yilda ijtimoiy himoya sohasida quyidagi tadbirlarni ilgari surdi:
— ish o'rinlarining to'la bandligini ta'minlash;
— adolatli mehnat munosabatlarini joriy etish;
— davlat uy-joylari qurish va xaroba kulbalarni yo'q qilish.
Bu yo'l «adolatli yo'l» deb nom oldi. G. Trumen davrida qonun asosida minimal ish haqi, sug'urta nafaqalari to'lovlari miqdori oshirildi. Pensiya bilan ta'minlanmagan 10 mln. fuqaroga pensiya tayinlandi. Kam ta'minlangan oilalar uchun 800 ming turar joy qurildi. Kreditga tovar sotish joriy etildi. Bu tadbirlar aholining xarid quwatini oshirdi. Bular, o'z navbatida, sanoatning iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmog'ining yanada gurkirab rivojlanishini ta'minladi. Mamlakatda dunyoda yo'q yangi tovar — televizor ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Har bir oilaga telefonga ega bo'lish imkoni yaratildi.
Adolatli mehnat munosabatlarining joriy etilishi juda katta to'siqlarga uchradi. Kasaba uyushmalarining qudrati AQSH Kongressida ko'pchilik o'ringa ega bo'lgan Respublikachilarning g'ashini keltirardi. Bu holatga barham berish uchun ular «Taft — Xartli qonuni» deb atalgan qonun loyihasini tayyorladilar.
Qonun tashkiliy va birdamlik stachkalarining o'tkazilishini taqiqladi. Alohida murakkab mehnat mojarolarini majburiy ravishda arbitrajda hal etish belgilab qo'yildi. Davlat xizmatchilarining ish tashlash o'tkazishlari taqiqlandi. To'g'ri, prezident Trumen bu qonunni tasdiqlamagan. Biroq AQSH Kongressi prezident vetosini bekor qila olgan va Taft-Xartli qonuni kuchga kirgan.
1952-yiigi prezident saylovlarida mashhur harbiy qo'mondon, general D. Eyzenxauer (Respublikachilar partiyasining nomzodi) g'alaba qozondi. Uning ichki siyosatida o'zgacha fikrlovchilarni ta'qib etish kompaniyasi boshlandi. Bu kompaniyani senator J.Makkarti boshqardi. Uning rahbarligida AQSH Senati «Amerikaga qarshi faoliyatni tekshirish ko-missiyasi» ni tuzdi. Komissiya AQSH ning ichki va tashqi siyosati haqida rasmiy nuqtayi nazardan o'zgacha fikr bildirganlarni qo'poruvchilikda aybladi.
Komissiya AQSH Konstitutsiyasi ruhiga zid ravishda aybdor deb topilgan kishilarni qamoq jazosiga hukm etardi, jarima solar yoki ishdan haydash haqida qaror chiqarar edi. To'g'ri, AQSH Senati 1954-yilda Makkarti xatti-harakatini qoralagan. 50-yillarda negr xalqining o'z haq-huquqi uchun kurashi kuchaydi. Bu kurashning rahbari ruhoniy Martin Lyuter King edi. U kurashning kuch ishlatmaslik yo'lini tanlagan. 1956-yilda AQSH Oliy sudi avtobuslarda oq tanli va qora tanlilar uchun alohida joy ajratishni, maktablarda esa oq tanli va qora tanlilarni ajratib o'qitishni qonunga zid deb topdi. 1960-yilgi prezidentlik saylovida demokrat J. Kennedi (1961 — 1963) g'alaba qozondi. U qisqa muddatli prezidentligi davrida katta ishlarni amalga oshirishga ulgurdi. Chunonchi, J. Kennedi kosmosda AQSH ning yetakchi davlat bo'lishini ta'minlash maqsadida «Apollon» deb ataluvchi dasturni ilgari surdi. Dasturning maqsadi amerika raketasini Oyga qo'ndirishga erishish (bu maqsadga 1969-yilda erishilgan). Iqtisodiy taraqqiyotni rag'-batlantirish uchun ichki bozorni kengaytirishga sarflanadigan xarajatlarni ko'paytirish, minimal ish haqini oshirish, ishsizlik bo'yicha to'lanadigan nafaqani to'lash muddatini uzaytirish, uy-joy qurilishi ko'lamini kengaytirish kabi tadbirlar rejalashtirildi. Bu tadbirlarni amalga oshirish katta mablag' sarflashni talab etardi. Hukumat bu xarajatlarni soliqlarni oshirish hisobiga qoplamoqchi edi. Bu hoi hukumat-ning yirik korporatsiyalar bilan mu-nosabati buzilishiga olib keldi.
Bu esa, o'z navbatida, demok-ratlar partiyasida bo'linishni kelti-rib chiqardi. J. Kennedi islohoti atrofida kuchli siyosiy kurash bosh-landi. Oxir-oqibatda J. Kennedi 1963-yilning 22-noyabrida Dallas shahrida otib o'ldirildi. Prezident kimlarning buyurtmasi bilan o'ldi-rilganligi haligacha noma'lum-ligicha qolmoqda. Undan so'ng pre-zidentlik lavozimini vitse-prezident L. Jonson egalladi.
U «buyuk jamiyat» qurish das-turini ilgari surdi va o'z oldiga' kambag'allikni hamda irqiy adolat-sizlikni tugatish vazifasini qo'ydi. «Kambag'allikka qarshi kurash» dasturini amalga oshirish maqsadida kam daromadli oilalarga yordam berish to'g'risida qonun qabul qilindi.Arzon turar joylar qurish dasturi amalga oshirildi. Qariyalar uchun tibbiy sug'urta joriy etildi. Kam daromadli oilalarga esa tibbiy xizmat uchun imtiyozlar belgilandi. 1964— 1968-yillar davomida ijtimoiy sohalar uchun 10 mln. dollar sarflandi. To'g'ri, mamlakatda kambag'allikni tugatib bo'lmadi. Biroq kambag'allar sonini 36,4 mln kishidan 25,4 mln kishiga kamaytirishga erishildi. Irqiy kamsitishni tugatishga qaratilgan qator muhim qonunlar qabul qilindi. Negr xalqining kurashi oqibatida irqiy kamsitish-ning barcha shakllari qonun bilan taqiqlandi.
Vetnam urushi AQSH ichki siyosatiga ham katta talafot yetkazdi. 1968-yilga kelib 30 ming AQSH harbiylari halok bo'ldi. 180 ming harbiy esa yarador bo'ldi. Ijtimoiy sohaga xarajatlar ajratish keskin kamaydi. Fuqarolar huquqlariga qarshi hujum boshlandi. Urushga qarshi xarajat kuchaydi. Irqiy kamsitishga qarshi kurash ommaviy tus oldi. Shunday sharoitda reaksiya terror yo'liga o'tdi. 1968-yilning aprel oyida Martin Lyuter King o'ldirildi. lyun oyida esa J. Kennedining ukasi, AQSH prezidentligiga nomzod R. Kennedi o'ldirildi. Shu tariqa mamlakatda keskin siyosiy vaziyat vujudga keldi. Shunday sharoitda, 1968-yilgi prezidentlik saylovida respublikachi-lar partiyasi nomzodi R. Nikson (1969—1974) g'alaba qozondi.
R. Nikson hokimiyat tepasiga kelgan davrda AQSHni og'ir iqtisodiy va siyosiy inqiroz qamrab olgan edi. 1971-yilga kelib ishsizlar soni 5 mln. dan ortdi. Bu ishga yaroqli aholining 6 foizini tashkil etardi. Og'ir iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun qator keskin choralar ko'rildi. Chunonchi, ish haqi va narxlar muzlatildi. Davlat xarajatlari kamaytirildi. Dollarni oltinga almashtirish vaqtincha to'xtatildi. Mamlakatga olib kelinadigan tovarlar uchun 10 foizlik boj to'lovlari joriy etildi. R. Nikson prezidentligi davrida aholini ijtimoiy himoya qilish masalasiga ham ko'proq e'tibor berildi. Ijtimoiy to'lovlar 45 foizga oshirildi. Uni oluvchilar soni esa 30 mln. kishini tashkil etdi. Kambag'allarga ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini talon orqali tekin berish joriy etildi. Agar 1969-yilda bunday imkoniyatdan 3 mln. fuqaro foydalangan bo'lsa, 1974-yilda ularning soni 13 mln. kishiga yetdi. 1974-yilda 1 soatga to'lanadigan minimal ish haqi 1,6 dollardan 2,2 dollarga oshirildi.
1972-yilgi prezidentlik saylovida yana R. Nikson g'alaba qozondi. Biroq uning prezidentligi uzoqqa cho'zilmadi. Bunga «Uotergeyt ishi» deb nom olgan janjal sabab bo'ldi. «Uotergeyt» mehmonxonasida demokratlar partiyasining qarorgohi joylashgan edi. 1972-yilning 17-iyunida shu qarorgohga eshituvchi apparat o'rnatgan shaxslar ushlangan. Tergov natijasida uni Respublikachilar partiyasi uyushtirganligi ma'lum bo'ladi. Hatto unda R. Niksonning shaxsan ishtiroki borligi ham aniqlanadi. Bu hodisa AQSH Konstitutsiyasining qo'pol suratda buzilishi edi. 1974-yilning 9-avgustida R. Nikson iste'foga chiqdi va shu yo'l bilan impichmentdan qutulib qoldi. 1976-yilgi saylovda g'alaba qilgan Prezident Karter davrida ichki siyosatda harbiy xarajatni keskin oshirish izidan borildi. Chunonchi, 1980-yilda harbiy xarajat 130 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bundan tashqari, inflatsiyani kamaytirish maqsadida ish haqi muzlatildi, ijtimoiy to'lovlar kamaytirildi. Mamlakatda fermerlar harakati qayta tiklandi. Ular qishloq xo'jalik mahsulotlari narxi davlat tomonidan ushlab turilishini talab eta boshladilar.
Dunyo siyosatida AQSH birin-ketin muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Bu esa hokimiyat tepasiga AQSH qudratini bor ko'lami bilan namoyish etuvchi shaxsning kelishini zaruratga aylantirib qo'ydi. 1980-yilda o'tkazilgan prezidentlik saylovida g'olib chiqqan respublikachilar nomzodi R. Reygan ana shunday shaxs edi. Hukumatning iqtisodiy siyosati «reyganomika» deb nom oldi. «Reyganomika» ning mazmuni nimalardan iborat edi?
— yirik korxonalardan olinadigan soliqlar kamaytirildi;
— ijtimoiy sohalarga budjetdan ajratiladigan xarajatlar kamaytirildi;
— bankdan olingan kreditlar uchun to'lanadigan foizlar miqdori oshirildi;
— harbiy xarajatlar keskin darajada oshirildi (u 1980-yildagi 130 mlrd. dollardan 1987-yilda 282 mlrd. dollarga yetdi).
— davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kamaytirildi.
Ishsizlar soni ikki bararar oshdi. Ayni paytda inflatsiya to'xtatildi. 1983-yildan iqtisodiy ko'tarilish boshlandi. Buning natijasida ishsizlar soni 10 mln. kishidan 7 mln. ga tushdi. R. Reygan hukumati kasaba uyushmalariga nisbatan keskin siyosat qo'lladi. Aeroportlar dispetcherlarining ish tashlashi qo'pol suratda bostirildi. Ularning kasaba uyushmasi larqatib yuborildi. Ish tashlash ishtirokchilari ishdan bo'shatildi. 1988-yilgi prezidentlik saylovida yana bir respublikachi — J. Bush g'alaba qozondi. U R. Reygan siyosatini davom ettirdi. 1992 va 1996-yilgi prezidentlik saylovlarida demokrat B. Klin-ton g'alaba qozondi. Bunga uning jamiyatdagi illatlarni — kambag'allik chegarasidan past darajada yashashni (ular AQSH aholisining 12,5 foizini tashkil etardi); turar joyi yo'qlarni (12 mln. amerikalik uy-joyga ega emas edi), narkomaniya, jinoyatchilik va shu kabilarni — keskin kamaytirish haqidagi va'dalari va bu borada jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirganligi tufayli erishdi. Soatiga to'lanadigan minimal ish haqi 5 dollardan kam bo'lmasligi belgilandi. U bergan va'dalarining barchasini ham bajara olmadi. 1994-yjida AQSH Kongressining har ikki palatasida ko'pchilik o'rinni egallab olgan respublikachilar B. Klinton taklif etgan qonun loyihalarini rad etish yo'lidan bordilar.