О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet337/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________

42-mavzu: Litva Respublikasi
Reja:

  1. Mustaqillikning tiklanishi;

  2. Rivojlanish yo’lida erishilgan yutular;

  3. Litvaning tashqi siyosati.

Litvada jamiyatning yangilanishi va ijtimoiy rivojlanishi uchun ommaning chiqishlari boshqa Boltiqbo'yi respublikalariga nisbatan kechroq faollashdi, ammo 1988-yilning kuzidayoq «Sayudis» harakati paydo bo'ldi. Awaliga u ijtimoiy faollikni oshirish to'g'risidagi talablar bilan cheklandi. Ammo 1989-yilda ommaviylashib, SSSR xalq deputatligiga bo'lgan saylovlarda ko'p ovoz oldi va bastakor V. Landsbergis rahbarligida mavjud tuzumni o'zgar-tirish va Litva mustaqilligini yoqlab chiqdi. Respublika Oliy Sovetida Sa-yudisning g'alabasi tufayli 1990-yilda mustaqil Litva davlati va uning SSSR tarkibidan chiqishi to'g'risida qonun qabul qilindi.


Sayudis qo'liga o'tgan hukumat mamlakat suverenitetini himoya qilib, 90 foizi SSSR hukumati ixtiyorida bo'lgan sanoatni o'z qo'liga oldi va uni davlat tasarrufidan chiqarishni rejalashtirdi. Kolxoz (jamoa xo'jaligi) larni fermer xo'jaliklariga aylantirishga yo'naltirilgan yer to'g'risidagi qonun, mulk egalari huquqlarini tiklash to'g'risidagi qonun qabul qilindi. Hukumatning bu yo'li mamlakatda paydo bo'lgan ko'pgina partiyalar va harakatlar tomonidan qo'llab-quwatlandi. 1990-yilning yanvar oyida sovet desantchilari mahalliy kommunist-lar bir qismining yordami bilan qurol ishlatib va talafotlar ko'rib, telemar-kazni qo'lga oldi va Vilnyusdagi asosiy nuqtalarni egallab olishga urindi. Ammo xalq chiqishlari bu mojaroni va Litva mustaqilligi dushmanlari-ning boshqa urinishlarini puchga chiqardi. Yozda Rossiya hukumati Litva mustaqilligini tan oldi. Moskvadagi 1991-yilgi avgust fitnasi magiubiyatga uchragandan so'ng SSSR Prezidenti ham shunday yo'l tutishga majbur bo'ldi.
1992-yilda referendum yo'li bilan yangi hukumat tayyorlagan konsti-tutsiya qabul qilindi. Ijro etuvchi hokimiyat rahbari xalq tomonidan saylanadigan prezident va hukumat bo'ldi. Ilk Prezident sotsial-demokratik partiya yetakchisi A. Brazauskas ham, liberal-vatanparvar ruhdagi bir qator partiyalarni tashkil etgan Sayudis a'zolari ham, ko'pchilikni tashkil etgan hukumat ham asosiy e'tiborni xo'jalikni yangilash va rivojlantirish uchun ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratdi.
Litvada ilgari SSSRdan yetkazib beriladigan elektr energiyasi va xom-ashyo yetishmas edi. Rossiya bilan savdo va Kaliningrad tranziti to'g'risidagi bitim bu tanqislikni atigi biroz yumshatdi. 1989-yildan 1993-yilgacha ishlab chiqarishning 50 foizga qisqarishi va yirik inflatsiya aholi ahvolini yomon-lashtirdi va xalq noroziligini keltirib chiqardi. Litva Yevropa Ittifoqi mamla-katlari bilan savdo va moliyaviy-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga, xal-qaro tashkilotlar va Xalqaro Valuta Fondidan kreditlar olishga majbur bo'ldi. Hozirgi paytda tashqi savdo mamlakat YalM ning uchdan ikki qismini tashkil etadi. Shu bilan birga eksportning 50 foizi Yevropa lttifoqiga to'g'ri keladi.
1993-yilda milliy valyuta lit joriy qilindi. Uning barqarorlashuvi asosan vaucher (xususiylashtirish cheki) orqali korxonalarni xususiylashtirish va fermer xo'jaliklarni oyoqqa turg'izishga imkon berdi. 1994-yilda yerga xususiy tnulkchilik asosida agrar munosabatlarni tartibga solish qoidalari belgilandi. 1996-yilga kelib davlat tasarrufida korxonalarning atigi 25 foizi, ya'ni ener-getika va transport qolgan edi. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi 80 ga yaqin mamlakatdan investitsiyani olib kirishga imkon berdi. Bu ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshirishni ta'minladi, ammo xalq ommasining turmush darajasi unchalik ko'tarilgani yo'q. 90-yillarning oxiriga kelib ijtimoiy muammolarga yetarlicha e'tibor qaratmagan, ma'muriy-xo'jalik xatoliklariga yo'l qo'ygan va korrupsiyaga qarshilik ko'rsatishni eplay olmagan G. Vagnoryus hukumati aholining noroziligiga sabab bo'ldi. Umumxalq ovozi bilan saylangan yangi Prezident V. Adamkus 1999-yilda oldingi hukumat yo'l qo'ygan xatoliklarga barham beruvchi yangi hukumatni xristian-konservatorlardan iborat qilib tuzdi. Yangi hukumat ham mamlakatda narx-navoning o'sishini to'xtata olmadi, ammo korxonalarni xususiylashtirishni tezlashtirdi va kengaytirdi. Lekin iqtisodiy qiyinchiliklar bartaraf qilinmadi. Litva Boltiqbo'yidagi qo'shnilari, Polsha va Belorussiya hamda Rossiya bilan yaqin aloqalarni rivojlantirmoqda. Ammo uning uchun Yevropaning boshqa mamlakatlari, YEI bilan savdo va moliyaviy-iqtisodiy hamkorlik muhimroq ahamiyatga ega bo'ldi. Litva eksportining 50 foizi YEIga to'g'ri keladi. Litva EHXTda ishtirok etmoqda va NATOga a'zo bo'lish bilan o'z xavfsizligini mustahkamlashga urinmoqda.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish