О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


-mavzu: Moldova Respublikasi mustaqilligining



Download 4 Mb.
bet286/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

29-mavzu: Moldova Respublikasi mustaqilligining
tiklanishi va rivojlanishi
Reja:

  1. Mustaqillikning tiklanishi;

  2. Milliy nizolar;

  3. Rivojlanish yo’lidagi qiyinchiliklar.

80-yillarning oxirida Moldovada umuman moldovaliklar aholining 64 foizini tashkil etdi, ilgarigi muxtoriyat — Dnestrbo'yida esa aholining ko'pchiligi — 60 foizi ruslar va ukrainlardan iborat edi. Bu mintaqalar o'rtasidagi farqlar mamlakat taqdiriga ta'sir ko'rsatdi. Boltiqbo'yidagi xalq frontlari harakati, keyinchalik esa Ruminiyadagi inqilob haqidagi xabarlar Yagona Moldova Xalq Frontining (YAMXF) tashkil etilishiga, uning tomonidan mamlakatda 1989-yilda rumin tiliga davlat tili maqomini berish va mamlakatni suveren deb e'lon qilishga bo'lgan intilishlarni rag'batlan-tirdi. YAMXF ommaviylashdi va Kishinyov ko'chalariga yuz minglab tarafdorlarini chiqardi.


Bahorda SSSR Xalq deputatlari syezdiga yuborilgan delegatlarning ko'pchiligi mutaassib (konservativ) kayfiyatda edi, ammo avgustga kelib respublika Oliy Soveti rumin tiliga davlat tili maqomini berish to'g'risidagi qonunni qabul qilib, har bir elatga o'z tilida gapirishga imkon berdi. Ke­yinchalik Xalq Fronti 1990-yildagi Oliy Sovet saylovlarida muvaffaqiyatga erishib, respublika rahbariyatidan kompartiyani chetlashtirdi. Avgust oyida Oliy Sovet Moldova mustaqilligi to'g'risidagi deklaratsiyani e'lon qildi. Yangi hukumat fuqarolarning huquq va erkinliklarini yoqladi. Mamlakatda demokratlashtirish avj olib, bir qator liberal-demokratik, milliy-demokratik hamda sotsial-demokratik yo'nalishdagi partiya va harakatlar paydo bo'ldi. Ulardan ba'zilari Moldovaning Ruminiyaga qo'shilishi tarafdorlari edilar. Ammo ular referendumda ko'pchilik ovozga ega bo'lolmadilar. 1991-yil oxirida Oliy Sovet respublika prezidenti etib liberal-demokratlar yetakchisi M. Snegurni sayladi.
Shu bilan birga, 1990-yildayoq SSSRning parchalanishiga to'sqinlik qilishga harakat qiluvchi ittifoq hukumati ishtiroki bilan Moldovaning janubidagi uchta mintaqada yashovchi gagauzlar va Dnestr O'ng qirg'og'i hamda Benderi shahri aholisining ko'pchiligi rumin tiliga qarshi va SSSR tarkibidan chiqishga qarshi norozilik bildirishdi. Gagauzlar o'z mustaqil respublikalarini e'lon qilishdi. Shimolda esa 1991-yilda sovet tuzumini saqlab qolayotgan mustaqil Dnestrbo'yi Moldova Respublikasi (DMR) paydo bo'ldi.
Agar gagauzlar bilan olib borilgan uzoq muddatli muzokaralardan so'ng ular Gagauziyaning Moldova tarkibida maxsus huquqiy maqomga ega bo'lishiga rozilik bildirgan bo'lsa, Tiraspol shahrida joylashgan DMR hukumati Moldova hukumatining muxtoriyat to'g'risidagi taklifini rad etdi va Sovet harbiylari yordamida Moldovaning tartib o'rnatuvchi kuchlariga qarshilik ko'rsatdi. 1992-yilda Moldova qurolli kuchlari bilan va DMR qurollangan otryadlari va ularga yordam berayotgan 14-sobiq Sovet armiyasi o'rtasida bo'lgan janglarda yuzlab odamlar halok bo'ldi va yarador qilindi, xalq xo'jaligiga katta moddiy zarar yetkazildi. O'n minglab muqim yashov-chilar qochoqlarga aylandi. Moldovada prezident favqulodda holat e'lon qildi.
Moldova va DMR o'rtasidagi qurolli to'qnashuvlar faqat Moldova va Rossiya o'rtasidagi shartnoma imzolangandan, 14-armiya tarqatib yuborilgandan va urush mintaqasiga Xalqaro tinchlik o'rnatuvchi kuchlar kiritilganidan keyingina to'xtatildi. Qarama-qarshi tomonlar o'rtasidagi muzokaralar va vositachilarning urinishlariga qaramasdan, to'qnashuvlar 1994-yilgacha davom etdi. 1994-yilda tomonlarning zo'ravonlikni to'xtatish to'g'risidagi o'zaro kelishuvlari to'qnashuvlarga chek qo'ydi.
Parlamentga (1994-yilda) va mahalliy (1995-yilda) saylovlar arafasida korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish biroz olg'a siljidi, ammo ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishilmadi. Davlat ixtiyoridagi asosiy sohalar — vino ishlab chiqarish va tamaki sanoatida ishlab chiqarish sama-radorligi pastligicha qolmoqda edi. Moldova Rossiya kompaniyalari tomonidan keltirilayotgan energiya tashuvchilarni sotib olish uchun mablag'ga ega emas edi. Beqarorlik investitsiya oqimiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan edi. Uzoq davom etgan ishlab chiqarishning qisqarishi va inflatsiya aholi ahvolining yomonlashishiga sabab bo'ldi. Ommaning noroziligi, eng awalo, ijtimoiy muammolarni hal etishga chaqirayotgan sotsial-demokratik partiyalarning kuchayishiga olib keldi. 1996-yil oxirida prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ular tomonidan qo'llab-quwatlangan erkin nomzod P. Luchinskiy g'alaba qozondi.
1988-yilga kelib mamlakat mulkining 75 foizi (Dnestrbo'yidan tashqari) hissador-investor, korxona xodimlari, menejerlar va xususiy tadbirkorlar qo'liga o'tdi. Ammo iqtisodiyotning jonlanishi va aholi ahvolining yaxshilanishiga erishilmadi.
Muzokaralar yo'li bilan P. Luchinskiy Moldova birligining Rossiya va Ukraina tomonidan e'tirof etilishiga va ular bilan hamkorlikni kuchaytirishga erishdi. Mamlakat birligini tiklash uchun Moldova YEXHT va boshqa xalqaro tashkilotlarga tayanmoqda. Yoqilg'i-energiyaga ega bo'lish maqsadida Ozarbayjon bilan mustahkam munosabatlar o'rnatilmoqda. Islohotlar yo'li bilan olg'a borayotgan Ruminiya va YEI bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. 2000-yil bahoridan boshlab, prezident tanlagan yo'l mamlakat aholisi ba'zi qismining manfaatlariga mos kelmasligi tufayli noroziliklar kuchayib ketdi. Bu noroziliklarga tayanib, parlamentdagi turli ruhdagi muxolifat kuchlar konstitutsiyani o'zgartirishga erishdi. 2001-yil fevral oyidagi parlament saylovlarida demokratlar rahbarligida mamlakat qiyinchiliklari bartaraf etilishidan umidini uzgan saylovchilar kommunistlar uchun ovoz berdilar. Yangi parlament V. Voroninni prezident qilib sayladi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish qiyinchiliklari davom etmoqda.
Moldovada YAIM 2007-yilga kelib 4,8 mlrd dollarga yetdi va yillik o'sish 3 foizni tashkil qildi. Sanoatning 87 foizi qayta ishlash sanoatiga to'g'ri keladi. Qishloq xo'jaligida biroz pasayish sezildi. Import eksportga nisbatan ancha ustun. 170 dan ortiq vino zavodlari ishlab turibdi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish