Saudiya Arabistoni Reja: Saudiya Arabistonining vujudga kelishi;
Faysal ibn Saud islohotlari;
Saudiya Arabistonining tashqi siyosati.
1925-yilda Arabiston amiri Abdul Aziz ibn Abdul Rahmon ibn Saud qo’shini deyarli butun Arabistonni egalladi. 1932-yilda esa Ibn Saud Saudiya podshoiigi tuzilganligini e'lon qildi. Shu tariqa Saudiya Arabistoni davlati vujudga keldi.
Saudiya Arabistoni hududi Islom dinining markazidir. Musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Makka va Madina shaharlari shu davlat hududida joylashgan. Saudiya Arabistoni mutlaq monarxiya davlatidir.
Ayni paytda Saudiya Arabistoni dunyoning neftga boy davlatlaridan biri. Bu omil uning iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishiga yordam berdi. 1935-yildan boshlab AQSH neft kompaniyalari neft qazib chiqarish bilan shug’ullana boshladi. Shu yili neft qazib chiqarish bo’yicha arab-amerika kompaniyasi tuzildi. 1939-yildan boshlab esa neftni sanoat asosida qayta ishlash boshlandi.
1964-yilda podsholik taxtiga Faysal ibn Saud o’tirdi. U mamlakatni zamonaviylashtirish va liberaliashtirish siyosatini yurita boshladi. Zamonaviylashtirish deyilganda zamonaviy iqtisodiyotni vujudga keltirish tushunilar edi. U milliy neft sanoatini yaratishga kirishdi. Arab-amerika neft kompaniyasi (ARAMKO) qarorgohi Saudiya Arabistoniga ko’chirildi. 1973-yilda Arab-amerika neft kompaniyasi milliylashtirildi. 1982-yiIdan boshlab kompaniya daromadida Saudiya Arabistoni hissasi 51 foizni tashkil etishiga erishildi. 1999-yilda esa kompaniya to’la Saudiya mulki bo’lib qoldi. Podsho hukumati aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, mehnat qilish huquqi kafolatlandi. Zamon ruhiga mos mehnat qonuni joriy etildi. Oddiy kishilar uchun arzon turar joylar qurildi. Yuqori ish haqi to’lanishi kafolatlandi.
Tekin tibbiy xizmat joriy etildi. Chet elda davolanish zaruriyati tug’ilganda davlat uning xarajatini o’z bo’yniga oladigan tartib joriy qildi. Bepul umumiy o’rta taTim amalga oshirildi. o’g’il o’quvchi bola uchun uning oilasiga kompensatsiya to’lovi joriy etildi. Qirol Faxd bin Abdulaziz as-Saud (1982-yilda taxtga o’tirgan) ham Faysal siyosatini davom ettirdi. Bugungi kunda davlat daromadining 92 foizi neftdan kelmoqda. Xususan, 1995-yilda 50 mlrd. dollarlik neft sotilgan bo’lsa, mamlakatga 30 mlrd. dollarlik xalq iste'mol tovarlari olib kelindi.
Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti neftdan topgan daromadning hammasi-ni o’zlashtirishga qodir emas. Shuning uchun topilgan daromadning bir qismi chet el banklarida saqlanadi hamda qarzga beriladi. Bu hol Saudiyaning dunyo iqtisodiy taraqqiyotida sezilarli rol o’ynashini ta'minlab kelmoqda. 2005-yil 1-avgustda qirol Faxd vafot etdi. Uning o’rnini 79 yoshli ukasi Abdulloh bin Abdulaziz as Saud egalladi.
Saudiya podsholigining asosiy ittifoqchisi, hamkori AQSHdir. Ayni paytda arab davlatlari va boshqa musulmon davlatlari bilan ham hamkorlik qiladi. Har yili budjetning 10 foizi miqdorida musulmon davlatlariga yordam ko’rsatmoqda.
Arab davlatlarining AQSH taklifi asosida Isroil bilan munosabatlarini qayta qurishda Saudiya Arabistoni katta rol o’ynadi. Xususan, 1979-yilda Misr-Isroil o’rtasida Kemp-Devid shartnomasining imzolanishi bevosita Saudiya podsholigining Misrga ko’rsatgan ta'siri oqibati bo’ldi, deyish mumkin. Iroqni Quvaytdan quvib chiqarish bilan bog’liq xalqaro operatsiyada ham Saudiya podsholigi o’ziga xos rol o’ynadi.
Saudiya — O’ZBEKISTON munosabatlari ham yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Har yili O’ZBEKISTONning 3000—4000 fuqarosi muborak haj sa-fariga borib kelmoqda.