O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________
17-Mavzu: XX asrning ikkinchi yarmi XXI asr
boshlarida Indoneziya
Reja:
Mustaqillikning qo’lga kiritilishi.
Iqtisodiy taraqqiyot yillari.
1942-yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan Indoneziya 1945-yilda ozod bo'ldi va 4 sentabrda Sukarno (1901—1970) boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 1947-yil iyulida Gollandiya bostirib kirdi. BMT ning aralashuvi va AQSH ning ta'siri bilan 1949-yilda Gollandiya Indoneziya mustaqilligini tan oldi. 1950-yilda Sukarno Indoneziya unitar respublikasini e'lon qildi. Mamlakatda mustaqil-likning besh tamoyili: millatparvarlik, baynalmilallik, demokratiya, ijtimoiy adolat, xudoga e'tiqod asosida ish olib borildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Neft konlari, kauchuk plantatsiyalari milliylashtirildi. Oziq-ovqat, to'qimachilik mollari, tayyor kiyimlar tayyorlash kuchaytirildi. Tabiiy boyliklar xalq qoMiga o4di.
1965-yil 30-sentabrda kommunistparastlar davlat to'ntarishi uyushtir-moqchi bo'ldilar. Lekin uning oldi olinib, hokimiyat saqlab qolindi. Kommunistlar qatag'on qilindi.
1968-yilga kelib general Suxarto prezident bo'ldi va mamlakatni 1998-yil iyiinigacha boshqardi. Bu davrda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlik hukm surdi. 1970-yilning oxiriga kelib Indoneziyaga Amerika, Yaponiya va boshqa davlatlar kompaniyalari 1,3 mlrd. dollar miqdorida investitsiya kiritdilar. Kapital asosan kon sanoati, daraxt kesish va baliq ovlash sohalariga kiritildi. Milliylashtirilgan korxonalar egalariga qaytarildi. Indoneziya siqilgan tabiiy gaz, neft eksport qiluvchi davlatga aylandi. 90-yillarda 4 yil ichida 35 mlrd. dollar miqdorida xorijiy kapital kiritildi. Turli avtomobillar, zamonaviy samolyotlar yig'ildi. Lekin 1997-yilda mamlakatda iqtisodiy inqiroz yuz berdi. 70 foiz korxona, banklar yopildi, ishsizlar soni 20 mln. ga yetdi, tashqi qarz 138 mlrd. dollarni tashkil etdi.
1998-yil iyunida prezident Suxarto iste'foga chiqib, noyabr oyida B. Habibiy prezidentlik lavozimini egalladi. Ammo siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlay olmadi.
1999-yil oktabrda umumxalq saylovlari natijasida musulmon diniy partiyasi (Naxdatul Ulamo) rahbari A. Vohid Prezident qilib saylandi. U ham vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Inflatsiya 20 foizga yetdi. 1975-yilda Gollandiyadan tortib olingan Sharqiy Timor mustaqillikka erishdi. Achexa ham shunday huquqni qo'lga kiritdi. 2001-yildan Megavati Sukarnopuri mamlakat Prezidenti lavozimini to'la egalladi. Indoneziya hozirgi kunda neft mahsulotlari, sanoat gazi, rezina, ko'mir, mis, qo'rg'oshin, nikel, baliq mahsulotlari, kofe va choyni katta miqdorda eksport qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |