О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi



Download 4 Mb.
bet168/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi Yaponiya parlamenti 1947-yilda mamlakatning yangi Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu Konstitut-siyaga ko'ra, Yaponiyada Konstitutsion monarxiya tuzumi amal qiladi. Yangi Konstitutsiyaga ko'ra, imperator hokimiyati saqlanib qolgan bo'lsa-da, Yaponiya demokratik davlat, deb e'lon qilindi. Imperator amalda real hokimiyatdan mahrum etildi. U millat birligi ramzi sifatida saqlab qolindi.
Garchand bosh vazirni imperator tayinlasa-da, uni parlament tasdiqlashi zarur edi. Konstitutsiyaga Yaponiyaning kelgusi taraqqiyoti uchun juda katta ijobiy rol o'ynagan bir modda kiritildi. Bu — Yaponiyaning urushdan millatning suveren huquqi sifatida voz kechganligi va mamlakatning armiyaga ega bo'lishi huquqini taqiqlaganligi to'g'risidagi modda edi.
Tinchlik shartnomasining imzolanishi
Yaponiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash maqsadida 1951-yilda AQSHning San-Fransisko shahrida xalqaro konferensiya chaqirildi. Konferensiya yakunlariga ko'ra, 1951-yil 2-sentabrda bir tomonlama tinchlik shartnomasi imzolandi va 1952-yil 28-apreldan kuchga kirdi. Unga ko'ra, Yaponiya Koreya mustaqilligini tan oldi. Tayvan, Peskador, Kurill orollari va Saxalinning janubiga daxl qilmaydigan bo'ldi. Ittifoqchi davlatlardan SSSR bu shartnomani imzolamadi. Buning sababi nimadan iborat edi? «Sovuq urush» boshlangach, AQSH Yaponiyaga nisbatan munosabatini o'zgartirdi. Chunki AQSH Uzoq Sharqda SSSR ta'sirining kuchayishini xohlamas edi.
AQSH — Yaponiya harbiy ittifoqi buning kafolati bo'lishi kerak edi. Ayni paytda Yaponiya o'zining shimoliy yerlaridan bir qismi (Yalta konferensiyasi qaroriga ko'ra) SSSRga berilganligiga toqat qila olmas edi. Shunday sharoitda Yaponiya uchun ham AQSHdek qudratli tayanch zarur edi. Ikki davlat manfaatlarining mushtarakligi amerika-yapon harbiy itti-foqini tuzish masalasini ko'ndalang qo'ydi. San-Fransisko konferensiyasida Yaponiya bilan tuziladigan tinchlik shartnomasi AQSH — Yaponiya harbiy ittifoqi to'g'risidagi shartnoma bilan birgalikda imzolanadigan bo'ldi.
SSSR bunga qarshi chiqdi va norozilik belgisi sifatida konferensiya ishida qatnashishni to'xtatdi. AQSH va Yaponiya o'rtasida imzolangan shartnoma «xavfsizlik to'g'risidagi shartnoma» deb ataldi. Unga ko'ra, Yaponiyada AQSHning harbiy bazalari saqlab qolindi. Ayni paytda AQSHning okkupatsiya tartibi bekor qilindi
1946-yilda Yaponiya parlamenti agrar islohot to'g'risida qonun qabul qildi. Uning maqsadi pomeshchik yer egaligini tugatish edi. Davlat yer egalari yerini sotib oldi va ularni dehqonlarga sotdi. Shu tariqa pomeshchik yer egaligi tugatildi. Endilikda mamlakat qishloq xo'jaligida katta bo'lmagan fermer xo'jaliklari asosiy rol o'ynay boshladi.
Sanoatni tiklash uchun ham barcha zarur choralar ko'rildi. Ayni paytda AQSH reparatsiya olishni to'xtatdi. Yapon xalqi yuksak vatanparvarlik, mehnatsevarlik, nihoyatda intizomlilik, toqatlilik va sabr-bardoshlilik namunalarini ko'rsatib mehnat qildi. Ayni paytda yapon xalqi o'ta tejamkor xalq hamdir. Bundan tashqari, ish beruvchilar bilan xodimlar o'rtasida yaponlargagina xos bo'lgan hamkorlik vujudga keldi. Unga ko'ra, ish beruvchi bilan xodim o'rtasida shartnoma tuzilar edi.
Shartnomada korxona xodim to pensiyaga chiqquncha ish bilan ta'-minlash, xodim esa shu yillar mobaynida sidqidildan mehnat qilish majburiyatini olardi. Bundan tashqari, Yaponiyaning harbiy xarajatlari nihoyatda kam bo'lib, yillik ijtimoiy mahsulot qiymatining atigi 1 foizini tashkil etardi. Bu hoi butun kapital mablag'ning juda katta qismini ishlab chiqarishga yo'naltirishga imkon berar edi. Yaponlarga xos yana bir xususiyat o'zgalar yutug'ini erinmay o'rganish va ulardan unumli foydalana olishdir.
Yuqoridagi omillar Yaponiyaning gurkirab rivojlanishini ta'minladi. Chunonchi, 1951-yildayoq sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaga yetdi. 1951— 70-yillarda mamlakat iqtisodiyotining yillik o'sishi o'rtacha 14,6 foizni tashkil etdi.
1950-yil yozida AQSHning Koreyadagi urushi munosabati bilan Yaponiyaga juda ko'plab harbiy buyurtmalar berildi. Natijada Yaponiya valuta zaxirasi 1952-yilda 1 mlrd dollarni tashkil etdi. 1960-yilga kelib Yaponiyada sanoatning yillik o'sishi 20 foizni tashkil qildi. Bunday o'sish hech bir mamlakatda bo'lgan emas. «Yapon mo'jizasi» dunyoni lol qoldirdi.
Olimlarning kuzatishiga qaraganda, bu mo'jizaning siri quyidagi sabablarga bogiiqdir:

  1. Asosiy kapitalning yangilanishi. Sanoat korxonalarida barcha eskirgan jihozlar 50-yillarda almashtirildi. Bu narsa 1960-yilda o'rta va mayda korxonalarga ham joriy etildi. Chunki 30 foiz ishchilar shunday korxonalarda ishlaydi.

  2. Harbiy buyurtmalar. Koreya va Vetnam urushlari munosabati bilan berilgan buyurtmalar sanoatchilarga juda katta foyda keltirdi. Keyinchalik mamlakatning o'zida buyurtma ko'paydi.

3. Urushdan keyin harbiy xarajatlarning yo'qligi. Chunki AQSH 80%
harbiy xarajatni moliyalashtirdi. Harbiy xarajatlar 1970-yilga kelganda
budjetning 1,2 foizini tashkil etdi.

  1. Konsernlarning ko'ptarmoqliligi kapitalni aylantirishda qo'l keldi. Masalan, kemasozlik korxonalari qiyin paytlarda mashinasozlik, ximiya jihozlari, turbinalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashgan.

  1. Davlat monopolizmining xususiy korxonalar bilan yaqinligi. Vazirlar Mahkamasida tashkil etilgan Iqtisodiy rejalashtirish qo'mitasi ichki va tashqi bozor muhitini o'rganadi hamda ilmiy-texnikaviy axborotni barcha korxonalarga tarqatadi.

Davlat eng muhim sanoat tarmoqlari bo'lgan atom sanoati, raketasoz-lik va boshqalarni hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtiradi va kapital qo'yishini muvofiqlashtiradi. Yaponiyada rejalashtirishdan ustalik bilan foydalaniladi.
Yana muhim tomoni malum bir tumanda uy-joy, kommunikatsiya, vodoprovod va boshqa infratuzilmani yuzaga keltirish bilan davlat ishlab chiqarish kuchlarini jamlaydi. Davlat hisobidan ko'plab sanoat korxonalari yangi joylarga ko'chiriladi.

  1. Boshqa mamlakatlar tajribasidan texnik yordam to'g'risida bitimlar tuzish, litsenziyalar sotib olish yo'lidan juda keng foydalaniladi. Lekin bu narsa mamlakat ichkarisida ilmiy-tadqiqot bazasiga salbiy ta'sir etishini hisobga olib, ilmiy-texnik izlanishlarga har 10 yilda 6 baravardan ko'p mablag' sarflamoqda.

  1. llmiy-texnika inqilobini bevosita ishlab chiqarishda nihoyatda tez qo'llab samaradorlikka erishmoqda. Bir soha chiqindilarini boshqa siklga yo'naltiriladi. Jumladan, neftni qayta ishlash — sintetik materiallarga, kimyo — qurilish materiallariga va h.k.

  1. Xodimlarga «psixologik yondashuv». Yaponiya korxonalari ishchilar-ni ishga layoqatsiz bo'lib qolgunicha yoki umrbod ish bilan ta'minlash to'g'risida shartnoma tuzadi. Ishchi esa intizomli, har qanday qiyinchilikka chidaydigan, korxonani o'ziniki deb biladigan, unga xiyonat qilmaydigan bo'lishi zarur.

9. Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishida tashqi savdo muhim rol o'ynaydi. Yapon iqtisodi jahon bozoriga bog'langan va 100 foiz paxta, jun, kauchuk, nikel, boksitni, 99 foiz neftni, 90 foiz temir rudasi, ya'ni 80 foiz xomashyo va 20 foiz oziq-ovqatni chetdan sotib oladi. 1965-yilgacha Yaponiya importi
darajasi eksportga nisbatan yuqori edi. Undan keyin balans faollashdi, eksport ko'paydi.
1968-yilga kelib Yaponiya jami milliy mahsuloti hajmi jihatidan Fransiya, Buyuk Britaniya va GFRni ortda qoldirdi. Bu borada dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o'ringa chiqib oldi.
1981-yilda yana bir mo'jiza ro'y berdi. Shu yili Yaponiya yengil avtomobil ishlab chiqarish bo'yicha AQSHni ortda qoldirdi. Mamlakatda videotexnika, rangli televizor va boshqa maishiy xizmat texnikasi misli ko'rilmagan darajada o'sdi. Raqamli axborot texnologiyasi, robotlar ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o'rinda turibdi. Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Toyota, Kavasaki kabi gigant korporatsiyalar milliardlarcha foyda ko'rmoqda. Mamlakatda temir va ko'mir konlari bo'lmasa-da, elektron sanoatning tayyor mahsulotlari, avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari, optika, sintetik tola va boshqa muhim tovarlarni eksport qiladi.
Yaponiya avtomobillar, kemalar, ro'zg'or elektrtexnika asboblari, sanoat robotlari ishlab chiqarish, stanoksozlik jihatidan dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Baliq ovlash bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi. Dunyoning 15 foizdan ortiq balig'ini ovlaydi va uni qayta ishlaydi. Dunyoning 2 foiz (127 mln) aholisiga ega bo'lgan Yaponiya jahonning 13,3 foiz mahsulotini ishlab chiqaradi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish