О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus
jahon tarixi 3-kurs majmua
O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________ 18-MAVZU: Ikkinchi jahon urushdan so`ng Germaniya Demokratik Respublikasi (1990-yil oktabrgacha) Reja: 1.Kommunistik partiyalarning hokimiyat tepasiga kelishi 2. Sovetlar namunasidagi sotsializmning qurilishi 3. Germaniya Demokratik Respublikasi Tayanch so’zlar: «Sharqiy Yevropa davlatlari», totalitar sotsializm, Davlat Soveti, Germaniya yagona sotsialistik partiyasi — GYASP, V. Pik, O. Grotevol Ikkinchi jahon urushi G'arbiy Yevropa davlatlari qatori Markaziy va Janubiy Yevropa davlatlarini (Polsha, Vengriya, Ruminiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Bolgariya va Albaniya) ham o'z domiga tortgan edi. Ularning ayrimlarini (Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Albaniya) Germaniya va Italiya bosib oldi. Bolgariya, Vengriya va Ruminiya esa fashist davlatlarining ittifoqchisi sifati-da urushda ishtirok etdilar. Bu davlatlar siyosiy-tarixiy adabiyotlarda «Sharqiy Yevropa davlatlari» (sobiq GDR ham shu qatorga kirgan) deb ham atalgan. Urushdan keyingi yillarda G'arbiy va Sharqiy Yevropa davlatlari taqdiri turlicha kechdi. Chunonchi, G'arbiy Yevropa davlatlari iqtisodiyotida erkin bozor munosabatlari to'la qaror topdi. Jamiyat hayotida tub demokratik tamoyillar mustahkamlandi. Ilmiy-texnikainqilobi yutuqlari ishlab chiqarishga to'la joriy etildi. Natijada G'arbiy Yevropa davlatlarida aholining yuqori turmush darajasi ta'minlandi. Sharqiy Yevropa davlatlarida esa jamiyat hayoti o'zgacha kechdi. Bun-da, birinchidan, bu davlatlarni (Albaniyadan tashqari) SSSR armiyasi fashizmdan ozod etganligi hal qiluvchi rol o'ynadi. Bu omil Sharqiy Yevropa davlatlarida Kommunistik partiyalarning hokimiyat tepasiga kelishiga qulay imkoniyat yaratdi. Qolaversa, urush kommunistik partiyalarning obro'sini oshirgan ham edi. Chunonchi, Yugoslaviya va Albaniya kommunistik partiyalari antifashist harakatga rahbarlik qildilar, boshqa davlatlarda esa kommunistlar bu harakatda faol ishtirok etgan edilar. Ikkinchidan, «sovuq urush» tufayli keskinlashgan sovet-amerika munosabatlari SSSRning Sharqiy Yevropa davlatlari ichki ishlariga aralashuviga qulay sharoit yaratdi. Natijada 1946— 1949-yillar davomida Sharqiy Yevropa davlatlarida kommunistlar hokimiyatni to'la egallab oldilar. Chunonchi, bu davlatlarda, SSSRda bo'lganidek, ko'ppartiyaviylik tuga-tildi (Vengriya, Ruminiya, Yugoslaviya va Albaniyada). GDR, Polsha, Chexoslovakiya va Bolgariyada nomigagina ko'ppartiyaviylik saqlab qolindi. Masalan, GDRda 5 ta siyosiy partiya mavjud bo'lsa-da, real hokimiyat kommunistik partiya (Germaniya yagona sotsialistik partiyasi — GYASP) qo'lida edi. Boshqa 4 siyosiy partiya GYASPning yetakchi, rahbar siyosiy kuch ekanligini tan olishga majbur etilgan edi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |