O`qitish uslublari va texnikalari. Ma`ruza (kirish, mavzuiy, ma`lumotli, ko`rgazmali (vizuallashgan), anjuman, aniq vaziyatlarni echish), munozara, muammoli uslub, tenbord, aqliy hujum, tezkor-so`rov, savol-javob, amaliy ishlash usullari.
O`qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot, hamkorlik va o`zaro o`qitishga asoslangan frontal, jamoaviy va guruhlarda o`qitish.
O`qitish vositalari: o`qitishning an`anaviy vositalari (darslik, o`quv qo`llanmasi va ma`ruza matni) bilan bir qatorda chizmani organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan tezkor, qaytar aloqaga asoslangan bevosita o`zaro munosabatlar.
Boshqarish usullari va vositalari: o`quv mashg`ulotining bosqichlari, belgilangan maqsadga erishishda ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchining faoliyati, nafaqat auditoriya ishini, balki mustaqil va auditoriyadan tashqari ishlar nazoratini (joriy, oraliq, yakuniy) belgilab beruvchi o`quv mashg`ulotlarini texnologik xarita ko`rinishida rejalashtirish.
Monitoring va baholash: o`quv mashg`ulot jarayonida (o`quv vazifalari va testlarni bajargani uchun baholash, ta`lim oluvchining har bir o`quv mashg`ulotidagi o`quv faoliyatini reyting baholash), ham butun kurs davomida (har bir ta`lim oluvchining reyting bahosiga asosan joriy, oraliq va yakuniy natijalari) ta`lim natijalarini rejali tarzda kuzatib borish.
Kirish.
Bugungi kunda Respublikamizda ,,Ta’lim to’risida” gi qonun va ,,Kadrlar tayyorlash Milliy dastur" “ asosida ta’lim tizimi milliy – mustaqillik talablari asosida isloh qilinmoqda . Undan ko’zlangan maqsadmilliy istiqlol mafkurasi va g’oyasi ruhida barkamol , yetuk insonni shakllantirish, voyaga yetkazishdir .Bu maqsadni amalga oshirishda ,, Jahon tarixi “ o’quv faninig o’rni va ahamiyati beqiyosdir . Zero , O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIPrezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, ,, Xotirasiz barkamol inson bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”. Mazkur ishimiz ,,Jahon tarixi “ fanidan ta’lim texnologiyasi bo’lib , u asosan Akademik Litseyning I–II Kurslari uchun mo’ljallangan. Mazkur ish ta’lim muassalarida o’qitishning yangi axborot texnologiyalari va pedagogik texnologiyalarni keng qo’llash talabidan kelib chiqib yaratildi . Mazkur ishga kiritilgan pedagogik ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashg’ulotining o’tkazish shart sharoiti to’g’risida axborot materiallarini , pedagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan narijalarni , o’quv rejasi , o’qitish usullari va vositalarini ko’rsatishga harakat qildik. Shuningdek, bu o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi , ya’ni o’qituvchi va o’quvchilarning mazkur o’quv mashg’ulotida erishgan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatning faoliyatni bosqichma – bosqich, ta’riflashni o’z ichiga oladi. Ish kirish, ta’lim texnologiyalari konsepsual asoslari , har bir mavzu bo’yicha nazariy , amaliy o’qitish texnologiyalaridan iborat. Mavzular umumlashtirilgan, tartiblashtirilgan , axborotlar loyhalashtirilgan.Ularni eslab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.Ikkita turdagi nazariy mashg’ulotlar: nazariy- yangi bilimlarni egallash boyicha o’quv mashg’uloti , amaliy mashg’ulotlarni umumlashtirish va tizimlashga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari berilgan.Bugungi dolzarb masala , ta’lim jarayoniga o’qitishning yangi, samarali va zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda . Butun Respublikamiz ta’lim tizimida bo’layotgan bunday o’zgarishlardan Denov Akademik Litseyi ham chetda turgani yo’q. Litseyda ham innavatsion pedagogik texnologiyalarni amalga oshirishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu narsa ayonki , bugungi Axborot zamonasida o’qituvchi bilim olishning yagona manbai emas, balki mustaqil o’qitish jarayoning tashkilotchisi va maslahatchisi bo’lishi kerakligini davr ko’rsatmoqda.Mazkur yaratilgan ishda ham baholi qudrat , ta’lim texnologiyasi bo’yicha o’z usullarimizni bayon etishga harakat qildik .
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS KASB HUNAR TA’LIM VAZIRLIGI
SURXONDARYO VILOYAT
O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI
Do'stlaringiz bilan baham: |