О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet144/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

O’qituvchi: B.S.Nazirov ____________________



2-Mavzu: Ikkinchi jahon urushdan so`ng Chexoslovakiya.
Reja:

  1. Chexoslovakiyada sotsializmning qaror topishi;

  2. Praga bahori;

  3. Sotsializm inqirozi. Demokratiyaning qaror topishi



1945-yil martida Chexoslovakiyada Milliy front tuzildi. Respublika Prezidenti lavozimini E. Benesh egalladi. 1945-yil 4-aprelda Z. Firlinger boshliq hukumat tuzildi. K. Gotvald Bosh vazir o'rinbosari bo'lib qoldi. Bu tarixda «Koshitse hukumati» deb nom oldi. 1945-yil 21-iyunda fashistlar bilan hamkorlik qilganlarning mulki bepul musodara qilindi. 24-iyunda korxonalar, banklar milliylashtirildi.
1946-yil 26-mayda K. Gotvald hukumat boshlig'i lavozimini egalladi. 1948-yil 6-iyunda E. Benesh iste'foga chiqqach, K. Gotvald mamlakat Prezidenti etib saylandi. 50-yillarda sanoat 93 foizga o'sdi, yirik korxonalar qurildi, xalqning turmush darajasi oshdi.
1953-yil martda, K. Gotvald vafotidan keyin, A. Zapoteskiy Prezident bo'ldi, 1957-yildauningo'rnigaA. Novotniy (1904—1975) keldi. Lekin 1961— 1963-yillarda mamlakatda og'ir inqiroz ro'y berdi va u 1966-yilgacha davom etdi. Sanoat va qishloq xo'jaligi o'sishi, mehnat unumdorligi pasaydi. Xalqning noroziligi kuchaydi. A. Novotniyning uzoq yillik hukmronligi davrida qotib qolgan totalitar jamiyatni o'zgartirishga da'vatkorlar ko'paydi. Natijada 1968-yilning yanvar oyida Chexoslovakiyada A. Dubchek boshchiligida jamiyatni islohot yo'li bilan tubdan yangilash tarafdorlari bo'lgan kuchlar hokimiyat tepasiga kelishdi. A. Novotniy lavozimidan ketdi.
A. Dubchek iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish rejasini e'lon qildi. SSSR oliy siyosiy rahbariyati, shuningdek, CHKP ning KPSS ga sodiq qismi bu rejani «aksilinqilobiy reja» deb hisobladilar. Ayni paytda A. Dubchek va uning tarafdorlarini o'z rejasidan voz kechishga chaqirdilar. Biroq A. Dubchek boshchiligidagi CHKP ning islohotchi rahbariyati o'z fikrlarida qat'iy turdilar.
1968-yil 21-avgust kuni Varshava Shartnomasiga a'zo 5 davlat (SSSR, Pol'sha, GDR, Vengriya va Bolgariya) armiyasi Chexoslovakiya hududiga kiritildi. Shu tariqa totalitar sotsializmni yo'q qilish yo'lidagi harakat bostirildi. A. Dubchek va boshqalar hibsga olindi. Tarixga bu voqealar «Praga bahori» nomi bilan kirdi. Bu voqealar Sharqiy Yevropa davlatlarida sovet nusxasidagi sotsializm aholi xohish-istagiga qarshi kuch bilan o'rna-tilganligini yana bir bor isbotladi. 1968-yil boshida ishlab chiqilgan dasturdan faqat bittasi — mamlakatni Chexiya va Slovakiyadan iborat Federatsiyaga aylantirish amalga oshdi. 1969-yil aprelida. A. Dubchek lavozimidan bo'shatilib, uning o'rniga Gustav Gusak saylandi.
Mamlakatda totalitar rejim o'rnatilib, siyosiy rahbarlarning bir qismi muxojirlikka ketdi, ko'pchiligi hibsga olindi va yanchib tashlandi. Gustav Gusakning harakatlariga (ishlab chiqarishni intensivlashtirish, texnologiyani yangilash, narxlarning nazorat qilinishi, boshqaruv tizimini takomillash-tirishga) qaramasdan iqtisodiyotning rivojlanish sur'atlari pasayib ketdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 3 foizigina jahon standartlari darajasida edi. Natijada aholini zarur mahsulotlar bilan ta'minlashda uzilishlar ro'y berdi. Norozilik to'lqinlari kuchaydi. «Xartiya-77» muxolifat guruhi paydo bo'ldi.
1987-yilda liberal islohotchilar harakat boshladi. 1989-yil 17-noyabrda radikal islohotni talab qilgan yoshlarning ommaviy chiqishlari boshlandi. Namoyishlar politsiya yordamida bostirildi. Sovet qo'shinlari betaraflik pozitsiyasida turdi. 18-noyabrda «Fuqarolik forumi» (FF) tuzildi. 1989-yil 24-noyabrda ChKP rahbariyati iste'fo berdi. (1987-yil dekabrda ChKP Bosh sekretari lavozimini M. Yakesh egallagan edi.) 10-dekabrda 77 yoshli Gustav Gusak Prezidentlik lavozimidan ketdi. «Fuqarolik forumi» yo'lboshchisi Vatslav Gavel mamlakat Prezidenti, A. Dubchek esa Federal majlis raisi qilib saylandi. Shunday qilib «baxmal inqilob» amalga oshdi. 1990-yil iyunda saylovlar bo'lib, FF 50 foizga yaqin ovoz oldi. V. Klaus boshliq koalitsion hukumat tuzildi.
Endi mamlakat ikkiga bo'linish muammosiga duch keldi. 1993-yil 1-yanvaridan dunyo xaritasida ikkita mustaqil davlat — Chexiya Respublika-si, Slovakiya Respublikasi paydo bo'ldi. 1993-yil bahorida Mixail Kovach Slovakiya Prezidenti qilib saylandi. Vladimir Michya — Bosh vazir lavozimini egalladi. Hozir R. Shuster Prezident Lavozimida ishlamoqda.
1994-yilga kelib Slovakiyada ishlab chiqarish darajasi yuqori sur'atlarda o'sdi. 2004-yilda u Yevropa Ittifoqi a'zoligiga qabul qilindi.




Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish