О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


Sovetlar namunasidagi sotsializmning qurilishi



Download 4 Mb.
bet125/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Sovetlar namunasidagi sotsializmning qurilishi Hokimiyatni egallagan kommunistik partiyalar sotsialistik jamiyat qurishga kirishdilar. Aslida ular qurmoqchi bo'lgan sotsialistik jamiyat SSSRda qurilgan g'ayriinsoniy jamiyat — totalitar sotsia­lizmning deyarli o'zginasi edi.
To'g'ri, bu davlatlarning ayrimlarida (masalan, Yugoslaviyada) qurilgan sotsializm ba'zi jihatlardan SSSRdagidan farq qilsa-da, amalda u ham totalitar sotsializm edi. Hokimiyatning bo'linishi tamoyili inkor etildi. Davlatning barcha organlarida kommunistik partiya nazorati o'rnatildi. Davlat konstitutsiyalarida fuqarolar uchun e'lon qilingan huquq va erkinliklar amalda ro'yobga chiqarilmadi.
Konstitutsiya nomigagina amal qilardi. Unga ko'ra, umumiy saylov huquqi asosida saylovlar o'tkazib turildi. (Aslida u saylov emas, majburiy ovoz berdirish edi.) Bu — demokratiyaning amalda yo'qqa chiqarilishi edi. Mavjud tartibga qarshi chiqqanlar yoki ularga e'tiroz bildirganlar ta'qib etil­di, qatag'on qilindi.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlari barham topdi. Uning o'rnida SSSR dagidek rejali iqtisodiyot vujudga keltirildi. Deyarli barcha mulk davlat mulkiga aylantirildi. Bu esa amalda xususiy mulkning barham topishiga olib keldi. Shu tariqa Sharqiy Yevropa davlatlarida xalq demokratiyasi emas, totalitar sotsializm qurildi.
Bu davlatlar (Yugoslaviyadan tashqari) tashqi siyosatda SSSR manfaa-tiga bo'ysundirildi. Ular O'zaro Iqtisodiy Yordam Kengashiga (1949) hamda Varshava Shartnomasiga (1955) (Albaniya keyinchalik bu harbiy-siyosiy tashkilotdan chiqqan, Yugoslaviya esa bu tashkilotga umuman a'zo bo'lmagan) birlashtirildi. Bundan tashqari, Sharqiy Yevropaning Yugoslaviya va Albaniyadan boshqa davlatlari hududiga SSSR qurolli kuchlari joylashtirilgan edi.
Sharqiy Yevropa davlatlarida «sotsializm qurilishi» xalqning tanlashiga qarab emas, balki xohish-irodasiga qarshi amalga oshirildi. Chunki bu dav­latlar aholisining katta qismi SSSR namunasidagi sotsializmni (aslida u totalitar sotsializm edida) istagan emas. Buning sababi — SSSRda qurilgan va ko'klarga ko'tarib maqtalgan «sotsializm» insoniyatning asl maqsad va manfaatlarini ro'yobga chiqarolmadi.
Nega barcha rivojlangan davlatlarda xususiy mulk saqlab qolingan? Nega ularning iqtisodiyotida bozor munosabatlari amal qiladi? Nega bugungi mustaqil Jahon iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan erkin demokratik jamiyat qurmoqda? Chunki shunday jamiyatgina insonning hayotdan ko'zlagan maqsadlarini ro'yobga chiqarishga imkoniyat yaratadi.
Totalitar sotsializm jamiyatida barcha sohalar, hatto, insonning ongi, orzu-umidlari ham qonunga mutlaqo bo'ysunmaydigan davlat nazorati ostiga olinadi. Inson insonparvarlik tamoyillariga javob beruvchi qonunlar doirasi-da erkin yashashi kerak. Totalitar sotsializm buni istamaydi. Chunki bunday jamiyatda adolatli qonun amal qilmaydi. Davlat esa hech qanday qonunga bo'ysunmaydi. Oxir-oqibatda bu davlat o'z fuqarolarini zo'ravonlik bilan itoatda tutishga intiladi. Bu esa jamiyatni inqirozga yuz tuttiradi va uni halok etadi. To'g'ri, bu hodisa birdaniga ro'y bermaydi. Bunga sobiq sotsialistik davlatlar bosib o'tgan yo'l misol bo'ladi. Quyida ularni ko'rib o'tamiz.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish