О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


Italiyada Respublika o'rnatilishi



Download 4 Mb.
bet96/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Italiyada Respublika o'rnatilishi Mamlakat demokratik kuchlari Respublika uchun kurashdilar. Chunki bu davrda Italiyada Konstitut-siyaviy monarxiya tuzumi hukmron edi. Qirol V. Emmanuel III Mussolinini qo'llab-quwatlab, monarxiya obro'sini to'kkan edi. Bu davrda 3 ta siyosiy partiya mavjud edi. Bular Xristan-demokratik (XDP), Sotsialistik (ISP) va Kommunistik (IKP) partiyalar edi. Ularfashizmga qarshi kurashda faol ishtirok etganliklari tufayli katta obro' qozongan edilar.
Ayni paytda XDP ularning ichida eng ta'siri kuchli partiya edi. Shuning uchun ham u parlament saylovida eng ko'p ovoz oldi va koalitsion hukumatni boshqardi. Qirol V. Emmanuel III 1946-yilda o'g'li Umberto II foydasiga taxtdan voz kechgan bo'lsa-da, bu hodisa nurab bo'lgan monarxiyani saqlab qola olmadi.
1946-yilning 2-iyunida davlat tuzumi masalasida, ya'ni Italiyada Konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi saqlanib qoladimi yoki u Respublika bo'ladimi, degan masalada referendum o'tkazildi. Unda 12,7 mln saylovchi Respublika uchun ovoz berdi (10,7 mln saylovchi esa monarxiya uchun ovoz bergan edi). Shu tariqa, Italiya Respublikasi vujudga keldi.
2-iyun kuni Ta'sis Majlisiga ham saylov o'tkazilgan edi. Unda XDP 35 foiz (8,1 mln), ISP 20 foiz (4,7 mln) va IKP 19 foiz (4,3 mln) ovoz oldi. Yangi tuzilgan koalitsion hukumatni XDP lideri Alchido de Gasperi (1881 — 1954) boshqardi va 1953-yil yozigacha hokimiyatda turdi. Bu partiyalar vakillari ishtirokida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Kon-stitutsiya 1948-yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi. Konstitutsiyaga ko'ra, mamlakat Prezidenti lavozimi joriy etildi. U davlat boshlig'i hisoblanardi va parlament har ikki palatasi (deputatlar palatasi va senat) qo'shma yig'ili-shida 7 yil muddatga saylanar edi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 5 yil muddatga saylanadigan ikki palatali parlament amalga oshirardi. Deputatlar palatasida eng ko'p o'rinni egallagan partiya hukumat tuzish huquqiga ega boiardi.
Hukumatning ichki va tashqi siyosati 1948-yilning aprel oyida o'tkazilgan parlament saylovida XDP mutlaq ko'p (12,7 mln) ovoz oldi. A. de Gasperi endi bir partiyali hukumat tuzdi. Hukumat ichki siyosatda mamlakat iqtisodini rivojlantirishga birinchi darajali masala sifatida qaradi. «Marshall rejasi» ga ko'ra, 1,3 mlrd dollar miqdorida yordam berilishiga erishdi. U asosan yirik korxonalarni modernizatsiya qilishga va jihozlarni butunlay yangilashga sarflandi.
Ayni paytda yuksak taraqqiy etgan davlatlardan patent va litsenziyalar sotib olindi. Qudratli davlat sektori ham vujudga keltirildi. Bu omillar natijasida 50—60-yillarda mamlakat iqtisodi gurkirab rivojlandi. Iqtisodiy o'sish sur'ati (yiliga 10 foiz) jihatidan Yevropada GFRdan so'ng ikkinchi o'ringa chiqdi. Shu tariqa «Italiya mo'jizasi» degan ibora paydo bo'ldi. U dunyoda eng rivojlangan yetti davlatning biriga aylandi.
Eksportning o'sishi Italiyaga qarzdan qutulish hamda milliy pul (lira)ning barqarorligiga erishish imkonini berdi. Fuqarolarning turmush farovonligi oshdi. Farog'at davlati qaror topdi. Ish haqi, ijtimoiy sug'urta tizimi, nafaqalar hajmi bo'yicha Italiya dunyoda oldingi o'rinlardan birida turadi.
Tashqi siyosatda Italiya birinchi navbatda G'arb davlatlari integratsiya-sini himoya qildi. 1949-yilning aprel oyida NATOga a'zo bo'ldi. Bu bilan 1947-yilda imzolangan Parij tinchlik shartnomasi majburiyatlari o'z kuchini yo'qotdi. 1950-yilning 27-yanvarida AQSH bilan «Mudofaa maqsadlarida o'zaro yordam to'g'risida» bitim imzolandi. Mamlakat hududida AQSH harbiy bazasi qurildi. GFRning NATOga qabul qilinishini qo'llab-quwatladi.
1957-yilda Fransiya va GFR bilan «Qurol-yarog'larni standartlashtirish va yangi qurollarni yaratish yo'lida birgalikda harakat qilish to'g'risida» shartnoma imzoladi. Italiya Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining faol tash-kilotchilaridan biri bo'ldi. Bugungi kunda yuqorida nomlari sanab o'tilgan tashkilotlar ishida faol qatnashib kelmoqda.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish