О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet270/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Marokash va Tunis
Reja:

  1. Maroksh mustaqqilligini qo’lga kiritilishi;

  2. Marokashning Jazoir bilan munosabatlari;

  3. Tunisda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar;

  4. Tashqi siyosat.



Marokash Fransiya mustamlakasi edi. Marokash xalqining ozodlik kurashi uzoq davom etdi. Va,
nihoyat, 1956-yil 2-mart kuni Marokash mustaqilligi haqida deklaratsiya imzolandi. 5-aprelda Ispaniya Marokash mustaqilligini tan oldi. 1961-yilda Fransiya qo'shinlari mamlakatdan olib chiqib ketildi. AQSH harbiy bazasi ham tugatildi. 1962-yildan boshlab Marokash konstitutsiyaviy mo-narxiya davlatiga aylandi. Qirol Hasan II mamlakat yangi konstitutsiyasi-ni imzoladi.
Marokash arab xalqining Isroil agressiyasiga qarshi kurashini qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Ayni paytda uning Jazoir bilan munosabatlarida keskinlik ham mavjud. Bu keskinlik — G'arbiy Sahroi Kabir bilan bog'liq.
1975-yilda Marokash bu hududni bosib oldi. G'arbiy Sahroi Kabirda bir necha o'n yillardan beri separatchilik harakati davom etmoqda. Jazoir Respublikasi esa ana shu harakatni qowllab-quwatlamoqda. Tabiiyki, bu hoi Marokash — Jazoir munosabatlariga sovuqlik tushirmay qo'ymadi.
1999-yilda Hasan II vafotidan so'ng taxtni o'g'li Muhammad VI egalladi. Otasidan 30 mln. aholini boshqarishni, 200 ming armiyani meros qilib oldi. 50 foiz xalq savodsiz.
Tunis 1956 yilda mustaqillikka erishdi. 1957 yil iyulda monarхiya o’rnatildi va Tunis respublika deb e’lon qilindi. Faqat 1963 yil oktyabrda Frantsiya o’z harbiy-dengiz bazasini Bizertidan ko’chirdi va Tunis to’liq suveren bo’lib oldi.Tunis g’arbparastlik qarashlarini yoqlovchi yagona arab mamlakati. 1969 — va 1975 yillarda mamlakat hukumati EII bilan bitim tuzgan. Tunis, shuningdek, Arab davlatlari ligasi va 1989 yilda tashkil topgan Arab Mag’ribi Ittifoqi a’zosi sanaladi.Mustaqillikka erishgach, hokimiyatga mustamlaka davrida tashkil topgan Sotsialistik dastur (dastur arabchada — konstitutsiya) partiyasi (SDP) keldi. Uning vakili Хabib Burg’ib mustaqil Tunisning birinchi prezidenti eshb saylandi. Mamlakat hukumatining ichki siyosati «dastur sotsializmi» doktrinasi bo’lib qoldi. U iqtisodning davlat, kooperativ va хususiy sektorini birlashtirish hamda aholi barcha qatlamlarini birlashtiruvchi «sotsializm pakti» deb nom olgan doirada millat birligini mustaхkamlashni ko’zda tutadi.
Burg’ib Хabib ibn Atl (1903—1995) — Tunisning 1957 yildan 1987 yilgacha prezidenti. 1934 yildan Sotsialistik dastur partiyasini boshqargan. Mo’’tadil sotsialistik islohotlar tarafdori.
Dasturchilar programmasiga muvofiq 1969 yilda ilgari frantsuz mustamlakachilari va хususiy zamindorlariga tegishli davlat erlari sotila boshlandi (хususiylashtirildi). Tunisda mustaqil respublika tayanchi — mayda va o’rta er egalari paydo bo’ldi. 60-yillar o’rtalarida Tunis hukumati hukumat sanoat korхonalarini natsionalizatsiya qildi, biroq shu bilan birga 1974 yilda mshshiy burjuaziya va chet el sarmoyadorlariga muhim imtiyozlar va kafolatlar berildi.
Shunday bo’lsada, «ijtimoiy pakt» amalga oshmadi. Og’ir ijtimoiy muammolar хalq va hukumat qarama-qarshshshgini keltirib chiqardi. Ayniqsa, 1970 yilda keskin iqtisodiy siyosat yurgizgan yirik moliyachi Хodi Nuira bosh vazir etib saylangach, mamlakat ichki siyosati o’ta keskinlashdi.1978 yilning yanvarida kasaba uyushmalari yirik ish tashlashlar o’tkazdi va bu ayovsiz bostirildi. Zo’rlik yangi siyosiy kuchlarni keltirib chiqardi. 1981 yilda Islom oqimi harakati tashkil etildi va tez orada partiya (IOP) nomini oldi.1980 yilning fevralida Хodi Nuira vafot etgach, yangi bosh vazir Muhammad Mazali (1924 yilda tug’ilgan) liberal islohotlar bilan ahvolni o’nglashga urindi, biroq bu etarli naf bermadi. 1981 yilda SDP siyosiy plyuralizm tamoyilini e’lon qildi va noyabrda ko’ppartiyali demokratik saylovlar o’tkazildi. Hukumat ochiq kurashda g’alaba qozonsada, islom fundamentalistlari yana dinga qarshi ommaviy chiqishlarni boshlab yubordi.Harbiylar mamlakat siyosiy hayotini o’z nazorati ostiga olishga qaror qildi. M. Mazali bosh vazir lavozimidan ketishga majbur bo’ldi va uning o’rnini general Ben Ali (1926 yilda tushlgan) egalladi. 1987 yil 7 noyabrda u Burgibuni engib, mamlakat prezidentligiga saylandi. Ben Ali хalqaro majburiyatlarga sodiqdigini bildirdi va siyosiy plyuralizm asosida yo’nalish olib borish hamda demokratiyani mustaхkamlashga va’da berdi. 1988 yildan boshlab Demokratik konstitutsiyaviy birlashuv deb atala boshlagan partiya prezident siyosatini qo’llab-quvvatladi.
Shu yili mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi, u demokratik tamoyillar asosida tuzilgan edi. Barcha siyosiy partiyalar rahbarlari mamlakat rivojlanishining asosiy yo’nalishlari bilan kelishuv to’g’risida Milliy paktni imzoladi. 1993 yilda barcha siyosiy partiyalar ishtirokida parlament saylovlari o’tkazildi.Biroq mamlakatda ko’pdan kutilayotgan tinchlik o’rnatilmadi. Hukumat rejasini amalga oshirish islom fundamental guruхlari qarshiligi tufayli murakkablashmoqda.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish