О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus



Download 4 Mb.
bet205/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

Eron nefti uchun kurash
Ingliz-eron neft kompaniyasi (IENK) Buyuk Britaniya uchun katta ahamiyatga ega edi. Bu kompaniya 1933-yilda tashkil etilgan. Kompa­niya daromadining asosiy qismini Buyuk Britaniya olardi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng ham u bu kompaniyani saqlab qolishga zo'r berib urindi. Shu maqsadda Buyuk Britaniya 1949-yilda «Qo'shimcha shartnoma» deb ataluvchi shartnoma ishlab chiqdi. Unda kompaniya da-romadidan Eronga beriladigan ajratma miqdorini qisman oshirish ko'zda tutilgan edi. Eron xalqi qarshi chiqdi.
Buyuk Britaniya shu yo'l bilan IENKda o'z xo'jayinligini saqlat qolmoqchi bo'ldi. Biroq Eron hukumati uni rad etdi. 1951-yilning 15-martida esa mamlakat parlamenti IENKni milliylashtirish to'g'risida qaroi qabul qildi. 29-aprelda bosh vazir lavozimiga tayinlangan, Milliy front (Eron-ning chet davlatlarga iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaramligiga qarshi kurashuvchi kuchlar) rahbari M. Mossodiq bu qarorni bevosita amalga oshirishga kirishdi.
Buyuk Britaniya va AQSH har xil yo'llar bilan bunga to'sqinlik qildilar. Ular bu masalani xalqaro Gaaga sudida hal etmoqchi bo'ldilar. Biroq Eron hukumati bu sud vakolatini tan olmadi. Buyuk Britaniya endi BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qildi. Xavfsizlik Kengashi Eron neftini xalqaro kom-paniya ixtiyoriga berish to'g'risida qaror qabul qildi. Biroq Mossodiq bu qarorni rad etdi. U Eron nefti Eronning milliy boyligi ekanligini, uni mil­liylashtirish Eronning ichki ishi ekanligini ta'kidladi.
Bunga javoban Buyuk Britaniya Eronga nisbatan iqtisodiy qamal tashkil etdi. Eron hukumati esa Buyuk Britaniya bilan diplomatik munosabatlarini uzdi. Shoh boshchiligidagi ichki g'arbparast kuchlar Buyuk Britaniya va AQSH ning qo'llab-quvvatlashiga tayanib, 1953-yilning 19-avgustidadavlat to'ntarishi o'tkazdilar. Unga general Zohidiy rahbarlik qildi. Shoh uni bosh vazir etib tayinladi. Barcha siyosiy partiyalar, tashkilotlar, Mossodiq siyosatini qo'llab-quvvatlagan vaqtli matbuot nashrlari tor-mor etildi. Shu tariqa Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy o'z mavqeyini mustahkamlab oldi.
Yangi hukumat 1954-yilda Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma imzoladi. (Unda AQSH va Buyuk Britaniya neft kompaniyalari yetakchi mavqega ega edi.) Shartnomaga ko'ra, Eron nefti 25 yil muddat bilan (1979-yilgacha) shu konsorsium ixtiyoriga berildi. Konsorsiumning neft qazib chiqarishi yildan yilga o'sib bordi. Xususan, 1950-yilda u 32 mln tonnani tashkil etgan bo'lsa, 1961-yilga kelganda bu ko'rsatkich 57 mln tonnani tashkil etdi. Ayni paytda, Eron ham neft eksportidan katta daromad topa boshladi. 70-yillar o'rtalariga kelganda bu daromad 20 mlrd dollardan oshdi. Eron 1955-yilda Bag'dod paktiga (1959-yildan SENTO) a'zo bo'ldi. «Eyzenxauer doktrinasi»ni qo'llab-quvvatladi. 1959-yilda AQSH bilan shartnoma tuzib, unga deyarli qaram bo'lib qoldi. Budjetning 40 foizi harbiy maqsadlarga ketdi.
Oq inqilob 1955-yildagi qonun bilan Eronda 1000 dan ortiq turli firmalar ish ko'rar edi. Import eksportdan 5 baravar ortdi. Eron mahalliy sanoati sindi. Ko'plab korxonalar yopildi. Eron AQSHdan g'alla sotib oldi. Eron shohi mamlakat taraqqiyotini jadal sur'at-larda tezlatishga, og'ir iqtisodiy ahvoldan qutulishga va mamlakat hayotida g'arbga munosabatlarni qaror toptirishga, to'xtovsiz davom etayotgan norozi-lik to'lqinlarini bostirishga harakat qildi.
Shu maqsadda, 1963-yilning 23-vanvarida quyidagi 6 qonun loyihasi yuzasidan referendum o'tkazildi: 1. Yer islohoti. 2. O'rmonlarni milliylashtirish. 3. Yer islohotini moliyalashtirish uchun davlat zavod va fabrikalarini sotish. 4. Ish-chilarning korxona foydasidan ulush olishi. 5. Parlamentga saylov to'g'risidagi qonunga o'zgartirish kiritish. 6. Savod-sizlikka qarshi kurashish uchun «maorif korpusi» tuzish.
Shoh bu islohotlar ahamiyatini inqi-lobga tenglashtirdi va uni «oq inqilob» deb atadi. Sanoat ishlab chiqarishining yillik o'rtacha o'sish sur'ati 10—15 foizni tashkil etdi. Islohot natijasida Eron agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. Ayollarga erkaklar bilan teng saylov huquqi berildi. Hayotga Yevropacha tus berila boshladi. Mamlakat G'arb dunyosining bir qismiga aylandi. Biroq islohot xalqning turmush darajasini yaxshilamadi. Chunki Eron jamiyati agrar islohotga tayyor emas edi. Buning ustiga, islohot juda tez sur'atlar bilan o'tkazila boshladi. Aholining ongi esa buni o'ziga singdira olmadi. Chunki iqtisodiy islohot dastlab aholi turmush darajasini pasaytirib yuborishi tabiiydir. Bundan tashqari, islohot aholining ma'lum tabaqasini haddan tashqari boyitib yubordi. O'n millionlab odam-lar esa tobora kambag'allashdi. Jamiyatdagi bu o'zgarishlar aholi ko'z o'ngida islom an'analaridan, asrlar osha davom etib kelayotgan turmush tarzidan voz kechishdek gavdalandi. Xalq noroziligi kuchaydi. Xalqqa qarshi maxfiy politsiya (SAVAK) tashkil etildi. Uning yerto'lalarida 380 mingdan ortiq eronliklar yo'q qilindi. Bu hodisa G'arbcha tamoyillar asosida o'tkazila-yotgan islohotlarga boshdanoq qarshi bo'lgan ruhoniylarga qo'l keldi.
Diniy mutaassiblik aholi ongini chulg'ab olgan jamiyatda ruhoniylar-ning mavjud hukmron doiralarga qarshi turishi ular uchun juda katta xavf tug'dirar edi. Shoh hukumati muxolifat kuchlarga qarshi repressiyani kuchaytirdi. Bu hol shohga qarshi kurash harakatini vujudga keltirdi. Harakatni islomning shia oqimi ruhoniylari boshqardi. Ularning rahnamosi Eronning oliy diniy arbobi Oyatulio Ruhullo Musovi Xumayniy edi (1898— 1989). U ham shoh repressiyasiga duchor etilgan edi (1964-yil). Inqilob arafasida Parij shahrida yashardi.
Eron inqilobi. Eron aholisining juda katta qismi shohga qarshi kurashga qo'shildi. Armiyaning katta qismi shohni qo'llab-quvvatlamay qo'ydi. Natijada 1979-yilning 16-yanvaridashoh mam-lakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. 11-fevral kuni esa umumiy qo'zg'olon boshlandi, armiya ham qo'zg'olonchilar tomoniga o'tdi. Shu tariqa Eronda inqilob g'alaba qildi. Bu inqilob Islom inqilobi edi. 15-fevral kuni Oyatullo Xumayniy Tehronga qaytib keldi. U «Islom inqilobining rahnamosi» deb e'lon qilindi. Mamlakat ruhoniylari yangi hukumat tuzdilar.
1979-yilning 1-aprelida davlatning rasmiy nomi o'zgardi. Endi, u Eron Islom Respublikasi deb ataladigan bo'ldi.
Ayni paytda yangi konstitutsiya ham qabul qilindi. Konstitutsiya Oyatullo Xumayniyni umrbod mamlakatning oliy siyosiy va diniy rahbari deb e'lon qildi. Hatto mamlakat prezidenti ham unga bo'ysunar edi. 1979-yilda Tehronda AQSH diplomatlari garovga olindi va 1981-yil yanvarida Eron — AQSH bitimidan keyin ozod qilindi. 1980-yilda mamlakat prezidenti va parlamenti (majlis) saylandi. Diniy bo'lmagan hamda milliy partiyalar faoliyati taqiqlandi.
Garchand Eron ham ko'p millatli davlat bo'lsa-da, Oliy rahbariyat barcha musulmonlarning tengligini ro'kach qilib, mamlakatda milliy masala tan olinmasligini ta'kidladi. Shu tariqa yangi rahbariyat ichki siyosatda jamiyat va davlat hayotini toia islomlashtirish siyosatini yurita boshladi.
Ichki muxolifatni tugatish maqsadida Xumayniy «Islom madaniy inqilobi»ni e'lon qildi. Bu hol hukmron doiralar o'rtasida ham kelishmov-chilik keltirib chiqardi. Mamlakatning birinchi Prezidenti Banisadr Xumayniy atrofidagilarning ekstremistik harakatlariga qarshi chiqdi. Oxir-oqibatda u mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi.
Eron inqilobdan so`ng Oyatullo Xumayniy o'z hokimiyatini mustahkamlash uchun uning rejimiga qarshi chiqqanlarni qatag'on qilishni uyushtirdi. Natijada 1982—1984-yillar davomida 70 mingdan ortiq kishi o'ldirildi. Biroq jahon jamoatchiligi talabi Eron rahbariyatini o'z ichki siyosatini yumshatishga majbur etdi. 1989-yilda (Xumayniy vafotidan so'ng) mamlakat prezidentligiga saylan-gan Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniy (1934-yilda tug'ilgan) iqtisodiy islo-hot o'tkaza boshladi. Ayni paytda ijtimoiy hayotni liberallashtirish yo'lini tutdi.
Biroq bu yo'l katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bu, bir tomondan, 1980— 1988-yillarda davom etgan Eron — Iroq urushi oqibatida ko'rilgan katta iqtisodiy yo'qotish (350 mlrd dollar zarar ko'rildi, 700 ming eronlik o'ldi) bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, AQSHning Eronni xalqaro terro-rizm markazlaridan biri deb e'lon qilishi bilan bog'liq edi. AQSH Eron bilan savdo aloqalarini to'xtatib qo'ydi. Boshqa G'arb davlatlari esa Eronga ilg'or texnologiya kiritishni taqiqlab qo'yishdi.
Aholining ishlab chiqarish sur'atiga nisbatan tez ko'payishi, jahon bozorida neft narxining pasayishi, ayni paytda, Eronda neft ishlab chiqarishning 2 baravar kamayishi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday sharoitda, 1997-yil avgustida Muhammad Xotamiy mamlakat prezidentligiga saylandi. U shia ruhoniylarining yangi avlodiga mansub edi. U tashqi siyosatda AQSH va G'arbning boshqa davlatlari bilan munosabatlarni yumshatishga intildi.
Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantira boshladi. Rossiya Eronga kimyo sanoatini rivojlantirishda, atom elektr stansiyasi qurishda hamda armiyani zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirishda yordam bermoqda. Ayni paytda O'rta Osiyo Respublikalari bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanmoqda. 1996-yilda Mashhad (Eron) — Saraxs (Turkma-niston) temir yo'li qurilishini tugallashga muvaffaq bo'lindi. Buning natijasida O'rta Osiyo respublikalari Fors ko'rfaziga chiqish imkoniga ega bo'ldilar. Eron rahbariyati Afg'onistondagi voqealarga faol aralashib keldi. Uning bu aralashuvi Afg'onistondagi muxolifatchi kuchlardan biri — Shimoliy Alyans (Ittifoqi)ni qo'llab-quwatlashdan iborat bo'ldi. 2001-yilda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovida yana Muhammad Xotamiy g'alaba qozondi. Eronda jamiyat hayotini liberallashtirish siyosati davom etdi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish