О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi surxondaryo viloyati hokimligining о‘rta maxsus


-Mavzu: Ikkinchi jahon urushdan so`ng Yugoslaviya



Download 4 Mb.
bet158/356
Sana30.04.2022
Hajmi4 Mb.
#596191
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   356
Bog'liq
jahon tarixi 3-kurs majmua

5-Mavzu: Ikkinchi jahon urushdan so`ng Yugoslaviya
Sotsialistik Federativ Respublikasi.
Reja:
1. Yugoslaviyada Kommunistik partiyalarning hokimiyat tepasiga kelishi
2. Yugoslaviyaning ichki va tashqi siyosati

Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi deb e'lon qilindi. 1945-yil avgustida agrar islohot e'lon qilindi. Eng ko'p yer 25—35 gektar deb belgilandi. Traktorsozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, qora va rangli metallurgiyani rivojlantirish uchun choralar ko'rildi. Lekin qishloq xo'jaligida ahvol og'ir edi. Dehqon mehnat kooperativlari 50 foizgacha dehqonlarni birlashtirdi.


1953-yil yanvarda mamlakatda prezidentlik lavozimi joriy etildi va 1. Broz Tito bu lavozimni ham egalladi. 1957—1965-yillarda sanoat 7,5 foizga o'sdi. Sotsialistik sektorda 29 foiz haydaladigan yer to'plandi.
I. Broz Tito Yugoslaviyani buyuk davlatga aylantirish, Bolqon federat-siyasini tuzish, Albaniya hududida o'z qo'shinlarini joylashtirishga harakat qildi. Bu narsa Moskvaga yoqmadi. Natijada kelishmovchilik paydo bo'ldi. 1949-yilda aloqalar uzildi. 1953-yilda, Stalin vafotidan keyingina ikki o'rtada diplomatik munosabatlar tiklandi.
Ko'rilgan choralar natijasida 50-yillar oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi davrdagidan 3 baravar, qishloq xo'jaligi 40 foiz o'sdi. 1965-yilda yangi islohotlar boshlandi. 1971-yilda 60 foiz traktorlar xususiy xo'jaliklar qo'lida edi. Ishchilar vaqtincha chet elga ketib ishlab, mamlakat moliyasiga katta yordam berdilar. 1971-yilda 1 mln dan ortiq yugoslavlar rivojlangan davlatlarda ishladilar.
70-yillarga kelib ahvol murakkablashdi. Millatchilar bosh ko'tardi. 1974-yilda ittifoqdosh respublikalar huquqlarini cheklaydigan konstitutsiya qabul qilindi. O'sha yili may oyida I. Broz Tito cheklanmagan muddatga prezident qilib saylandi. Lekin iqtisodiyot og'irlashib bordi. Chet eldan mamlakat 40 mlrd dollar qarzdor bo'lib qoldi.
1980-yil 4-mayda I. Broz Tito 88 yoshida vafot etdi. Bu davrda sanoatning 8 foizi, savdoning 59 foizi, qishloq xo'jaligining 76 foizi xususiylashtirilgan edi. 80-yillarga kelib yalpi ichki mahsulotning o'sishi 70-yillarga nisbatan 4 marta kam bo'ldi.
Bu davrga kelib Yugoslaviyaning parchalanishi boshlandi. 1991-yil iyunida Xorvatiya, Sloveniya va Makedoniya mustaqil respublika deb e'lon qilindi. 1992-yil yanvarida Bosniya va Gersogovina mustaqil davlat bo'lib qoldi.
1989-yildan Prezidentlik lavozimida ishlayotgan S. Miloshevich mamlakat yagonaligini saqlab qololmadi. 1990-yil oxirida u faqat Serbiya Prezidenti bo'lib qoldi. 1991-yilda Serbiya va Chernogoriya o'z federat-siyalarini Yugoslaviya Respublikasi lttifoqi (YURI) deb atadi (1997-yildan S. Miloshevich prezident bo'ldi).
1991-yilda Xorvatiyada F. Tujman (u 1999-yilda vafot etgach S. Misich), 1990-yildan Bosniya va Gersegovinada A. Izetbegovich, 1997-yildan Sloveniyada M. Kuchan hukumat rahbarligida ishlab keldilar. S. Miloshevich

Xorvatiya, Bosniya va Gersegovinaga qo'shin kiritdi. 5 ming kishi o'ldirildi, 500 ming kishi qochoqqa aylandi. Yugoslaviyadagi bu voqealardan keyin 10 ming kishi Vengriyaga qochib o'tdi. O'n minglab kishilar G'arbiy Yevropa davlatlariga ketdi.


YURI ning keyingi rivojlanishidagi murakkab vaziyat Miloshevich-ning Kosovodagi siyosati natijasi boidi. U yerda 1990-yilga kelib alban millatiga mansub bo'lmagan aholi atigi 10% ni tashkil qilardi. Ko'p-chilikni tashkil etgan albanlar keng muxtoriyatni talab qildi va o'lka huquqlarini cheklashga javoban o'z parlamentini sayladi. Bu parlament esa Kosovo Respublikasi mustaqilligini e'lon qildi, konstitutsiyani qabul qildi va prezident saylandi. Serbiyaning bu respublikaga qurolli kuchlar yordamida barham berishga bo'lgan urinishi Kosovoning qurollangan otryadlariga to'qnash keldi.
Serbiya qo'shinlarining Kosovoga bostirib kirishiga albanlar partizanlik urushi bilan javob qaytarishdi. Urush qurbonlar va qochoqlar sonini oshirdi. Bu urush va S. Miloshevichning kosovoliklar bilan muzokara olib borishdan bosh tortishi BMT, YEXHT, NATO kabi xalqaro tashkilotlarning va yirik mamlakatlarning aralashuviga sabab bo'ldi. Rossiya Federatsiyasi e'tirozlariga qaramasdan, NATO 1998-yilda Serbiyani bombardimon qildi.
Buyuk davlatlar Kosovoning Serbiya tarkibida ekanligini tan olib, Kosovodagi fuqaro va etnoslarning huquq va erkinliklarini himoya qilgan holda, Yevropadagi bu urush o'chog'ini yo'q qilishga intilmoqda, ammo alban separatistlari Buyuk Albaniyani tuzish uchun qurolli kurashni to'xtatmayaptilar.
Serbiyaning bombardimon qilinishi va unga qarashli qo'shinlarining Ko-sovodan chiqarilishidan so'ng YURI qiyin vaziyatda qoldi. Serbiyada taraqqiyot yo'lini o'zgartirish va S. Miloshevichning iste'foga chiqishini talab etuvchi chaqiriqlar faollashdi.Faqat 2000-yildagina Serbiyada demokratik kuchlar birlashishga muvaffaq bo'lishdi va federal prezident saylovlarida Miloshevich magiubiyatga uchradi. Hukumat saylovlarni bekor qilishga urindi, ammo oktabr oyida qo'zg'olon darajasiga yetgan xalq chiqishlari Miloshevichni iste'foga ketishga majburetdi va mamlakat prezidentligiga demokratik kuchlar yetakchisi V. Koshtunitsa saylandi. S. Miloshevichning Yugoslaviyadagi xunrezliklari uchun Gaaga xalqaro tribunali 2001-yilda Lining ustidan sud boshladi va u qamoqda vafot etdi.YUSFRning mustaqil davlatlarga aylangan sobiq respublikalarining taqdiri ana shunday turlicha bo'ldi. YUSFRdagi sotsializm original modelining qulashi kommunizm prinsiplari noto'g'riligini bildirsa, respublikalar taraqqiyoti liberalizmning jozibadorligini anglatadi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish