O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/96
Sana04.03.2022
Hajmi5,19 Mb.
#482696
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
qishloq xojaligi mashinalari 2

IV
Bob bo yicha xulosalar 
(ularni eslab qoling) 
 
1.
Respublikamiz iqtisodiyotining negizi bo‘lgan dehqonchilik 
mahsulotlarini ko‘paytirishda eng muhim o‘rinlardan birini 
seyalkalar egallab, ulardan to‘g‘ri foydalanilsa, ekinlardan yuqori 
hosil olishga zamin yaratish mumkin. 
2.
Dehqonchilikda yetishtiriladigan ekinlar turli texnologiyalar 
asosida parvarishlanishi sababli, ularni ekish ham bir necha 
usullarda bajariladi. Ekin ekishni ta’minlaydigan seyalkalar ham 
ko‘p turlarga bo‘linadi. 
3.
Urug‘ni seyalka bilan dala yuzasi bo‘ylab joylashtirish tartibi 
unib chiqadigan o‘simliklarni oziqlantirish va rivojlantirish uchun 
yetarli sharoit tug‘dirish nuqtayi nazaridan qabul qilinadi. 
4.
Ekilayotgan urug‘ni seyalka ma’lum me’yorda ajratib olishi, 
ularni dala yuzasi bo‘ylab bir tekis taqsimlab joylashtirishi, tuproq 
holati va urug‘ xossasiga qarab qulay chuqurlikda zich ko‘mib 
ketishi kerak. Seyalkaning ishchi qismlari urug‘ni deyarli 
shikastlantirmaydigandek qilib yasalishi kerak. 
5.
G‘altaksimon miqdorlagich deyarli hamma turdagi ekinlar 
urug‘ini belgilangan me’yorda yetarli darajadagi aniqlikda ajratib 
bera oladi. 
6.
Urug‘ sarfini keskin kamaytirish uchun uni donalab, yaxshisi 
bir uyaga aniq sanab ekish talab qilinadi. Bunday talabga 
disksimon miqdorlagichning ishi to‘liq javob beradi. 


135 
7.
Urug‘larni shikastlantirmasligi uchun g‘altaksimon va 
disksimon miqdorlagichlarning ta’sir tezligi cheklangan bo‘ladi. 
Shu sababli, katta tezlikda ishlaydigan seyalkalarda bunday 
miqdorlagichlardan foylanish cheklangan. 
8.
Pnevmatik miqdorlagichlar urug‘ni deyarli shikastlantirmay, 
seyalkaning katta tezlikdagi ishida ham yetarli urug‘ miqdorini 
ajratib ulgurish imkoniyatiga ega. 
9.
Seyalka ekkichning turi urug‘ ko‘miladigan tuproq holatiga 
qarab tanlanadi. Ekkich tuproqning namligi yetarli qatlamida 
urug‘ni joylashtirish uchun qulay bo‘lgan joy tayyorlanadi. 
10.
Chigit seyalkalarga o‘rnatilgan sirpang‘ichli ekkich murak-
kab hisoblanadi, ammo u chigit uchun qulay joyni tilib, tubini 
zichlab tayyorladi va u yerga chigit to‘liq joylashib ulgurganicha 
tuproqni tushirmasdan turadi. Bunday ekkichlarning ko‘mish 
chuqurligi o‘zgaruvchanligi oz bo‘ladi, ammo serkesak yerda 
sifatli ishlay olmaydi. 
11.
Urug‘ni dala yuzasi bo‘ylab bir tekis taqsimlab joylash-
tirish maqsadida seyalkalarning hamma miqdorlagichlari bir xil 
urug‘ ajratadigan tarzda sozlanadi. 
12.
Modulli chigit seyalkasini turli kenglikdagi qator 
oraliqlariga moslash imkoniyati bo‘lib, u makkajo‘xori, sorgo va 
boshqa ekin urug‘larini eka oladi. 
13.
Seyalka iztortkichining uzunligi tutash qatorlar oralig‘i 
oddiy qatorlar oralig‘iga teng chiqadigan tarzda sozlanadi. 
14.
Plyonka ostiga urug‘ ekish usuli yetarli haroratgacha qizib 
ulgurmagan tuproqning tez isishiga olib keladi. Natijada, urug‘ 
erta bahorda ekiladi, tuproqning tabiiy namligi hisobiga u unib 
ulguradi. Kuzda esa hosil erta pishib yetiladi. 
15.
Plyonka ostiga chigit ekishda plyonkani mayin holatga 
keltirilib tekislangan yerga yoyib, ikki chetini tuproq bilan zich 
ko‘mish talab qilinadi. 

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish