4-§. IX-X ASRLAR MUSIQA MADANIYATI
(Somoniylar davri)
Musiqiy-nazariy meros. iX asrdan boshlab o‘rta osiyo
xalqlarining bosqinchijar zulmidan ozod bo‘lishi tufayli
hokimiyat somoniylar qo‘liga o‘tdi. o‘rta osiyoda rivojlanish
20
muqanna — arab xalifaligi davrida xalq qo‘zg‘oloni yo‘lboshchisi (oq
kiyimlilar - xalq harakatining yetakchisi).
16
davri boshlandi. Hokimiyatda katta o‘zgarishlar bo‘lib feodalizm
davri boshlandi. shaharlar o‘sdi, uylar barpo etildi. Bozor, savdo
rivojlandi. iqtisod rivojlanishi bilan birgalikda adabiyot, san’at,
madaniyat sohalarida ham katta o‘zgarishlar qayd qilindi.
Bu davrda ajoyib olim-mutafakkirlar muhammad muso al
Xorazmiy, abu Nasr al-Forobiy, ibn sino, ahmad Faig‘oniy, abu
Rayxon Beraniy, shoir, sharq klassik adabiyotining asoschisi
abu abdullo Rudakiy, abulqosim Firdavsiy va boshqalar yashab
ijod qildilar.
somoniylar davlatida madaniyat va san’atning
rivojlanishining boisi o‘sha davrda Buxoro shahriga barcha
mashhur va iste’dodli shoir, hofiz, olimlar, musiqachi va
raqqoslarni somoniylar sarvari ismoil somoniy da’vat qilib,
barcha madaniy va san’at ahliga ijod uchun sharoit yaratib
berdi. Albatta, barcha shoir va hofizlar san’at ahli shoh saroyida
yashab ko‘proq hukmron shaxslar va saroy ahlini maqtaydigan
asarlar yarata boshladilar
21
. Tez orada Buxoro shahri madaniyat
va san’at markaziga aylandi. o‘sha davrda saroy shoirlari va
musiqachilari ijodida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. qasida
janrining rivojlanganligi va uning muqaddima qismi nasib
22
dan
mustaqil musiqiy poetik janr g‘azal
23
tug‘ilishi somoniylar
davlatida madaniyat va san’at yanada rivojlanganidan darak
beradi.
21
qasida (arabcha, niyat qilmoq ma’nosini bildiradi ) - sharq mumtoz
adabiyotidagi she’riy janrlaridan bin. qasida biror shaxsning madhiga
bag*ishlangan. o‘zbek mumtoz qasidalari arab va fors qasidachiligi zamin-
ida yuzaga kelgan, uning ilk namunalari “devonu-lug‘at-it turk” da uchray-
di. o‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.-T.: 2005,10-bob, - 613-b.
22
Nasib (qasidaning muqaddima qismiga aytiladi o‘zbekiston milliy ensik-
lopediyasi.-T.: 2005. 10-bob,- 613-b.
23
G‘azal — (arabcha, sevish, oshiq bo*lish ma’nolarini bildiradi) 1. sharq
adabiyotida eng keng tarqalgan link janr. G‘azal atamasi 6-7 asrlarda arab
she’riyatida paydo bo‘lgan. musiqiy poetik janr. 2. sharq madaniyatida
keng o‘rin olgan mumtoz musiqa janri. o‘zbekiston milliy ensiklopediya-
si.-T.: 2005.11-bob,-214-b.
17
somoniylar davlatida yana bir holatni aytib o‘tish joiz, ya’ni
ilm-fan uch yo‘nalishda rivojlangan:
1.
diniy-mifologik.
2.
Tabiiy ilm.
3.
Tasavvuf yo‘nalishi.
mana shu uch yo‘nalishda olim mutafakkirlar ijod qilib
kelgan. masalan, al-Kindiy, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy o‘z
asarlarini dimy-mifologik yo‘nalishda bayon etgan. ibn sino va
al-Farg‘oniy esa tabiiy ilm sohasida ko‘p asarlarini yaratishgan
va deyarli barcha olim, shoir va musiqachilar o‘z asarlarida
tasavvuf yo‘nalishi mayjud edi.
qasida va g‘azal kuychisi shoir a.Rudakiy xalq orasida tez
shuhrat qozonib, Uning asarlarida o‘sha davrga xos maqtov
va sharaflanishdan tashqari ko‘proq erkin mavzular bo‘lgan.
Rudakiyning she’riy misralari insonlar qalbidan chuqur joy
olganligi ko‘p asarlarda zikr etilgan
24
.
somoniylar davlatida qadimgi epik afsonalar, qahramonlik
dostonlari vujudga keldi. “shohnoma” asarining muallifi
a.Firdavsiy o‘z asarida aynan shu janrlarga murojaat etib,
o‘z zamonida va undan oldingi zamonlarda yashab o‘zining
shijoatlari bilan qahramonlik ko‘rsatgan bahodirlar to‘g‘risida
ma’lumot beradi. asarda saroy hayoti o‘tkaziladigan barcha
tadbirlar, ziyofatlar, o‘sha tadbirlarda yangragan musiqa asarlari
va cholg‘u asboblari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. shuning
uchun bu asar o‘rta osiyo xalqlarining ensiklopedik asari
hisoblanadi.
o‘rta osiyo musiqiy, nazariy ilmi aynan iX asrdan boshlab
rivojlandi. shu yillardan boshlab musiqa haqida risolalar paydo
bo‘lib unda falsafiy-estetik qarashlar, matematik va astronomik
yondashish, musiqa asboblari to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar
beriladi. ayniqsa o‘sha davrda yaratilgan Forobiyning “Kitob-
24
o‘z saroyini tashlab ketgan shohning Rudakiy misralari orqali Buxoroga
qaytib kelishi shunday dalolat beradi.
18
ul-musiqaul-kabir”, ibn sinoning “Kitob-ush-shifo”, “Kitob-un-
najot”, “Donishnoma” kabi asarlari fikrimizning isbotidir. Musiqa
bilan she’riy vaznning bog‘lanishi, ovozlarning munosabati,
ritm haqidagi ta’limotlar Forobiy va sino asarlarida yaqqol
ko‘rsatilgan. albatta, aytib o‘tish joizki, sharq musiqasining
ta’limoti yunon olimlari aristotel, Gipokrat, Pifagor, aristoksin
kabi yirik mutafakkirlarning qarashlari bilan mushtarakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |