Bu ko‘rsatkich banklarga qo‘yilgan depozit qay darajada barqaror ekanligini aniqlab, bank faoliyatiga baho berishda yordam beradi.
L4 koeffitsiyent 75 % yuqori bo‘lishi lozim.
Ko‘pgina mamlakatlarda likvidlilik ko‘rsatkichlari tijorat banklari balansining aktiv va passiv qismini tahlil qilish asosida baholanadi.
Fransiyada tijorat banklarining likvidliligini baholashda ish- latiladigan koeffitsiyentlari umumiy talab qilib olingunga qadar
muddatli depozitlaming (3 oygacha bo‘lgani) va boshqa resurslar- ning aktivlarga nisbati bilan aniqlanadi. U yerda bu koeffitsiyent- ning hisoboti nazorat organlariga har kvartalda taqdim etiladi. Bu koeffitsiyent 60 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tijorat banklari likvidliligini boshqarish.Yuqorida aytilganidek, likvidlikni boshqarishni bajarish masalasi, talab etiladigan darajasi ushlab turilishi uchun tijorat banki mustaqil ravishda o‘zining fao- liyati va talablariga amal qilishi hamma tarmoqlardagi iqtisodiy asos- langan siyosatni o‘tkazishi lozim.
Bu maqsadlarda tijorat banki doimo o‘z kapitalini oshirib borishi boshqa korxonalar va tashkilotlardan jalb etilgan mablag‘ va o‘z mablag‘lari o‘rtasidan optimal nisbatni ta’minlashi, bankning oboro- tida bo‘lgan uzoq muddatli «ishonchli» va «arzon» kredit resurslarini shakllantirishga intilishi kerak. Kredit siyosatini to‘g‘ri ishlab chiqish, kredit resurslarini foyda keltiradigan sohalarga qo‘yishi, resurslarni jalb etishda kredit qo‘yilmalar hajmi va ularni muddatiga e’tibor berish, likvid aktivlarning hajmini oshirish bilan bank aktivlarining optimal strukturani shakllantirishiga erishish lozim. Shuningdek, hissadorlarning qonuniy talablarini bajarishga tayyor bo‘lishi uchun shu mablag‘larning keragidan ortiqcha xarajat qilishiga yo‘l qo‘ymas- ligi orqali, bankning daromad va foydasini oshirishiga intilish zarur.
Bank likvidliligini boshqarish nazariyalari tijorat banklarining tashkil etilishi bilan bir vaqtda paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda to‘rtta asosiy nazariyalar farqlanadi: Tijorat ssudalari nazariyasi.
Joydan joyga (aktivlarni) ko‘chirish nazariyasi.
Kutiladigan daromad nazariyasi.
Passivlarni boshqarish nazariyasi.
Birinchi uch nazariya bevosita aktivlarni boshqarish nazariyasi bilan bog‘liq. Bank amaliyotida yuqoridagi nazariyalarning barchasi qo‘llaniladi, lekin har xil banklarda ularning biriga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Likvidlik holatini boshqarishda ikki yo‘nalishni ajratishimiz mumkin: