Markaziy bank — kredit lizimining bosh banki bo‘lib, mam- lakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.
Birinchi Markaziy banklar bundan qariyb uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668-yilda tashkil qilingan shved Riks Jiro banki, 1694-yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir.
Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan, XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko‘rsata boshlagan.
Banklar paydo bo‘lishining boshlang‘ich davrlarida ular markaziy (emissiya) yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya’ni banklar o‘rtasida hozirgidek bo‘linish bo‘lmagan. Bank ishi rivojlanishining birinchi bosqichlarida taraqqiy etgan mamlakat- larda tijorat banklari kapitallarni yig‘ish maqsadida muomalaga banknotalar chiqargan. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chiqarish yirik tijorat banklari qo‘liga o‘ta borgan va keyinchalik biron yirik bank ix- tiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank, keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy bank kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituti sifatida namoyon bo‘ladi.
Jahon amaliyotida markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo‘li mavjud. Birinchi yo‘l — bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida, ularni milliylashtirish yo‘li bilan Markaziy banklarning tashkil qilinishi. Bunga misol qilib, Angliya bankini (1844-yil), Fransiya bankini (1848-yil), Ispaniya banki (1874-yil), Germaniya Reyxsbanki (1875-yil), Italiyada (1893-yil), Ispaniyada (1874-yil) mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko‘rsatishga moslashganligini keltirish mumkin.
Ikkinchi yo‘l tashkil qilingandayoq Markaziy bank — emission markaz sifatida qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AQSHning Federal banklari, 1913-yillarda ko‘pgina Lotin Ameri- kasi mamlakatlarida tashkil qilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin.
AQSHda Markaziy bank funksiyasini 12 ta Federal Zaxira bank- laridan iborat Federal Zaxira tizimi bajaradi. Federal Zaxira bank- lar aksiyador banklar bo‘lib, bu banklaming aksiyadorlari sifa- tida milliy tijorat banklari faoliyat ko‘rsatadi. Tijorat banklar aksiyador sifatida dividend olishadi. Markaziy banklar ijrochi tashkilot- lar ta’sirisiz o‘z faoliyatini olib borishi kerak.
Jahonda o‘z faoliyatini olib borishda eng mustaqil bo‘lgan bank- lardan biri bu «Nemis Federal banki» va «Bundes bank» hisobla- nadi. Ba’zi bir davlatlarda Markaziy bank Parlamentga hisobot be- radi. Ko‘pgina hollarda Markaziy banklar o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lsa-da, shu bilan birga, davlat banki hisoblanadi.
Markaziy bank quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
banknotalar (naqd pullar) emissiyasi;
davlatning oltin-valuta zaxiralarini saqlash;
pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodiyotni muvofiqlashtirish;
kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatish;
to‘lov-hisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish; • valuta kursini muvofiqlashtirish.
Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga chi- qarish funksiyasi Markaziy banklarning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi va bu sohada monopol huquqqa ega. Kredit pullar Markaziy bank tomonidan qonunda belgilangan ravishda chiqari- ladi va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan pullarning qaytib bankka kelib tushishi choralarini ishlab chiqishi zarur. Davlatning oltin-valuta zaxiralarini boshqarish funksiyasi
Markaziy bank davlatning oltin, qimmatbaho metall va valuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valuta zaxiralari xalqaro hisob-kitoblarda aktivlar zaxirasi, hisob-kitoblar bo‘yicha davlatning kafolatli sug‘urta fondi sifatida namoyon bo‘ladi. Odat- da, mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo‘ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zaxiralari Moliya vazirligi ixtiyorida bo‘lib, Markaziy bank oltin bilan bog‘liq opera- tsiyalarni olib boradi.
Markaziy banklar mamlakat valuta zaxiralarini o‘zida yig‘adi va bu zaxiralarni xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, to‘lov balansi taqchilligini qoplash va mamlakat milliy valutasi kursining barqarorligini ta’minlash uchun ishlatadi.
Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniq- rog‘i, davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bank- ning pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosati- ning bir qismi bo‘lib, muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasi, boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan chora- tadbirlar yig‘indisidan tashkil topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valuta barqarorligini ta’minlash, valuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o‘rnatish asosida inflatsiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosati ikki yo‘nalishda olib borilishi mumkin. Birin- chi yo‘nalish — kredit ekspansiyasi bo‘lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag‘batlantirish yo‘li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketgan holda, konyunkturada rivojla- nishga erishish mumkin. Ikkinchi yo‘nalish — kredit restruksiya siyosati bo‘lib, u iqtisodiy o‘sish davrida pul-kredit emissiyasi- ning qisqarishiga asoslanadi. Markaziy bank «tor» va «keng» ma’noda pul-kredit siyosatini olib borishi mumkin. «Tor» siyosatda valuta bozorida investitsiya, hisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yor- damida valuta kursi maqbulliligiga erishish tushuniladi. «Keng» siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflatsiyaga qarshi kurash olib borish tushuniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jihatlari valuta kursi, valuta zaxiralari va to‘lov balansi kabi masalalarning yechimiga qaratilgan bo‘ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy instrument- lari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
minimal majburiy zaxira me’yorlarini o‘rnatish;
foiz (diskont) siyosati;
tijorat banklarini qayta moliyalashtirish, ochiq bozor siyosati;
targetirlash va boshqalar.
Muomaladagi pul massasining hajmi, banklarning likvidlili- gini muvofiqlashtirish va inflatsiya sur’atlarini tushirish maqsa- dida Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy zaxiralar me’yorini o‘matib berish siyosatini amalga oshiradi. Pul muoma- lasini muvofiqlashtirishning bu usuli birinchi bo‘lib 1913-yilda AQSHda qo‘llanilgan. Minimal zaxiralar — bu tijorat banklari re- surslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur bo‘lgan qismidir. Majburiy zaxira miqdori tijorat bankining chetdan jalb qilingan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Bu zaxira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasa-da, ularning minimal likvidliligini ta’minlash omili bo‘lishi mumkin.
Minimal zaxira me’yori jamg‘arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashish o‘rniga bog‘liq bo‘lgan holda turli mam- lakatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Mavjud manbalar shuni ko‘rsatadi, masalan, Yaponiyada minimal zaxiralar stavkasi 2,5 % ni, AQSHda — 12 % ni, Germaniyada — 12,1 % ni, Portugaliyada — 17 % ni, O‘zbekistonda — 15 % ni milliy valutada va xorijiy valutada tashkil qiladi.
Markaziy bank tomonidan zaxira miqdori ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
Markaziy bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki, u tijorat banklardan veksellarni sotib oladi. Aytaylik, mol sotib oluvchi korxonaning yetkazib berilgan mol (tovar, xiz- mat va h.k.)larning haqini to‘lash uchun mablag‘i yetarli bo‘lmasa, u tovar uchun to‘lovni ma’lum vaqt o‘tgandan keyin amalga oshi- rishi to‘g‘risida veksel berishi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag‘lari zarur bo‘lgan vaqtda, u vekselni tijorat bankiga sotishi mumkin. Tijorat banki vekselni sotib olganda, unda ko‘rsatilgan summadan kam summaga (ma’lum foiz ushlab qol- gan holda) sotib oladi.
Zarur bo‘lganda, tijorat banki vekselni Markaziy bankda hisobga qo‘yishi mumkin. Bu holda Markaziy bank ham o‘z foydasiga ma’lum foiz — hisob stavkasi ushlab qolishi mumkin. Markaziy bankning hisob stavkasi turli davlatlarda har xil — 5 % dan 15 % gacha bo‘lishi mumkin. Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy bankning hisob stavkasiga tayanadi. Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklari o‘rnatadigan hisob stavkasining eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda, tijorat banklarining hisob stavkasi Markaziy bankning hisob stavkasidan yuqori (0,5 % dan 2 % gacha) bo‘ladi.
Tijorat banklarining qayta moliyalashtirish siyosati to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatli qog‘ozlarni garovga olgan holda kreditlar berish va kredit auksionlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqqan holda Marka- ziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usul- larda olib borilishi mumkin:
tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li bilan kreditlash;
tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi. Ularning foiz stavkalari lombardli foiz stavkalar deb yuri- tiladi. Jahon amaliyotida lombard bo‘yicha foiz stavkasi doimo hisob stavkasidan 1—2 % yuqori bo‘ladi;
to‘g‘ridan to‘g‘ri kredit berish usuli. Kredit tashkilotlari faoliya- tida moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan hollarda ular Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va Markaziy bank kreditidan foydalanishi mumkin. Qayta moliyalashtirishning asosiy maqsadi pul muomalasi va kredit munosabatlarining holatiga ta’sir ko‘r- satishdan iborat. Qayta moliyalashtirish siyosatini olib bora turib, Markaziy bank oxirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank o‘rnatgan qoidalarga asosan, quyidagi aktivlarni garovga olgan holda 3 oygacha bo‘lgan muddatda kreditlar berishi mumkin:
oltin, chet el valutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valuta boyliklari va boshqa boyliklar;
davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolat- langan boshqa qarz vositalari.
Ochiq bozor siyosati deganda, Markaziy bankning ochiq bo- zorda qimmatli qog‘ozlarni o‘z hisobidan sotib olishi va sotishi tushuniladi. Markaziy bankning ochiq bozor siyosati, asosan, xazina majburiyatlarini, sanoat kompaniyalari va banklarning obligatsiyalarini, Markaziy bankda hisobga olingan tijorat veksel- larini sotish va sotib olish orqali amalga oshiriladi. Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali bank tizimining va alohida olingan tijorat banklarining o‘z zaxiralari miqdori oshirilishi (agar qimmatli qog‘ozlar sotib olinsa) yoki kamaytirilishi (agar qimmatli qog‘ozlar sotilsa) mumkin. Ochiq bozor siyosati orqali Markaziy bank kredit bahosining o‘zgarishiga erishishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, pulga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga olib keladi. Odat- da, Markaziy bank bu siyosat orqali ortiqcha pullarni muomala- dan oladi va pul muomalasini muvofiqlashtirish bo‘yicha aktiv pul-kredit siyosati olib boradi.
Jahon amaliyotida Markaziy bankning ochiq bozor siyosatida asosiy o‘rinni davlatning qisqa muddatli majburiyatlari bilan bo‘ladigan operatsiyalari egallaydi. Bu faoliyat AQSHda, Germa- niyada yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, Germaniyada Federal bank pul-valuta siyosatini tartibga solish uchun ochiq bo- zorda quyidagi qimmatli qog‘ozlarni bozor stavkasida sotishi va sotib olishi mumkin:
Federal bank bilan bitim shartlariga yarovchi veksellar;
Federal bank tomonidan loyiq deb topilgan boshqa qarz maj- buriyatlari.
Federal bank ochiq bozorda qarz majburiyatlarini emitentning o‘zidan sotib ololmaydi. Bu holda shartnoma ochiq bozor siyosati emas, aksincha, kreditlash bo‘lib qoladi.
NAZORAT SAVOLLARI «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 25-moddasiga asosan, Markaziy bank o‘zi chiqargan qimmatli qog‘ozlarni, shuningdek, qarz majburiyatlarini ochiq bozorda sotishi va sotib olishi mumkin. Markaziy bank budjetni moliyalashtirish uchun ochiq bozorda operatsiyalar olib borish, qimmatli qog‘ozlarni birinchi joylashtirishda ularni sotib olishga haqli emas. Banklar ilk davrda qanday vazifalarni bajargan?
Bank tizimining rivojlanish bosqichlari haqida nimani bilasiz?
Kredit tizimi deganda nimani tushunasiz?
Maxsus moliya-kredit institutlariga nimalar kiradi?
IX bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMI VA UNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI O‘zbekistonda zamonaviy bank tizimining tashkil qilinishi