O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet15/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

ikkinchi nusxasi bank bo‘limining muhri tushirilgan, bank mas’ul ijrochisining imzosi, to‘lov amalga oshirilgan sana va top- shiriqnomani qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda to‘lovchi kor- xona vakiliga beriladi.

To‘lov topshirig‘ida quyidagi rekvizitlar ko‘rsatilishi lozim:

  1. to‘lov topshirig‘ining nomi va raqami;

  2. to‘lov topshirig‘i to‘ldirilgan sana, ya’ni kun, oy va yil;

  1. to‘lovchining nomi, to‘lovchi bankining nomi va kodi;

  2. to‘lovchining hisobvaraq raqami va identifikatsiya kodi;

  3. mablag‘larni oluvchi korxona nomi, unga xizmat ko‘rsa- tuvchi bank nomi va kodi;

  4. mablag‘ oluvchining hisobvaraq raqami;

  5. to‘lovlarning summasi raqam va yozuvlarda ko‘rsatiladi;

  6. to‘lovning maqsadi.

To‘lov topshirig‘ining barcha rekvizitlari to‘ldirilgandan so‘ng, topshiriqnomaning alohida ajratilgan pastki qismiga to‘lovchi kor­xona rahbari va bosh buxgalterining imzosi hamda muhri qo‘yi- ladi. Ushbu muhr va imzolar to‘lov toshirig‘ining faqat birinchi asl nusxasiga qo‘yiladi.

Korxonalardan hujjatlar qabul qilish, shartnomada boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bunda operatsion kun davomida bank tomonidan korxonalardan olingan hujjatlar shu kunning o‘zida ijro qilinadi. Agar to‘lov topshirig‘i to‘liq rasmiylashtirilib, uni to‘lashga yetarli pul mablag‘lari bo‘lsa, mas’ul ijrochi topshiriqnomadagi barcha ma’lumotlarni dasturiy yo‘l bilan kompyuter orqali bankning elektron to‘lovlarini amalga oshiruvchi hisoblash markaziga o‘tkazadi. Ertasi kuni ertalabdan kechikmagan muddatda bank balansi chiqarilgandan keyin huj- jatning birinchi nusxasi bankning kundalik yig‘ma jildiga tikiladi va belgilangan tartibda avval joriy arxivga, bir yil o‘tgandan so‘ng umumiy bank arxiviga topshiriladi. To‘lov topshiriqnomasining ik- kinchi nusxasi esa mijozning hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan bir- galikda operatsiyalar o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida mijozga beriladi.

Shunday qilib, tijorat bankining hisoblash markazidan das- turiy yo‘l orqali modem usuli bilan elektron to‘lov o‘tkaziladi, ya’ni elektron to‘lov tizimi orqali elektron to‘lov topshirig‘i Markaziy bank qoshidagi hisob-kitob kassa markaziga o‘tkaziladi. Markaziy bank qoshida ochilgan hisob-kitob kassa markazi to‘lovchi kor- xonaga xizmat qiluvchi tijorat bankdan olingan ma’lumotlar asosida elektron to‘lov topshirig‘ini modem orqali mablag‘ oluvchi kor- xonaga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga o‘tkazadi.

Elektron to‘lovlar tizimi orqali olingan elektron to‘lov top- shiriqnomalari mablag‘larni oluvchi bankda ikki nusxada qog‘ozga chiqariladi. Topshiriqnomaning birinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisining imzosi va bank muhri qo‘yilib, kunlik hujjatlar yig‘ma- jildiga tikiladi. Ikkinchi nusxasi esa bank mas’ul ijrochisining im­zosi va bank muhri qo‘yilgan holda mijoz hisobvarag‘iga ilova sifa- tida mijozga beriladi.

Ta’minotchilar tomonidan mahsulot yetkazib berish va xiz- matlar ko‘rsatish transport xizmati bilan birgalikda bir tekisda amalga oshirilsa, o‘zaro hisob-kitoblar doimiy to‘lovlar tartibida o‘tkazilishi mumkin. Bunday hisob-kitoblar har bir alohida savdo bitimi, ya’ni mahsulot ortish, jo‘natish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha emas, barcha tomonlar oldindan kelishib olgan muddatlar va hajmlarda to‘lov topshiriqnomalarida foydalangan holda mab- lag‘larni davriy ravishda ko‘chirish yo‘li bilan bajariladi. Tomonlar davriy ravishda, lekin har oyda kamida bir marta mahsulotning amalda jo‘natilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi asosida o‘tgan davr uchun qiyoslashni bajarish va shartnomada belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilishlari lozim. Aniqlangan farqlar alohida top- shiriqnoma bilan o‘tkazilishi yoki navbatdagi to‘lovda hisobga oli- nishi mumkin. O‘zaro qarzlar eng kam miqdorda bo‘lishi uchun hisob-kitoblarga oyning oxirida aniqlik kiritish maqsadga muvofiqdir.

Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o‘tkazilayotgan barcha to‘lovlarning 65—75 % i to‘lov topshiriqnomalari yordamida amalga oshirilmoqda, bu uning afzalliklari bilan bog‘liqdir. Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish