To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan biri to‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘lib, ular o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtasigacha qariyb 45 % ni tashkil etar edi. O‘zbekiston iqtisodiyo- tida hisob-kitoblarni tartibga solish, holatini yaxshilash, jahon an- dozalariga moslashtirish maqsadida, 1999-yildan boshlab, mulk- chilik shaklidan qat’i nazar, barcha korxona va tashkilot uchun to‘lov talabnomalarining o‘rniga to‘lov talabnoma-topshiriqno- masi bo‘yicha hisob-kitoblar amaliyotga kiritildi. Shu bilan birga, 1995-yil avgustgacha to‘lov talabnomalarining muomalada bo‘lishiga ruxsat etildi. Lekin korxona va tashkilotlar to‘lov talabnomasi orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblarga o‘rganib qolganliklari sababli,
Markaziy bankka to‘lov talabnomasini amaliyotga qaytadan tatbiq etish bo‘yicha ko‘plab talab va takliflar kelib tushayotganligini hisobga olgan holda bu masala qayta ko‘rib chiqilib, 1996-yil 29-fevraldagi xatiga asosan, qayta muomalaga kiritildi.
To‘lov talabnomasi, bu — mahsulot yetkazib beruvchi va mab- lag‘ oluvchilarning belgilangan summani to‘lovchi bank orqali to‘lashi to‘g‘risidagi talabnomani o‘z ichiga olgan hisob-kitob shakli. To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar «Aksept» shaklidagi hisob-kitoblar ham, deb yuritiladi. «Aksept» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, rozilik ma’nosini anglatadi, ya’ni bu to‘lovchining to‘lovni amalga oshirish uchun bankka bergan roziligidir. Aksept shakli asosiy inkassa hisob-kitob shakli hisoblanadi. «Inkasso» ata- masi italyan tilidan olingan bo‘lib, bank o‘z mijozi taqdim etgan hujjatga asosan, yetkazib berilgan mahsulot uchun unda ko‘rsatilgan summani to‘lovchidan uning banki orqali olib berish bo‘yicha majburiyat hisoblanadi. Rozilik bildirish usuliga ko‘ra, aksept ijo- biy va salbiy bo‘lishi mumkin. To‘lovchi korxonaning roziligi ham, noroziligi ham yozma ravishda bildirilishi ijobiy aksept hisoblanadi. Salbiy aksept esa sukut saqlash orqali bildiriladi. Agar to‘lovga norozilik xati yozma ravishda kelib tushmasa, bank tomonidan to‘lov amalga oshiriladi.
Salbiy akseptning o‘zi to‘lovni amalga oshirish muddatiga ko‘ra, oldindan aksept va so‘nggi akseptga bo‘linadi. Talabnomani oldin- dan akseptlash usulida hisob-kitoblar o‘tkazilganda, talabnoma- ning puli akseptlash muddati tugagandan keyin, akseptlashning so‘nggi to‘rt to‘lov talabnomasi bankka kelib tushganida to‘lanadi, lekin to‘lov o‘tkazilgandan keyingi 3 kun ichida to‘lovdan bosh tortish huquqi saqlanib qoladi. Belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng to‘lovchi tomonidan raddiya arizasi kelib tushmasa, to‘lov to‘langanligicha amalga oshiriladi.
Hisob-kitoblarning aksept, ya’ni to‘lov talabnomalari orqali o‘tkaziladigan shaklida ishlatiladigan asosiy hujjat, bu — to‘lov talabnomasi. To‘lov talabnomalari mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan shakldagi blanklarda bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomalari quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin:
yuklab jo‘natilgan tovarlar uchun;
bajarilgan ishlar uchun;
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun;
amaldagi qonunchilikda, me’yoriy hujjatda yoki shartno- mada ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlar uchun.
To‘lov talabnomasida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan talabnoma raqami, jo‘natilgan sana, shu korxona nomi, uning hisobvaraq raqami, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi, kodi, to‘lovchi korxonaning nomi, uning bankidagi hisobvaraq raqami, to‘lov- chiga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va kodi, to‘lov summasi va to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi. Hujjatlarda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan umumiy rekvizitlardan tashqari to‘lov talabnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
shartnoma sanasi va raqami;
mahsulotlarni yuklab jo‘natish sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish hujjatlari va transport turining, tovarlar pochta va telekommunikatsiya agentligi orqali jo‘natilganda esa, pochta kvitansiyalarining raqami.
Agar mahsulot, uni sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilsa, talabnomaning alohida ajratilgan joyida yuk uni sotib oluvchining o‘z transporti bilan olib chiqib ketilgani hamda ishonchnomaning raqami ko‘rsatiladi. Shunday hollar ham bo‘la- diki, mahsulot kontraktatsiya shartnomalari asosida realizatsiya qi- linadi. Kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha mahsulot yetkazib berishda to‘lov talabnomasining yuqori qismida «Kontraktatsiya shartnomasi» deb ko‘rsatilishi lozim. To‘lov talabnomasining past- ki, alohida ajratilgan qismida mahsulot jo‘natuvchi korxona rah- bari va bosh buxgalteri imzosi va muhr qo‘yiladi.
To‘lov talabnomalari 2 yoki 3 nusxada to‘ldiriladi. Agar mahsulot yetkazib beruvchi va to‘lovchi tomonlarga bir bank bo‘limi xizmat ko‘rsatsa, talabnoma 3 nusxada taqdim etiladi. Bu holda to‘lov talabnomalarning har bir nusxasi quyidagicha ishlatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |