O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


VII. QORONG‘IDA KO‘RISH YETARLICHA BO‘LMAGAN



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/118
Sana06.08.2021
Hajmi2,72 Mb.
#140410
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118
Bog'liq
yol harakati qoidalari va xavfsizligi

VII. QORONG‘IDA KO‘RISH YETARLICHA BO‘LMAGAN 
SHAROITLARDA AVTOMOBILNI BOSHQARISH
7.1. Qorong‘ida harakat xavfsizligini ta’minlash
Yo‘l harakati qoidalariga binoan «qorong‘i vaqt» deganda 
kechki g‘ira-shiraning boshlanishi oxiridan, tonggi g‘ira-shiraning 
boshlanishi orasidagi vaqt tushuniladi.
«Yetarlicha ko‘rinmaslik» deganda esa, yomg‘ir, qor yog‘ishi, 
tuman tushishi va shunga o‘xshash sharoitlarda, shuningdek, 
kunning g‘ira-shira vaqtida yo‘lning ko‘rinishi 300 metrdan kam 
bo‘lishi tushuniladi.
Kunning yorug‘lik yetishmaydigan vaqtida haydovchining 
ishi kunduzgiga qaraganda ancha murakkablashadi. Bu murak-
kablik birinchi galda yo‘lning, yo‘ldagi va yo‘l yoqasidagi obyektlar 
ko‘rinishining yomonlashuvi oqibatida vujudga keladi. Haydovchining 
tez charchashi oqibatida ish qobiliyati juda pasayib ketadi.
Statistika ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, sutkaning qoron-
g‘i paytlarida harakat jadalligi 5 – 10 marta kamayib ketishiga 
qaramasdan YTH jami YTHning 40 – 60 % ini tashkil etar ekan, 
og‘irligi esa ikki marta katta ekan.
Sutkaning qorong‘i paytlarida harakat xavfsizligi kattala-
shishining asosiy sababi shundan iboratki, haydovchi avtomobilni 
boshqarayotganda 90 – 95 % axborotni ko‘rish a’zolari, ya’ni ko‘zi 
orqali oladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tunda sodir bo‘ladigan YTH 
kunduzgiga qaraganda boshqacha taqsimlanadi (2-jadval).
Tunda harakat xavfsizligini ta’minlashning asosiy masalasi, 
bu – haydovchiga yo‘lni ajrata olish va yo‘nalishini ko‘ra olish 
imkoniyatini yaratish hamda haydovchiga yo‘ldagi to‘siqlarni o‘z 
vaqtida ko‘ra olish uchun sharoit yaratishdir.
Ko‘rinish deganda, avvalo, ikki xil ko‘rinish nazarda tutiladi, 
ya’ni fiziologik va geometrik ko‘rinishlar.


74
2-jadval
Yo‘l-transport hodisalari
YTHning  taqsimlanishi, %
Kunduzi
 Tunda
Yo‘l qatnov qismining chekkasida ketayot-
gan piyodalarni bosib ketish
10
90
Velosipedchilarni bosib ketish
28
72
Transport vositalarining to‘qnashuvi
64
36
Avtomobilni ag‘anab ketishi
71
29
Avtomobilni to‘siqqa borib urilishi
38
62
Fiziologik ko‘rinish deganda, haydovchining ko‘zi orqali obyekt-
larni ko‘rishi yoki ajrata olishi tushuniladi. Bu ko‘rinish obyekt 
bilan muhit orasidagi yorqinlik farqiga bog‘liq bo‘ladi. Yorqinlik 
farqi  qancha  katta  bo‘lsa,  obyektlarning  fiziologik  ko‘rinishi 
shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 60 km/s tezlikda harakatlana-
yotgan haydovchi uzoqni yorituvchi chiroqdan foydalanganda qora 
rang dagi piyodani – 100 m, jigarrangdagini – 125 m va qora-kulrang 
libosdagini – 140 m masofada ajrata olishi mumkin ekan.
Geometrik ko‘rinish deganda obyektlarning ko‘rinish masofasi 
va burchagi tushuniladi. Bu ko‘rinish avtomobillarda qanday chiroq 
qo‘llanilishiga, qanday lampaning o‘rnatilganiga va avtomobilning 
harakat tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar kunduz kuni yo‘lning to‘g‘ri 
qismida joylashgan obyekt 1 km masofadan ko‘rinsa, havo buzuq 
paytlarda bu masofa 800 – 900 m ni, tunda esa, uzoqni yorituvchi 
chiroqdan foydalanilganda bu masofa atigi 100 – 130 m ni tashkil 
etadi.
Haydovchi qorong‘ida qabul qilib olishi mumkin bo‘lgan 
axborotlar kunduz kuniga qaraganda 30 % ga kamayib, uning 
reaksiya vaqti esa ortib ketadi.
Avtomobilga o‘rnatilgan chiroqlarning bir qancha salbiy 
tomonlari mavjud. Bulardan eng birinchisi haydovchi bilan uzviy 
bog‘liqligidir. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaydigan haydov-
chilar ro‘paradan kelayotgan avtomobilga nisbatan maso fa 150 m 
ni tashkil etganda ham uzoqni yorituvchi chiroqni o‘chirib, yaqinni 
yorituvchi chiroqdan foydalanishga o‘tmasliklari (xavfsizlik nuqtayi 
nazaridan 200 – 300 m masofadan yaqinni yorituvchi chiroqqa o‘tish 


75
tavsiya etiladi) yoki chiroqlarning noto‘g‘ri sozlanganligi oqibatida 
ro‘paradan kelayotgan haydovchining ko‘zini qamashtirib qo‘yishiga 
olib keladi (bugungi kunda avtomobillar orasidagi masofaga 
qarab uzoqni yorituvchi chiroqdan yaqinni yorituvchi chiroqqa 
o‘tkazuvchi avtomatik boshqaruv tizimlari mavjud, ammo ular 
amalda deyarli qo‘llanilmayapti).
Chiroqlarni avtomobilning kuzoviga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatil-
ganligi ham konstruksiyaning kamchiligiga kiradi. Gorizontal 
yo‘nalishda yoritish burchagi chegaralanganligi uchun yo‘lning 
radiusi kichik bo‘lgan burilishlarda va chorrahalarda yo‘l qatnov 
qismining chegarasini va yondagi obyektlarning ko‘rinishini 
ta’minlay olmaydi. Bunday sharoitlarda keng burchakli tumanga 
qarshi chiroqlar dan foydalanish tavsiya etiladi (rul chambaragining 
burili shi bilan bir paytda buriladigan chiroqlarning konstruksiyalari 
faqat loyihada mavjud).
Tumanga qarshi chiroqlarning yana bir afzalligi, uning boshqa 
chiroqlardan pastda o‘rnatilganligi bo‘lib, tuman sharoitida harakat-
langanda zarur yoritilganlikni ta’minlab beradi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish