V. AVTOMOBILNI CHORRAHALARDA VA PIYODALAR
O‘TISH JOYIDA BOSHQARISH
5.1. Chorrahaga yaqinlashayotganda haydovchining
xatti-harakatlari
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiya-
sining ma’lumotlariga ko‘ra, barcha YTHning 10 % dan 40 %
gachasi bir sathda joylashgan kesishmalarda sodir etilar ekan.
Avtomobillarning eng ko‘p manyovri (o‘ngga, chapga va orqaga
qayrilish) chorrahalarda amalga oshiriladi. Chorrahaga yaqinlashib
kelganda transport oqimining harakatlanish tartibi (rejimi)
o‘zgaradi, chunki boshqa haydovchilarni o‘z vaqtida kerakli qatorga
o‘tib olmaganligi sababli haydovchilarga boshqa haydovchilarning
xatti-harakatlari noaniq bo‘ladi.
Yonlama ko‘rinish masofasi, chorrahadagi yo‘llarning qo‘shilish
radiuslari, harakatlanish yo‘laklarining soni, harakat jadalligi va
boshqa omillar ham YTHning sodir bo‘lish ehtimoliga juda katta
ta’sir ko‘rsatadi.
3 3 3 1 1 1 5 5
5
a)
b)
d)
32-rasm. Chorrahadagi ziddiyatli nuqtalar:
a) quyilish; b) ayrilish; d) kesishish.
Transport oqimining chorrahadagi harakatlanish trayektoriyasini
o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu trayektoriyada oqimning bir-biriga
qo‘shilishi, ayrilishi va kesishishi mumkin ekan. Tadqiqotlar yana
shuni ko‘rsatadiki, YTH asosan ana shu joylarda, ya’ni nuqtalarda
sodir bo‘ladi. Shuning uchun chorrahadagi ayrilish, quyilish va
kesishish nuqtalari – «ziddiyatli nuqtalar» deb ataladi.
Sanab o‘tilgan ziddiyatli nuqtalarning harakat xavfsizligi uchun
ta’siri bu manyovrlarni bajarishning murakkablik darajasidan kelib
chiqadi.
57
Ayrilish manyovrini bajarmoqchi bo‘lgan haydovchi chorrahaga
yaqinlashib kelganda tezlikni kamaytiradi. Avtomobilning tezligi
orqadan kelayotgan avtomobilning tezligidan katta farq qilmaydi
(tezlik ko‘proq burilish radiusining o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi).
Transport oqimiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan avtomobil haydovchisi
chorrahaga yaqinlashganda tezlikni kamaytirib, oqimdagi ikkita
avtomobil orasidagi masofaning xavfsiz qo‘shilishi uchun yetarli
bo‘lsa, tezlikni sezilarli darajada kamaytirmasdan, manyovrni
tugallaydi. Aks holda, u avtomobilni ma’lum muddatga to‘xtatishga
majbur bo‘ladi.
Ziddiyatli nuqtalardan eng xavflisi – bu kesishuv nuqtalaridir.
Haydovchi chorrahadan o‘tish uchun unga yaqinlashganda yon
tomonidan kelayotgan avtomobillarni kuzatishi, agar yon tomondan
chorrahaga kirayotgan avtomobillar imtiyozga ega bo‘lsa, to‘x tab,
ularni o‘tkazib yuborishi kerak. Bu manyovrda eng asosiy omil
yonlama ko‘rinish masofasidir.
Ziddiyatli nuqtalarning xavfliligini besh ballgacha bo‘lgan
mezon bilan baholash qabul qilingan. Chorrahadagi ziddiyatli
nuqtalarning soni, chorrahaning murakkabligi undagi harakatlanish
yo‘laklarining soniga, chorrahaning turiga, harakatning boshqa-
rilishi yoki boshqarilmasligi va chorrahada ruxsat etilgan manyovr-
larga bog‘liq bo‘ladi.
Chorrahalarning murakkabligini baholash va ziddiyatli nuqtalar
sonini kamaytirish usullari shu fan bo‘yicha maxsus kurs larda
o‘rganiladi.
Ushbu kurs chorrahaga yaqinlashayotganda xatti-harakatlarni
ko‘rib chiqish bilan cheklanadi.
Chorrahalarda xavfsizlik ta’minlanishining eng birinchi sharti
yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilishdan iboratdir.
Chorrahaga yaqinlashayotgan haydovchi, avvalo, yo‘l belgilari
va chiziqlariga e’tiborini qaratishi kerak.
Chorrahaga haydovchi asosiy yo‘ldan kirib kelayotgan bo‘lsa,
hushyorlikni yo‘qotmasligi lozim.
Chorrahaga yaqinlashayotganda bulardan tashqari, haydovchi
quyi dagi qoidalarga amal qilishi kerak, ya’ni orqadagi ko‘rish oynasi-
ga qarashi, keyin ogohlantiruvchi ishoralarga va xavfsizlik ta’minla ni-
shiga ishonch hosil qilgach, mo‘ljallangan manyovrni bajarishi lozim.
58
33-rasm. Avtomobilning o‘ngga
burilish sxemasi.
O‘ngga burilishda: 1 – o‘ngga burilish
chiroqlarini yoqish; 2 – ko‘zguga qarab
boshqa transport vositalarining orqada va
yonda egallab turgan holatini baholash;
3 – o‘ng taraf dagi harakatlanish yo‘lagida
harakat lanayotgan avtomobillarni
o‘tkazib yuborish; 4 – o‘ng tarafdagi
harakat yo‘lagiga o‘tish; 5 – tezlikni
kamaytirib, kerakli uzatmani qo‘shish;
6 – yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni
o‘tkazib yuborish; 7 – boshqa transport
vositasiga xalaqit bermaslikka ishonch
hosil qilish va iloji boricha yo‘lni qatnov
qismining o‘ng chekkasini egallash;
8 – manyovrni tugatish.
34-rasm. Chapga burilish sxemasi.
Chapga burilish va orqaga qayrilish-
da: 1 – burilishni ogohlantir uvchi
ishoralarni yoqish; 2 – ko‘zguga qarash;
3 – chap tarafdagi hara katlanish yo‘lagidagi
harakatlanayot gan avtomobilni o‘t ka-
zib yuborish; 4 – eng chapda joy lashgan
harakatlanish bo‘lagiga o‘tish; 5 – tezlikni
asta kamaytirish va kerakli uzatmani
qo‘shish; 6 – yo‘lni kesib o‘tayotgan
piyodalarni o‘tkazib yuborish; 7 – qarama-
qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan
av tomobillar ni o‘tkazib y ubor ish;
8 – manyovrni tugatish.
Chorrahadan o‘tishda quyidagicha xatti-harakatlar amalga oshi-
ri ladi: kerakli harakatlanish yo‘lagiga o‘tish, xavfsiz tezlikni tan-
lash, o‘ngga va chapga qarash, harakat uchun xavf bor bo‘lsa,
avtomo bilni to‘xtatishi kerak.
Demak, chorrahalardan o‘tishda haydovchiga o‘z xatti-harakat-
larini quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya etish mumkin.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |