Ekspertning majburiyatlari:
– ekspert xulosani faqat o‘z nomidan beradi va shu xulosa uchun
shaxsan javob beradi;
– ekspertning xulosalari faqat jinoiy ishning ma’lumotlariga
asoslangan bo‘lishi kerak;
– begona shaxslarning yordamidan foydalanmasligi lozim;
–
ekspert YTH qatnashchilarining xatti-harakatlariga faqat
texnik baho berishi kerak;
–
ekspert YTH bo‘yicha jinoiy ish ma’lumotlarini oshkor
qilmasligi, aks holda, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga
ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim;
– ekspertiza o‘tkazishdan bosh tortmaslik;
– agar ekspert jinoiy ishning xulosalaridan manfaatdor bo‘lsa,
ekspertizada qatnashmaslik;
– qo‘yilgan masalalarning hammasini yechish, aks holda, uni
yechish mumkin emasligi sabablarini asoslab berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |