Tog‘li yo‘llarda avtomobilni boshqarish
Haydovchi uchun eng murakkab bo‘lgan yo‘l sharoitlaridan
biri, bu tog‘li yo‘llardir. Tog‘li yo‘llar va dovonlar boshqa yo‘llarga
qaraganda o‘ziga xos belgi (xususiyat)lari bilan keskin farq qiladi.
Tog‘li yo‘llar boshqa yo‘llarga qaraganda tepalikka ko‘tarilish
va tushishlar, keskin burilishlar, ko‘rinish masofasining juda
cheklanganligi, yo‘lning bir tomonini jarlik tashkil etishi, tosh va
qorlar ko‘chishi ehtimolining yuqoriligi, yog‘ingarchiliklar oqibatida
yo‘l qoplamasining sirpanchiq tuproq bilan qoplanib qolishi
mumkinligi kabi belgilari bilan ajralib turadi. Tuman tushishi
ehtimoli ham tog‘li yo‘llarda yuqori bo‘ladi.
Yo‘l okean sathidan ko‘tarilgani sari havo bosimining
kamayishi oqibatida dvigatelning quvvati kamayadi, agar dvigatel
karterida moy yetarli darajada bo‘lmasa, ishqalanishning ortib
ketishi oqibatida uning qismlari qisilib, aylanmay qolishi, tormoz
tizimining doimo ishlashi natijasida uning samaradorligi keskin
kamayib ketishi mumkin.
Bunday sharoitda haydovchidan, birinchi navbatda, yo‘l harakati
qoidalariga to‘liq amal qilish va avtomobilni boshqarishda yuqori
mahorat talab etiladi.
U yo‘l vaziyatini to‘g‘ri baholay olishi, keskin burilishlarda,
ko‘tarilish va tushishlarda tezlikni to‘g‘ri tanlay olishi hamda
kerakli uzatmada harakatlanishni bilishi kerak.
Agar yo‘l balandlikka ko‘tariladigan qiyalik bo‘lsa, haydovchi
pastroq uzatmada avtomobilni tezlashtirib borib, bu balandlikdan
o‘tib olishi kerak. Agar bu uzatmada dvigatelning quvvati yetmay
qolsa, past pog‘onaga zudlik bilan o‘tib olish kerak. Yuqoriga
chiqayotganda to‘xtash tavsiya etilmaydi. Balandlik tugayotgan
joyda haydovchidan e’tiborni yanada kuchaytirish talab etiladi,
chunki balandlikdan keyin tik nishablik boshlanishi mumkin.
Past qiyalikka tushayotgan g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish
koeffitsiyenti kamayadi, bu esa, o‘z navbatida, avtomobil
turg‘unligining kamayishiga olib keladi. Tormoz berayotganda
ilashmani ajratmaslik kerak. Kichik uzatmada pastga harakatlanish
va yonilg‘i uzatishni kamaytirish tez-tez tormoz berishga bo‘lgan
ehtiyojni kamaytiradi, bu esa, o‘z navbatida, tormoz barabanini o‘ta
darajada qizib ketishdan saqlaydi.
86
Dovonlarda va boshqa yo‘llarda ham haydovchining ishini
og‘irlashtiradigan sharoitlardan biri
–
bu burilishlardir. Avtomobil
kichik radius egriliklarida harakatlanayotganida markazdan qoch-
ma kuch hosil bo‘ladi va u avtomobilning yonga sirpanib yoki
ag‘anab ketishiga ham olib kelishi mumkin. Agar yo‘l sirpanchiq
bo‘lsa, sirpanib ketish ehtimoli yanada ortadi. Burilishlarga yaqinla-
shayotganda haydovchi harakat tezligini sirpanib ketish sharti
bo‘yicha bo‘lgan chegara tezligidan pasaytirib harakatlanishi kerak.
Rulning burilish burchagini asta-sekin ko‘paytirib borib, burilishning
yarmiga kelganda yana tezlikni oshira boshlashi mumkin.
Rulni burayotganda haydovchi rul chambaragini qo‘yib
yubormasligi va uni doim bitta qo‘li bilan ushlab turib, ikkinchisini
sirpantirgan holda kerakli holatga o‘tkazib, so‘ng mahkam
ushlagach, burishni davom ettiradi (52-rasm).
1-holat
2-holat
3-holat
52-rasm. Rulni burish ketma-ketligi.
O‘zaro ajralish joylarida haydovchi jarlik tarafda va ko‘tarilishda
harakatlanayotgan avtomobillarga yo‘l berishi kerak.
Yo‘l harakati qoidalariga asosan, tiklik va nishabliklarda
haydovchiga ilashmani ajratgan yoki uzatmalar qutisini betaraf
(neytral) holatida harakatlanish taqiqlanadi.
Qiyaliklarda to‘xtab turganda, avtomobil o‘z-o‘zidan yurib
ketmasligi uchun g‘ildiraklar ostiga bironta narsa (tosh, maxsus
moslamalar) qo‘yishi, agar texnik nosozlik vujudga kelsa,
avtomobilni maxsus ajratilgan joylarga o‘tib to‘xtatishi kerak.
Bulardan tashqari, tog‘li yo‘llarda harakatlanganda haydovchi
quyidagilarga amal qilishi kerak:
– avtomobil to‘xtaganida joyidan qo‘zg‘alib ketmasligi uchun
moslamalarni o‘rnatish;
87
–
avtomobilning texnik holatini va to‘liq jihozlanganligini
tekshirish;
– uzoq cho‘zilgan tushishlarda kichik uzatmada harakatlanish;
– nishablik kichik bo‘lgan yo‘llarda uzatmalar qutisi neytral
holatda bo‘lsa, dvigatelni o‘chirmasdan harakatlanish;
–
tajribasi yetarli bo‘lmaganda tog‘li yo‘llarda avtomobilni
tajribasi yuqori bo‘lgan haydovchiga topshirish (ayniqsa, odam
tashilayotganda) va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |