Ishlatilgan gazlarning zaharliligini aniqlash. Ishlatilgan
gazlarning zaharliligi statsionar tipdagi OA-2109, GAI-1 va
ELKON-105 apparatlari bilan aniqlanadi. Bu apparatlarni ishlashi
ultra qizil nurni tarqatish usuliga asoslangan.
GAI-2, INFRALIT-2T1 gazoanalizatorlari uglerod oksidi
va uglerod ikki oksidi gazlarining miqdorini bir vaqtda
o‘lchaydi. Bu usul ancha aniq natijalarni olish imkonini beradi.
Gazoanalizatorlarning texnik holati yiliga ikki marta tekshiriladi.
Dizel dvigatellarining tutunligini dimomer yoki sajamerlar
bilan nazorat qilinadi. Bulardan birinchisi, ishlatilgan gazlarning
tiniqlilik darajasini aniqlash prinsipiga asoslangan bo‘lsa, ikkinchisi,
ular tarkibidagi qurum zarrachalari miqdorini yig‘ib o‘lchashga
asoslangan. Tutunlilik darajasi NDA-106, «Atlas» va SNDA-107
dimomerlari bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |