2.8. Iplarni ulash
Ip uzilishini bartaraf etish qayta o‘rovchining asosiy ishlaridan
biri hisoblanib, ishchinig asosiy xizmat ko‘rsatish qismini tashkil
etadi.
Ip uchlarini ulashda turli tugunlardan foydalaniladi (2.17-
rasm). To‘quv tuguni. To‘quv tugunini bog‘lashda tugunning sifati
va uning to‘g‘ri bog‘lanishiga ahamiyat berish lozim. Bog‘langan
tugun katta bo‘lmasligi va pishiq bog‘langan bo‘lishi kerak.
Tugun uchlari 5 mm dan oshmasligi shart, chunki bunday tugun
to‘quvchilik jarayonida gula ko‘zchalari va tig‘ tishlaridan o‘tishi
oson bo‘ladi hamda to‘qimada bilinmaydi. Bog‘lanayotgan iplar bir
xil yo‘g‘onlikda bo‘lishi lozim.
a b
2.17-rasm. Tugun turlari: a-baliqchilar tuguni; b-to‘quvchilar tuguni.
Do'stlaringiz bilan baham: |