2.4. Qayta o‘rash avtomatlari
Qayta o‘rash jarayoni tanda ipini tayyorlash o‘timlari ichida
eng sermehnat hisoblanadi, shuning uchun qayta o‘rash jarayoni
uzluksiz takomilashtirilib, qo‘lda bajariladigan amallarni
avtomatlashtirish natijasida qayta o‘rash avtomatlarining
yaratilishiga sabab bo‘ldi. Qayta o‘rash jarayonini avtomatlashtirish
mehnat unumdorligini 2–2,5 barobarga oshiradi. Avtomatlashtirish
jarayonida ishchi bir necha jarayonlardan ozod qilinadi, ya’ni
uzuqlarni bartaraf etish, naychalarni almashtirish va tayyor bo‘lgan
bobinalarni yig‘ish kabi ishlardan xoli bo‘ladi.
Qayta o‘rash avtomatlari uch guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |