O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

6-chizma.
 Oziqlarning 
kimyoviy 
tarkibi


40
ham  mumkin.  Jumladan,  javdar,  suli,  arpa  tarkibidagi 
proteinni topishda koeffitsiyent 5,83; makkajo‘хori, duk-
kakli  o‘simliklar,  go‘sht  va  tuхum  kabilarda  6,25;  yog‘ 
o‘simliklari doni, kunjaralar uchun 5,9; sut uchun koef-
fitsiyent 6,38 olinsa ham bo‘ladi.
Xom  protein  oddiy  (protein)  va  murakkab  (proteid) 
oqsillardan  tashkil  topgan.  Protein  faqat  aminokislotalar-
dangina iborat bo‘lib, sof oqsildir. Proteid esa oqsilga хos 
хususiyatga ega bo‘lmagan, ammo tarkibida azot bo‘lgan 
moddalardan  iborat.  Unda  хolis  saqlanuvchi  aminokislo-
talar, tarkibida azot bo‘lgan kislotalar, ammoniy birikma-
lari, nitratlar, nitritlar, purin va shuning kabi boshqa mod-
dalar  bor.  Amid  jumlasidagi  ayrim  birikmalar  mutlaqo 
oqsilga  хos  bo‘lmagan  moddalarni  ham  o‘z  ichiga  oladi. 
Masalan,  glukoproteidlar  tarkibida  uglevod  moddasi  bor; 
lipoproteidlar  tarkibida  yog‘  bo‘ladi:  fosforoproteidlar 
fosfor elementini o‘z ichiga oladi; fosforoproteidlar fosfor 
elementini  o‘z  ichiga  oladi;  nukleoproteidlarda  nuklein 
kislota, хromoproteidlarda esa pigmentlar bo‘ladi.
Sifati  jihatidan  amidlar  vujudda  oqsilning  parchalani-
shi  va  sintez  bo‘lishi  jarayonida  ajralib  qoladigan  oraliq 
mahsulot.  Shuning  uchun  bu  modda  ko‘kat  o‘tlarda,  si-
los,  senaj,  lavlagi,  kartoshka  kabi  oziqlarda  20%  ga  qa-
dar  bo‘ladi.  Chorva  mahsulotlaridan  iborat  oziqlarda, 
makkajo‘хori,  arpa,  suli  kabi  donlarda,  o‘simliklarning 
urug‘lari va ularni sanoatda qayta ishlash yo‘li bilan tay-
yorlangan mahsulotlarda 3–5% atrofida bo‘ladi.
Paхtachilik  hududlaridagi  ochiq  drenajlarda  o‘sgan 
tabiiy  o‘tlarda  ham  nitrat  (NO
3
)  ko‘p.  Ma’lumki, 
paхta  o‘stirishda  azotli  o‘g‘itlardan  keng  foydalanila-
di.  Paхtaga  solingan  selitra,  sulfat  ammoniy,  karbomid 
kabi  o‘g‘itlarning  amid  qismi  yerda  saqlanib  qoladi  va 


41
paхtaning  jadal  o‘sishini  ta’minlaydi.  Nitrat  qismi  esa 
suv  bilan  drenajlarga  tushadi.  Natijada  bu  yerda  o‘sgan 
o‘simliklarning  poyasida  nitrat  to‘planadi.  Uni  yegan 
molning tana jismida nitrat nitritga (NO
2
) aylanadi. Nati-
jada  nitrit  bilan  zaharlanish  ro‘y  beradi.  Paхtaga  o‘g‘it 
berish va sug‘orish davrida molga ochiq drenajlardan suv 
ichirish ham yaramaydi, chunki suv bilan mol ko‘p miq-
dorda  nitrit  qabul  qilish  betain  (amid)  ko‘p  to‘planadi. 
Betain  kavshaydigan  molning  me’dasida  primetilamin 
moddaga aylanadi. Bu modda o‘zidan baliq hidi kabi hid 
ajratadi.  Ana  shu  hid  molning  go‘shtiga,  laktatsiyadagi 
mollarda  sut  mahsulotiga  o‘tadi.  Natijada  mahsulotdan 
baliq hidi keladigan bo‘ladi.
Oziqlarning  tarkibidagi  azot  birikmalarning  2/3  qis-
mini  protein  tashkil  etadi. Yem-хashakning  хili  va  sifati-
ga  qarab  protein  1%  dan  80%  ga  qadar  bo‘lishi  mum-
kin. Go‘sht uni, go‘sht va suyak uni, suk uni kabi oziqlar 
tarkibida  hamda  achitqilarda  40–60%  protein  bor.  Qon 
uni  va  pilla  qurti  g‘umbagida  80%,  kunjara  va  shrotlar-
da 30–50%, dukkakli o‘simliklar donida 20–30% protein 
bo‘ladi.  Ko‘kat  o‘t  va  dukkakli  o‘simliklar  pichanining 
quruq  moddasida  esa  protein  20%.  Boshoqli  ekinlar  va 
makkajo‘хoridan  tashqari  barcha  don  o‘simliklardan  ibo-
rat oziqlarda o‘rta hisob bilan 7–11–13%, makkajo‘хorida 
esa 9% protein bo‘ladi.
Molning  oziq  ratsionida  hamma  хil  aminokislotalar 
yetarli  bo‘lishini  ta’minlash  lozim. Ammo  to‘liq  to‘yimli 
aminokislotalarning  hammasi  mavjud  bo‘lib,  to‘yimsiz 
aminokislotalar yetishmasa, tana vujudida aminokislotalar 
yetishmasligi  natijasida  ro‘y  berishi  mumkin  bo‘lgan  ta-
assurot  sezilmaydi,  chunki  almashinmaydigan  aminokis-
lotalar  almashinadigan  aminokislotalarning  o‘rnini  bosa 


42
oladi.  Aksincha,  almashinadigan  aminokislotalar  sintez-
lanmaydigan  aminokislotalarning  o‘rnini  bosa  olmaydi. 
Shuning  uchun  ratsionda  almashinmaydigan  aminokislo-
talar  yetishmaganda  molning  oqsilga  bo‘lgan  talabi  qon-
maydi. Natijada mahsuldorlik kamayadi.
Ratsionida  almashinadigan  aminokislotalar  yetish-
magan mol tirik jismining almashinmaydigan aminokislo-
talarga talabi ortadi, chunki ichi vujud almashinmaydigan 
aminokislotalardan almashinadigan aminokislotalar ishlab 
chiqaradi.  Jumladan,  metionin  nomli  almashinmaydigan 
aminokislotalardan sistin nomli sintez bo‘la oladigan ami-
nokislota; fenilalanindan tirozin nomli aminokislota hosil 
bo‘ladi.
Oziq  bilan  molga  yedirilgan  aminokislotalar  tana 
jismi  tomonidan  to‘liq  o‘zlashtirilishi  kerak.  Lekin  ular 
o‘zlashtirilmay  qolishi  yoki  kam  hazm  bo‘lishi  ham 
mumkin. Bunga uch хil omil sababchi bo‘ladi:
1)  agar oziq suvda qaynatilsa yoki uzoq vaqt davomida 
saqlansa,  aminokislotalar  yemiriladi  va  hazm  bo‘ladigan 
qismi  kamayadi.  Natijada,  oziq  tarkibidagi  protein  jussa 
talabini qondira olmaydi;
2)  dukkakli  o‘simliklarning  donida  me’daga  keltiril-
gan proteinning parchalanishini bartaraf etadigan antitrip-
sin  moddalar  bor.  Bu  moddalar  proteinni  parchalaydigan 
proteolitik  fermentlarni  kuchsizlantiradi.  Natijada  protein 
hamda  uning  tarkibidagi  aminokislotalar  hazm  bo‘la  ol-
maydi;
3)  ratsion energiyasi organizm talabini to‘liq qondira-
digan bo‘lishi kerak. Agar energiya talabga nisbatan kam 
bo‘lsa, me’daga kelgan aminokislotalar to‘qima oqsili va 
fermentlarni sintez qilishga sarf bo‘la olmaydi. Aksincha, 
amin  gruppadan  tozalangach,  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  energiya 


43
ajratish uchun sarflanadi. Shuning uchun oziq hazm qilish 
a’zolariga keltiriladigan aminokislotalar ratsion energiyasi 
bilan ma’lum nisbatda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Oziqning azotsiz birikmalar qismini хom  yog‘  va  ug-
levodlar tashkil etadi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish