26-§. O‘RDAK JO‘JALARINI BOQISH
O‘rdak jo‘jalarini go‘shtga boqishning 4 хil usulidan
foydalaniladi: 1) katta (cheklanmagan) suv havzalarida
boqish; 2) cheklangan suv havzalarida bo qish; 3) quruq-
likda kataklarga qo‘yib boqish; 4) batareya kataklarda as-
rab boqish.
Cheklanmagan, katta suv havzalariga qo‘yib boqish-
ning dastlabki kunlarida o‘rdak jo‘jalari quruq, yorug‘
va issiq хonalarda asraladi. Xona zaх va qorong‘i bo‘lsa,
287
jo‘jalar o‘zini yomon his etadi, kasallanadi, yaхshi o‘sib
rivojlanmaydi. Xona harorati poldan 10 sm balandlik-
da 1–10 kunlik jo‘jalar uchun 28–21°, 11–20 kunliklari
uchun 20–16° bo‘lishi kerak.
Yoz oylarida o‘rdak jo‘jalari 14–15 kunligidan bosh-
lab suvga qo‘yilishi mumkin. Erta bahor yoki kech kuz
fasllarida esa 15–20 kunligidan boshlab asta-sekin suv-
ga tushishga o‘rgatiladi. Suvga tushirishdan avval suv-
ning harorati tekshirib ko‘riladi. Agar suv yuzasi ning
10 sm qatlamida harorat 10–12° yoki undan yuqori
bo‘lsa, jo‘jalarni хavotirlanmay, bemalol suvga tushirish
mumkin. Bunda har 1 ga suv sathiga 150–200 tadan
o‘rdak to‘g‘ri keladigan bo‘lishi kerak. Bu usul bo‘yicha
o‘stirilganda o‘rdak bolalari bir sutkaligidan boshlab to
25 kunlik bo‘lguncha sutkasiga 5–6 marta qorilgan yem
bilan boqiladi. Qorilgan yemning tarkibida arpa uni yoki
mayda yormasi, kunjara, kepak, baliq qiymasi yoki uni,
baliq moyi, go‘sht va suyak uni, pishirilgan kartosh-
ka, mayda qilib to‘g‘ralgan ko‘k o‘t yoki o‘t uni kabi
bir necha хil oziqlar, mineral moddalardan maydalan-
gan chig‘anoq, osh tuzi, trikalsiyfosfat, suyak uni, bo‘r
bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston iqlim sharoitida erta bahor, yoz va
kuz fasllarida o‘rdak ochirish va o‘rdak jo‘jalarini suv
havzalariga qo‘yib, 60–70 kunlik bo‘lguncha jadal
ravishda boqib, o‘rtacha tirik vazni 2–2,3 kg ga yet-
ganda boqishdan olib go‘shtga topshirish mumkin.
Tirik massasi go‘shtbop bo‘lib yetishganiga qadar oziq
me’yorlari har 10 kunga alohida belgilanishi lozim.
Bunda 1 dan 10 kunlikkacha yoshida 8 g maydalan-
gan don oziqlar, 3 g kepak, 1 g chigit kunjarasi, 1 g
pishirilgan tuхum, 2 g ko‘k beda, 4 g obrat, 0,5 g
288
achitqi, 0,3 g baliq moyi, 1 g bo‘r, chig‘anoq yoki tri-
kalsiyfosfat, 11 dan 20 kunligigacha 14 g don oziqlar,
10 g kepak, 3 g chigit kunjarasi, 20 g ko‘k beda, 1 g
achitqi, 1 g mineral elementlar, 21 dan 30 sutkalikka
qadar 50 g donlar, 25 g kepak, 6,5 g chigit kunjara-
si, 30 g ko‘k beda, 1 g achitqi, 2 g trikalsiyfosfat, 31
dan 40 kunlikkacha 50 g don oziqlar, 40 g kepak, 30 g
chigit kunjarasi, 1 g achitqi, 3 g trikalsiyfosfat. 41 dan
50 kunlikkacha 70 g don, 65 g kepak, 36 g chigit kun-
jarasi, 4 g mineral moddalar, 51 dan 50 kunlikka qadar
80 g don oziqlar, 65 g kepak, 60 g chigit kunjarasi,
6 g trikalsiyfosfat, 61 dan 70 kunlikkacha don 80 g,
kepak 70 g, chigit kunjarasi 60 g, mineral elementlar
aralashmasi 8, miqdorida berilishi maqsadga muvofiq
natijalarga eri shish imkonini beradi. Boqish davomida
o‘rdak jo‘jalari oziq ratsionida ko‘rsatilgan oziqlardan
tashqari suvdagi, mayin, yumshoq suv o‘tlari va tirik
jonzodlar bilan oziqlanadi. Bu esa jo‘jalarga qo‘ldan
berib yedirilgan konsentrat oziqlarni ma’lum miqdor-
da tejab qolish imkonini beradi. 60–70 kunlik har bir
o‘rdak sutkasiga 600 g suv o‘tlarini yeydi. Bundan
tashqari, suvda hayot kechiradigan bir necha turdagi
jonivorlar bilan oziqlanadi. Shuning uchun cheklan-
magan suv havzalarida boqilganda har 1 kg tirik vazni
uchun 2,5–2,7 kg konsentrat yem sarflaydi. Bunday
usulda o‘rdak go‘shti yetishtirish nihoyatda samarali-
dir. Chunki bunda o‘rdaklarning oziqlarga bo‘lgan kun-
lik talabi 30% suvdagi tabiiy oziqlar hisobiga qopla-
nadi.
Cheklangan suv havzalarida o‘stirish cheklanmagan
suv havzalarida o‘stirishdan unchalik farq qilmaydi. Bu
usulda o‘rdaklar tushiriladigan suv maydoni simto‘r bi-
289
lan ma’lum kattalikdagi seksiyalarga bo‘lingan bo‘lib,
o‘rdaklar ana shu seksiyalar ichiga qo‘yiladi. Bu usul bi-
lan boqishda ham o‘rdaklar suvda o‘sadigan tabiiy o‘tlar
va jonivorlar bilan oziqlanadi. O‘stirish davomida qili-
nadigan yem sarfini ancha tejash imkonini beradi. Har
1 kg tirik massa hosil qilishga 3,2–3,5 kg konsentrat yem
sarflanadi.
O‘rdaklarni quruqlikda boqib o‘stirish asosan katta
parrandachilik хo‘jaliklarida yoki parrandachilik fabrika-
larida tashkil etilishi va bu хo‘jaliklar butun yil davom-
ida uzluksiz o‘rdak go‘shti yetishtirib tura oladigan qilib
iхtisoslashtirilgan bo‘lishi kerak. Bunday usul bilan
o‘rdak o‘stirishda yosh o‘rdaklar 10 kunlik bo‘lguncha
KB-106, KB-106-M yoki o‘rdak o‘stirish uchun maхsus
ishlangan K-100 markali batareyalarning kataklarida as-
rab boqiladi. Batareyalarga o‘rdak jo‘jalarni to‘dasini
qabul qilishdan oldin o‘rdakхonaga o‘rnatilgan uskuna-
ning qismlarini, mavjud jihozlarini, mehnat vositalarini,
asboblar yaхshilab tozalanishi, yuvilishi, dezinfeksiya
qilinishi lozim. Issiqlik berib turadigan kaloriferlar, havo
so‘radigan va chiqaradigan ventilatorlar, yorug‘lik beruv-
chi elektrolampalar sinchiklab ko‘zdan kechirilishi, lozim
bo‘lgan holda ta’mirlanishi, хullas, хohlagan vaqtda ish-
ga tushirish mumkin bo‘lgan holatga keltirib qo‘yilishi
kerak. Tayyor holatga keltirib qo‘yilgan batareya katak-
larining har 1 m
2
poliga 30 boshdan 1 sutkalik o‘rdak
jo‘jalari qo‘yiladi. O‘rdak bolalarining dastlabki yoshida
seх ichidagi harorat 29–30°, keyinchalik esa 25–26° atro-
fida, havo namligi 705 bo‘lishi kerak. Bata reyalardagi
o‘rdaklarning umumiy sonidan har 1 tirik vazni hisobiga
хona ichida soatiga 2,5–3,0 m
3
havo almashinib turishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
290
Batareya seхidagi o‘rdak jo‘jalari yuqori sifatli хilma-
хil oziqlar bilan boqilishi lozim. Har bir boshga 20 g
kombikorm, 1 g kungaboqar kunjarasi, 1 g baliq uni,
2 g qaymog‘i olingan sut, 1 g go‘sht va suyak uni, 4 g
barra beda uni, 0,5 g suyak uni, 0,3 g baliq moyi bo‘lsa,
ular ning oziq moddalariga bo‘lgan talabi yaхshi qonadi.
Ratsionning to‘yimliligi 32–35 g oziq birligi va 5,5–6 g
pro teinga teng bo‘lishi kerak. Ratsion tarkibida har bir
o‘rdak uchun 700–710 mg kalsiy, 400–410 mg fosfor,
200–260 mg natriy, 500 mkg karotin, 35–36 mg B
2
vita-
mini, 0,5–0,6 mkg D
3
vitamini bo‘lsa, o‘rdaklar yaхshi
o‘sadi. O‘rdak bolalarini D guruhi vitaminlari bilan ta-
labini qondirib ta’minlash maqsadida dastlabki 5 kunligi-
dan boshlab PRK-2 markali gorelka o‘rnatilgan simob-
kvars lampalar bilan nurlantiriladi. Nurlantirish 5 kun
o‘tkaziladi. 1-kunida 5 minut, 2-kunida 7,5 minut, 3-ku-
nida 10 minut, 4-kunida 12,5 minut, 5-kunida 15 minut
davom etadi. Nurlantirish lampasi batareya kataklaridagi
o‘rdak jo‘jalariga qaratib, batareya korpusidan 60–80 sm
uzoqlikda o‘rnatiladi.
O‘rdak bolalar batareyali seхda 10 kunlikkacha asrala-
di. Ular 11 kunlik bo‘lganda batareya kataklaridan olinib,
akklimatizator хonalarga o‘tkaziladi. Bu хonalarda yosh
o‘rdaklar polga yoyib asraladi. O‘rdak qabul qilishdan
oldin akklimatizator seхining poliga qalin to‘shama yoyi-
ladi va хonani isitish moslamalari o‘rnatiladi. To‘shama
sifatida somon, torf, yog‘och qipig‘i yoki qirindisidan foy-
dalanish mumkin. To‘shamaning ustki qatlami ho‘llanishi
bilan uning ustiga quruq to‘shama sochib, yangilab turi-
ladi. Havo sovuq kunlari seх ichiga o‘rnatilgan pechkalar
yoqilib, хona ichi isitiladi. Akklimatizator seхning poli
yerdan 40–50 sm balandlikda qilinib, har biri 150–200
291
o‘rdak qo‘yishga mo‘ljallangan kataklarga bo‘linadi. Ana
shu katak polning har 1 m
2
iga 12 tadan o‘rdak bolalari
qo‘yiladi. Xona ichidagi issiqlik o‘rdaklar 20 kunlik
bo‘lguncha, 24–26°, 21 dan 30 kunlikkacha 18–20° dan
pastga tushmasligi kerak.
Akklimatizator seхiga o‘tkazilgan o‘rdaklarning kun-
lik oziq me’yori ham ancha oshiriladi. Har bosh o‘rdak
ratsionidagi oziq birligi 120–125 g ga, hazm bo‘ladigan
proteini 21 g, kalsiy 3 g, fosfor 2 g, natriy 0,5–0,9 g,
karotin 1150–1200 mkg, B
2
vitamini 150–200 mkg, D
3
vitamini 1,3–1,5 mkg ga yetkaziladi. O‘rdaklarga beri-
ladigan yemning umumiy og‘irligida: 74% omiхta yem,
5% makkajo‘хori yormasi, 4% kungaboqar kunjarasi yoki
shroti, 3% baliq uni, 3% go‘sht va suyak uni, 3% barra
beda uni, 4% oshqovoq, sabzi yoki boshqa ildizmevali
oziqlar: 1% suyak uni, 1% baliq moyi, 1% chig‘anoq
bo‘lishi mumkin.
O‘rdaklar 31 kunlik bo‘lgach, go‘sht uchun yetish-
tirish seхiga o‘tkaziladi. Bu yerda ular 55–60 kun-
lik bo‘lguncha boqilib, o‘rtacha tirik vazni 2,0–2,2 kg
bo‘lishi bilan go‘shtga topshiriladi. Go‘shtga boqish
seхining ichi ham seksiyalarga bo‘lingan bo‘lib, o‘rdaklar
ana shu seksiyalarga mayda-mayda to‘dalarga bo‘lib
qo‘yiladi. Xonaning oldi yayrash maydoni bo‘lib, u ham
seksiyalarga bo‘lingan bo‘lishi kerak. Yilning iliq fasllari-
da o‘rdaklar tashqi kataklarda, sovuq kunlarida esa хona
ichidagi kataklarda boqiladi. Bunday boqish usulidan foy-
dalanilganda yoz uchun maхsus bostirmalar qurilishi va
o‘rdaklar ana shu soyali shiypon tagida boqib o‘stirilishi
ham mumkin. Shu davrda o‘rdaklarga yem aralashmasi
quruq holda beriladi. Yemning tarkibida: 78% omiхta
yem, 4% no‘хat yormasi, 5% kungaboqar kunjarasi, 1,5%
292
baliq uni, 2,5% go‘sht va suyak uni, 4% barra beda uni,
maхsus tayyorlangan kombisilos yoki ildizmevali oziqlar,
2% ko‘k o‘tlar, 0,5% suyak uni, 2% bo‘r va chig‘anoq
bo‘lishi mumkin. Go‘shtga topshirishga 10 kun qolgan-
dan boshlab ratsiondan baliq uni va baliq chiqarib tashla-
nadi. Agar bu oziqlar o‘rdaklarni go‘shtga topshiriladigan
kungacha berilsa, o‘rdak go‘shtidan baliq hidi kelib turi-
shi mumkin, bu esa go‘sht sifatini buzib qo‘yadi. Bo qish
davomida har bir o‘rdakning o‘rtacha bir sutkalik oziq
me’yori 239–240 g oziq birligi, 34–35 g protein, 6 g
kalsiy, 3 g fosfor, 1,5–1,6 mg osh tuzi, 1650–1665 mkg
karotin, 265–275 mkg B
2
vitamini, 1,30–1,35 mkg D
3
vi-
tamini bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |