Mavzu №3. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi.
Reja;
1.Me’da va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.(kasallik etiologiyasi,patogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, davolash.)
2.Klinik holat va simptomlar.
3.Tekshirish usullari; najasni yashirin qonga tekshirish uchun bemorlarni tayyorlash.
4.Davolash va bemorlarda hamshiralik parvarishi.
Me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligi – sikl bilan davom etadigan surunkali kasallik bo’lib, oshqozon va o’n ikki barmoq ichakda yara paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Kasallik osqozon va o’n ikki barmoq ichak ish faoliyatining neytrogumoral va endokrin boshqarilishning buzilishi tufayli paydo bo’ladi. Shu sababli oshqozon shirasida pepsin va xlorid kislota ko’paygani holiday undagi shilliqni himoya qilish hususiyati pasayadi. Bunday yara paydo bo’lishiga olib keladi. Bu kasallik har xil yoshda, ayniqsa 30-40 yoshda ko’p uchraydi. Aholining 5% bo’ladi. Shaxarliklarda qishloqliklarga qaraganda ko’p uchraydi. Erkaklarda bu kasallik ayollarga nisbatan ko’p uchraydi (ayniqsa o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi).
Amerikalik mutaxxasislar tasdiqlashicha, yara kasalligi erkaklarning 8-10% da uchraydi. Kasallikning ko’payishiga asosan not’g’ri ovqatlanish, atrof-muhitni ifloslanishi, shaxardagi ishlab chiqarish rivojlanishidan vujudga keladi.
Amaliyot ko’rsatadiki, o’n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, me’da yara kasalligiga nisbatan ko’proq uchraydi.
Etiologiyasi.
Kasallikning kelib chiqish sabablari polietiologik hisoblanadi. Ular 2 ta guruhga bo’linadi: asosiy va yordamchi sabablari:
Asosiy sabablar:
Mexanik nazariya
Nevragen nazariya
Peptik nazariya
Infektsion nazariya
Yordamchi sabablar:
Odamning tuzilishi, irsiy hususiyatlari, oshqozon yordamchi shilliq bezlarning ko’payishi, qon gruppasining alohida hususiyatlari
Tashqi sharoit ta’siri (namlik, havo bosimi, harorat)
Tamaki chekish va ichimlik ichish
Qo’shimcha kasalliklar (ovqat hazm qilish kasalliklari)
Patologik anatomiyasi.
Oshqozon va o’n ikki barmoq ichakdagi yaralar katta (diametric 6-8 sm gacha, gigant) va kichik (0,5 -1,0 sm gacha) bo’lishi mumkin. O’n ikki barmoq ichak yaralari ko’pincha kichik bo’ladi. Yara bitta yoki bir necha bo’lishi mumkin. Yangi yara yonida eski yaradan chandiq kuzatilishi mumkin. Yaralar oddiy va kallezli bo’lishi mumkin. Oddiy yaralar katta bo’lmagan, chetlari tekis silliq bo’ladi va bunday yaralar nisbatan qisqa vaqt ichida chandiqlanadi. Kallezli yaralar katta, chetlari qo’pol va ko’tarilgan bo’ladi. Bunday yaralar tez chandiqlanmaydi va ko’pincha o’smaga aylanishi mumkin. Patologik anatomiyasi oshqozon va o’n ikki barmoq ichakning yara kasalligi asoratlari (qonayotgan qon tomir, perforatsiya, penetratsiya, o’n ikki barmoq ichak stenozi va malignizatsiyasi) aniqlanishi mumkin.
Kasallik turlari.
Klinik – morfologik belgilariga qarab: oshqozon yara kasalligi va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi;
Yaraning joylashishiga qarab: me’daga kirish qismida, chiqish qismida, kichik egrilik soxasida, o’n ikki barmoq ichakda;
Kasallikning kechishiga qarab: qaytalanishi, pasayib qaytalanishi, pasayishi;
Kasallikning og’ir yengilligiga qarab: yengil kechadigan, surunkali, kuchayib boradigan;
Asoratlariga qarab: asoratli va asoratsiz
Asoratlari:
- Oshqozondan qon ketish,
- penetratsiya,
- perforatsiya,
- o’smaga aylanishi,
- oshqozon va o’n ikki barmoq ichak stenozi.
Klinik manzara.
Kasallik ba’zi hollarda belgilarsiz kechadi. Buni rentgen nurida yoki endoskopik tekshiruvida aniqlash mumkin. Kasallik kechishi asosiy belgilariga ham bog’liq. Asosiy belgisi og’riq. Og’riq kuchli, kesuvchi, sanchiqli, kuchsiz va siquvchi bo’lishi mumkin. Belgining ifodalanganligi yaraning qanchalik chuqur joylashganligini bemor og’riqni sezuvchanligiga, me’da harakat faoliyati buzilishiga ham bog’liq. Og’riq mavsumiy bo’lib, bahorda kuzda kuzatiladi. Og’riq me’da va o’n ikki barmoq ichak soxasida kuzatiladi. Bu vaqtda bemor majburiy holatga keladi. Og’riq ovqatlanishga ham bog’liq bo’lishi mumkin, og’riq erta yoki kech, och qoringa, tungi turlari mavjud. Ovqatlangandan keyin 20-30 minutdan keyin boshlangan og’riq erta og’riq me’da yara kasalligiga hos. Och qoringa bo’ladigan tungi va kech og’riqlar o’n ikki barmoq ichak kasalligiga xosdir. Ba’zida og’riqlar ko’krak qafasining tepa qismiga, orqaga irratsiatsiya qilishi mumkin.
Yara kasalligi surunkali gastrit, surunkali duodenit, xoletsistit, pankreztit bilan birga kechganda og’riqning erta va doimiy turi rivojlanadi. Yaraning og’riqsiz turi ham mavjud bo’ladi.
Yara kasalligida og’riqlar qator dispeptik belgilar: ko’ngil aynash, qusish, jig’ildon qaynashi, kekirish, qabziyat bilan birga kechadi.
Dispeptik o’zgarishlar orasida hammadan ilgari zarda qaynashi bilan qayd qilishni ko’rsatib o;’tish kerak. Zarda qaynashi me’da shirasida kislotalar ko’payib ketishiga va me’da suyuqligining qizil lungachga otilib chiqib turishiga bog’liqdir. Zarda qaynashi aksari ovqatdan keyin, gohiqa nahorga yoki kechasi paydo bo’ladi.
Yara me’daning chiqish bo’limi va o’n ikki barmoq ichakda bo’lgan mahallarda ko’pincha odam qusib turadi. Qusganidan keyin odam odatda yengil tortadi. Yara kasalligi mahalida aksari ko’ngil aynishi va nordon kekirish ham bo’lib turadi. Ishtahasi yaxshi, ammo ovqat tufayli og’riq tufayli og’ri yuzaga kelgani uchun ovqat iste’mol qilishdan bosh tortadi. Natijada ozib ketadi.
Bemor ko’zrdan kechirilganda ozganligi, asabiyligi, ko’p terlashga moyilligi, qizil yoki oq dermografizm aniqlanadi. Tilda karash qoplaganligi va yorilishlar bo’ladi.
Yara kasalligining asoratlari, bular – avvalo ichdan qon ketishi, yara teshilishi va penetratsiyasi, pylorus stenozi va yaraning rakka aylanib ketishidir.
Me’dadan qon ketishi qon qusish yoki ichining qora moyga o’xshab qop-qora bo’lib tushishi bilan namoyon bo’ladi. Talaygina qon ketgan mahallarda odam kam qon bo’lib qolib, boshi aylanadi, darmoni quriydi, arterial bosimi pasayib ketadi, taxikardiya paydo bo’ladi.
Misol tariqasida shuni keltirish mumkin: 40 yoshli bemor so’ngi bir necha yil mobaynida vaqti-vaqti bilan epigastral soxasida ovqat iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan og’riqlar, jig’ildon qaynashni sezib yurardi. Poliklinikada davolanish mobaynida unga “Surunkali gastrit” tashxisi qo’yildi. Ish kuni oxirida bemor birdaniga boshi aylanishi va kuchli xolsizlanish sezdi. Uyda bemorda qora moyga o’xshagan axlat keldi va juda kuchli bosh aylanish kuzatildi. Tez yordam chaqirilib,
bemor me’dadan qon ketishini aniqladi va vena ichiga 10 ml 10% kaltsiy xlorid eritmasi yubordi. Bemor jarroxlik bo’limiga yotqazildi. Qon ketish boshqa qaytarilmadi. Rentgen tekshiruv natijasida oshqozon yarasidan qon ketish tashxisi tasdiqlandi. Bemorni ahvoli biroz yaxshilangan, bemor ichki kasalliklar bo’limiga ko’chirildi. U yerda konservativ davo choralari ko’rildi, oshqozon soxasidagi og’riqlar yo’qolishi va yarani chandiqlanishdan so’ng qoniqarli ahvolda bemorga uyga javob berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |