O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov qishloq xo’jaligi


O’zbekistonda qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi



Download 1,75 Mb.
bet83/196
Sana16.06.2021
Hajmi1,75 Mb.
#68203
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   196
Bog'liq
qishloq xo'jalik iqtisodiyoti (копия)

O’zbekistonda qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi

(amaldagi narxlarda; milliard so’m)(2005-2014 yy.) *




2005

2006

2007

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014**

Barcha toifadagi xo’jaliklar

Jami

5978,3

7538,8

9304,9

11310,7

13628,6

16774,7

21422,3

24370,3

34201,4

36957,2

Dehqonchilik

3323,1

4215,0

5170,1

6400,1

8089,0

10023,0

12762,3

14155,3

21211,8

21810,6

Chorvachilik

2655,2

3323,8

4134,8

4910,6

5539,6

6751,7

8660,0

10215,0

12989,6

15146,6

Fermer xo’jaliklari

Jami

1458,5

2367,5

3111,0

3686,0

4822,6

5962,8

7505,1

8377,2

12025,5

12142,0

Dehqonchilik

1382,3

2264.2

2962,7

3484,2

4575,9

5658,3

7072,8

7929,6

11327,1

11472,4

Chorvachilik

71,2

103,3

148,3

201,8

246,7

304,5

432,3

447,6

698,4

666,4

Dehqon xo’jaliklari

Jami

3689,4

4698,7

5959,7

7367,3

8504,6

10468,9

13453,2

15474,2

21492,7

24067,3

Dehqonchilik

1231,3

1624,4

2128,8

2832,6

3403,1

6214,2

5553,5

6068,4

9672,6

10076,5

Chorvachilik

2458,1

3074,3

3830,9

4534,7

5101,5

4254,7

7899,7

9405,8

11820,1

13995,4

Qishloq xo’jaligi korxonalari

Jami

835,4

472,6

234,2

257,5

301,5

343,0

464,0

518,9

683,2

747,9

Dehqonchilik

709,5

326,4

78,6

83,4

110,1

233,0

136,0

157,3

212,1

261,7

Chorvachilik

125,9

146,2

155,6

174,1

191,4

110,0

328,0

361,6

471,1

484,8

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.

** Dastlabki ma’lumotlar
2014 yilda 2005 yilga nisbatan barcha toifadagi xo’jaliklarda fermer xo’jaliklarining salmog’i: dehqonchilikda 41,6 dan 52,6 % ga, chorvachilikda 2,7 dan 4,4 % ga oshgan. Dehqon xo’jaliklariniki esa mos ravishda 37,0 dan 46,2 % ga oshib va 92,6 dan 92,4 % ga kamaygan. Boshqa qishloq xo’jaligi korxonalariniki esa mos ravishda 21,3 dan 1,2 % ga va 4,7 % dan 3,2 % ga pasaygan.

Ekstensiv omillarga ishlab chiqarish resurslarining miqdorini aks ettiradigan miqdoriy omillar kiradi. Xodimlar sonining, ekin maydonlarining, mollar bosh sonining, asosiy va material aylanma vositalar hajmining ko’payishi yoki kamayishi yalpi mahsulot miqdorining o’zgarishiga olib keladi. Lekin qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish resurslari – ish kuchi, yer, ozuqa, chorvachilik binolari va boshqalar – chegaralangani uchun ekstensiv asosda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish asosiy omil hisoblanmaydi.

Shuning uchun, qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarishni, harakatdagi resurslar potensialidan foydalanishni sifat jihatdan yaxshilashga asoslangan intensiv omillar asosida ko’paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu omillar ichida hal qiluvchi qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligini oshirishdir. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga mablag’ni ko’paytirib, mehnat, yer va moddiy resurslardan samarali foydalanib, mavjud o’zlashtirilgan yer resurslari va mavjud mol bosh sonidan qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va mollar mahsuldorligini oshirish mumkin.

Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulot miqdoriga ekin maydonlari va poda oboroti tarkibi muhim ta’sir ko’rsatadi. Ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish deganda, hosildorligi past ekinlar o’rniga hosildorligi yuqori bo’lgan ekinlarni almashtirib, ularning salmog’ini oshirish tushiniladi. Ancha yuqori hosilli ekinlar bilan ekin maydonlarini yanada kengaytirish dehqonchilik mahsulotlari yalpi hosilini ko’paytirish imkonini beradi.

Chorvachilikda poda oboroti tarkibini takomillashtirish, podada ancha mahsuldorli mollarni, shuningdek podada sog’in sigirlar, ona qo’ylar, echkilar va boshqalarga salmog’ini oshirish tushiniladi.

Podada sigirlar salmog’ini oshirish degani, masalan bir bosh sigirdan ozuqani kam miqdorda oshirgan holda sut ishlab chiqarish keskin ko’paytirishdir.

Mamlakat oziq – ovqat fondini ko’paytirishning muhim manbai, qishloq xo’jalik mahsulotlaridagi yo’qotishlarni tugatish, ulardan foydalanishni yaxshilashdir. Chunki har yili ishlab chiqarish, saqlash, ortish-tushirish qoidalariga amal qilmaslik, shuningdek mahsulotning sifatini buzilishi hisobiga necha millionlab so’m zarar ko’rilmoqda.
2.Yalpi mahsulotning taqsimlanishi
Takror ishlab chiqarish jarayonida qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti qiymat shaklida qoplash fondini (QF) yoki material xarajatlarni (MX) va sof mahsulotni (SM) yoki yalpi daromad(YaD)ni o’z ichiga oladi. Misollarni, Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarning 2014 yil ma’lumotlari asosida ko’rib chiqamiz:




SM yangidan yaratilgan qiymatdir, ya’ni qishloq xo’jaligi korxonalari xodimlarining o’z mehnatlari bilan real yaratilgan qiymatdir.

Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligining rivojlanishida sof mahsulot ko’rsatkichi xo’jalik ishlab chiqarish faoliyati natijalarini baholashda va ishlab chiqarish hajmini o’lchashda instrument sifatida katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, sof mahsulot mehnat predmetlarining takroriy hisobini o’z ichiga olmaydi, u xarajatlarni tejash mexanizmining muhim elementi sifatida ham ko’rinadi. Sof mahsulot va yalpi daromatd o’rtasidagi farq shundan iboratki, sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymatning miqdorini bevosita ishlab chiqarish jarayonida xarakterlaydi, yalpi daromad esa sotish jarayonini hisobga olib, ya’ni ayirboshlash vositasidan keyin aks ettiradi. Amaliyotda bu ikki ko’rsatkich ham yalpi mahsulot qiymatidan moddiy xarajatlarni ayirib tashlab topiladi, shuning uchun ularning miqdori o’rtasida aytarli darajada keskin farq bo’lmaydi. Sof mahsulot ko’proq o’zgarmas baholarda hisoblash zarur bo’lganda, ya’ni ishlab chiqarishning fizik hajmining, mehnat unumdorligining, fond qaytimining dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi. Joriy xo’jalik faoliyatida ko’pincha yalpi daromaddan foydalaniladi, chunki u yangidan yaratilgan qiymatning sotilgan qismini aks ettirib, mahsulot sotishdan kelgan tushum va foyda ko’rsatkichlari bilan aloqadordir.

Qishloq xo’jaligida yalpi daromadni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi. Tannarx bo’yicha hisoblangan qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti qiymatiga, mahsulot sotishdan olingan foyda qo’shiladi. Hosil bo’lgan yalpi mahsulot qiymatidan joriy yildagi barcha moddiy xarajatlarni ayirib tashlab, yalpi daromad topiladi(2-jadval):

2-jadval

Yalpi mahsulot va unig taqsimlanishini hisoblash usuli Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklar hisoboti ma’lumotlari (2014 yil) asosida ko’rsatilgan:

Ko’rsatkichlar

Mln.so’m

1.Yalpi mahsulot qiymati

4912988

2.Moddiy xarajatlar

2853679

3.Yalpi daromad

2059309

4.Mehnat haqi xarajatlari

1228247

5.Sof daromad

831062

Yalpi daromad miqdori yalpi mahsulot hajmi bilan to’g’ri bog’langan va moddiy xarajatlar miqdori bilan teskari bog’langan.

Yalpi mahsulot miqdori qancha ko’p bo’lib, moddiy xarajatlar shuncha oz bo’lsa, yalpi daromad summasi shuncha ko’p bo’ladi.

Yalpi hamda sof daromad barcha turdagi harajatlar hisobiga tashkil topadi. Yalpi daromadning tarkibi quyidagi keltirilgan formulada ko’rsatilgan:



Moddiy xarajatlar va mehnat haqi fondi mahsulot tannarxini tashkil etishini bilgan holda, sof daromadni yalpi mahsulot qiymati va tannarx o’rtasidagi farq shaklida ham aniqlash mumkin:

Sof daromadni yalpi daromad va mehnat haqi fondi o’rtasidagi farq sifatida ham aniqlash mumkin:

Sof daromad davlatning markazlashgan daromadiga (DMD), noishlab chiqarish sferasi xarajatlarini qoplashga ketadigan, ijtimoiy iste’mol, fondlariga (IIF) va jamg’arish fondiga (JF) bo’linadi(bu raqam har bir ishlab chiqaruvchining faoliyatidan va hukumat tomonidan belgilangan miqdorlar asosida turlicha bo’lishi mumkin):

Jamg’arish fondi qishloq xo’jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosiy manbai va zaruriy rezervlar yaratish manbai hisoblanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sur’atlari va imkoniyati jamg’arishning absolyut miqdoriga hamda uning sof daromaddagi hissasiga bog’liq. Jamg’arishning nisbiy miqdorini aniqlash uchun uning normasi (JN) hisoblaniladi. U sof daromadning jamg’arishga yo’naltirilgan qismining jami sofdaromad summasiga nisbati bilan aniqlanadi:

Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining taqsimlanishi quyidagi sxemada ko’rsatiladi:





2-rasm. Yalpi mahsulotning taqsimlanishi.
Yalpi mahsulotning tarkibida shaxsiy iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi rasional nisbat ahamiyatga ega. Uning tashkil topishi mahsulotning tannarxi va bahosi, binobarin harajatlar rentabelligi darajasiga bog’liq. Respublikada qabul qilingan «Mehnat Kodeksi», «Soliq Kodeksi» va boshqa qonun hujjatlarilardan oqilona foydalanish iste’mol va jamg’arma fondlari o’rtasidagi bog’lanishni ta’min etadi va bozor iqtisodiyoti samaradorligini oshiradi.

3.Tovar mahsulot tushunchasi, tovarlilik darajasi va uni oshirish imkoniyatlari
Qishloq xo’jaligining tovar mahsuloti deganda, yalpi mahsulotning barcha sotish kanallari orqali, ya’ni davlat, matlubot kooperasiyasi, qishloq aholisiga, dehqon bozorida, oshxona orqali, bolalar muassasalariga va chet davlatlarga sotadigan qismiga aytiladi. Tovar mahsulotning sotilgan va bu uchun pul olingan qismi sotilgan mahsulot deyiladi. Shuning uchun «Tovar mahsulot» tushunchasi «Sotilgan mahsulot» tushunchasidan kengdir. Agar tovar mahsulotning hammasi sotilsa, u holda ikkalasi teng bo’ladi. Xo’jaliklarning hozirgi hisobotlarida tovar mahsulotning real miqdori va qiymati aniqlanmaydi. Sotish paytida sotilgan mahsulot natural shakldan pulda ifodalangan qiymat shakligao’tadi. Sotilgan mahsulotning bir qismi o’sha zahotiyoq qiymat shaklini oladi. Bu chetga ko’rsatilgan xizmatlar yoki boshqa korxonalar uchun bajarilgan ishlarga olingan pul tushumidir. Bir butun qishloq xo’jaligining hamda alohida qishloq xo’jalikkorxonalari va alohida mahsulot turlarining tovarliligi ikki ko’rsatkichda ifodalanadi:

1. Tovar mahsulotining massasi;

2. Tovarlilik darajasi.

Bu ko’rsatkichlarning har biri o’zi mustaqil ahamiyatga ega, ammo tovar fondining absolyut miqdori hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida tovarlilik darajasi muhim ahamiyatga ega bo’lib, u sotilgan mahsulotni yalpi mahsulotga bo’lib topiladi va foizlarda ifodalanadi. Alohida mahsulot turi bo’yicha tovarlilik darajasini aniqlashda yalpi mahsulot va tovar mahsulot natural ko’rinishda foydalaniladi. Ma’lum bir tarmoqning yoki butun qishloq xo’jaligining tovarlilik darajasini aniqlashda yoki har xil mahsulot chiqaradigan turli tarmoq tovarlilik darajasini solishtirganda yalpi sotilgan mahsulotning qiymat ko’rinishidan foydalaniladi. Bunda yalpi mahsulot va sotilgan mahsulot bir xil bahoda baholanishi maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda tovarlilik darajasi quyidagicha hisoblanadi:

Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining tovarlilik darajasi 2 ta omil: talab va taklif bilan aniqlanadi. ko’pchilik qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi mahsulotga bo’lgan ichki ishlab chiqarish iste’molini chegaralab, chegaralab tovarlilik darajasini ko’tarishga harakat qiladi. Tovar mahsulot miqdorini ko’paytirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

1.Qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va mollar mahsuldorligini oshirish hisobiga yalpi mahsulot ishlab chiqarishni o’stirish. Masalan: 1 yilda 1 ta sigirdan 2500 kg sut sog’ib olinsa, uning tovarlilik darajasi 80% - 85% bo’lsa, 5000 kg sog’ib olinganda, u 90% - 95% ko’tarilishi mumkin;

2.Mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayonida sarflanishini qisqartirish;

3.Urug’lik va yemning sifatini yaxshilash, shuningdek sanoat ishlab chiqaradigan sun’iy va omuxta ozuqalardan foydalanish;

4 Mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida, uni saqlashda va sotishda yo’qotishlarni qisqartirish.

Korxonada mahsulot sotishga katta imkoniyat bo’lishi mumkin, lekin har bir ma’lum davrda mahsulotga bozor talabi chegaralangan bo’ladi. Bu esa mahsulotning to’liq sotilmasligiga, sotilmagan qoldiqning vujudga kelishiga olib keladi. Shuning uchun mahsulot tovarlilik darajasini ko’tarish yo’llaridan biri yaxshi tashkil qilingan marketingdir.



Quyidagi jadvalda ayrim qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tovarliligi to’g’risidagi ma’lumotlar tahlili keltirilgan(3-jadval).
3-jadval

Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda ayrim qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tovarlilik darajasi (2014 yil)*



Mahsulot turlari


Mahsulot miqdori

Shundan sotilgan mahsulot

Tovarlilik darajasi, %

1

2

3

4

5=(4:3)*100

1.

Paxta, s.

2232310

2232310

100,0

2.

Don, s.

8177810

3143550

38,4

3.

Sabzavot, s.

14577070

10203950

70,0

4.

Kartoshka, s.

5267790

4214230

80,0

5.

Meva, s.

3416720

2733380

80,0

6.

Uzum, s.

4973160

3978528

80,0

7.

Poliz, s.

971870

680350

74,1

8.

Go’sht, s.

1264930

885454

70,0

9.

Sut, s.

7452090

5216460

70,0

10.

Tuxum, ming dona

9394920

8455430

90,0

11.

Pilla, s.

26880

26880

100,0

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari. O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015.

Ma’lumki, davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar to’lig’icha davlatga sotiladi. Shuning uchun ularda tovarlilik darajasi doimo 100% ga teng bo’ladi. Bu yerda paxta va pilla shular jumlasidandir. Qolgan mahsulotlarda notovar qismi ham mavjud bo’lib, ularda tovarlilik darajasi 70-90% ni tashkil etadi. Hatto donda bu ko’rsatkich 38 % ni tashkil etgan.


4.Tovar mahsulotning sifati, uni yaxshilash va raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari
Bozorni oziq-ovqat va xom-ashyo mahsulotlari bilan to’ldirish vazifasi qishloq xo’jalik mahsulotlari sifatini yaxshilash muammosi bilan mustahkam aloqada. Aholining iste’molini qondiradigan har qanday mahsulot, uni foydali qiladigan ma’lum bir xususiyat, xossaga ega bo’lishi kerak. Ular mahsulotdagi iste’mol qiymatning mohiyatini aks ettiradi. Agar iste’mol qiymat mahsulotning umumiy foydaliligini ifodalasa, uning foydalilik darajasi, ya’ni ma’lum iste’molni qanoatlantirishga obyektiv qodirligini, mahsulotning sifati xarakterlaydi. Mahsulot sifati deganda, uni ma’lum bir ehtiyojini qondirish kerakligini zarur qilib qo’ygan, mahsulotdagi xususiyatlar to’plami tushuniladi.

Mahsulot sifati muhim iqtisodiy kategoriyalardan biri bo’lib, u ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot istemolida kishilar o’rtasidagi o’zaro mustahkam munosabatlarni ifodalaydi. Ijtimoiy iste’mol doimiy emas, sifatni yaxshilash tendensiyasi obyektiv va qonuniyatli xarakterga ega. Bu birinchi navbatda iste’molning oshishi qonunining harakati bilan bog’liq. Buning mohiyati shuki, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi bilan doimo ularning iste’moli darajasi oshib boradi va ularda bir vaqtning o’zida iste’molni to’laroq qondirish imkoniyati kengayadi.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatini yaxshilash faqat aholining oziq-ovqatga bo’lgan iste’molni to’liq qondiribgina qolmay, balki u qishloq xo’jaligi iqtisodiy samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Shuning uchun mahsulot sifatini oshirish – bu pirovard natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy iste’molni to’laroq qondirishdir. Rivojlanayotgan bozor sharoitida qishloq xo’jaligi mahsulotlari raqobatbardosh bo’lishi kerak, ya’ni bozordagi mahsulotlarga qaraganda ancha yuqori iste’mol xususiyatiga va katta talabga ega bo’lishi kerak.

Mahsulot sifatiga talab iste’molchilar, shuningdek davlat organlari tomonidan shakllanadi. Mahsulot sifatiga talabning shakllanishidagi ustunlik iste’molchiga, bozorga, raqobatga tegishlidir.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifati ishlab chiqarish resurslari - ishlab chiqarish elementlarining ishtiroqi va ta’sirida shakllanadi. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hamda ishlab chiqarish resurslari sifati o’rtasida keng harakatdagi bevosita yoki ko’p pog’onali aloqa va bog’lanish mavjud. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

I. Qishloq xo’jalik mahsulotining sifati:

1. Ish kuchi sifati;

2. Fondlar bilan qurollanish;

3. Xodimlar malakasi;

4. Moddiy rag’batlantirish.

II. Yer va boshqa tabiiy resurslar sifati;

III. Moddiy resurslar sifati:

1. Asosiy vositalar sifati:

a) sanoatdan keladigan;

b) qishloq xo’jaligidan chiqadigan;

2.Moddiy oborot vositalarning sifati:

a) sanoatdan keladigan;

b) qishloq xo’jaligidan chiqadigan.

Mahsulot sifatini yaxshilash va uni ta’minlashning yetakchi omili ish kuchining sifati hisoblanadi. Foydali mehnat bilan shug’ullanuvchi mamlakatning har bir fuqarosi mahsulot sifatini ta’minlash bo’yicha o’z munosabatlarini quyidagilar asosida amalga oshirishlari kerak:

1.O’zaro yordam va ilg’or tajribalarni almashish;

2.Har bir ish joyida mehnat sifatiga va uning natijasiga qattiq talabchanlik;

3.Mahsulot sifati degan bosh mezondan kelib chiqib, xodimning professional ustaligi va uning mehnatga to’lanadigan haqqini baholash;

4.Har bir kishining - ishchidan to rahbargacha o’z mehnati sifati uchun shaxsiy javobgarligi;

5.Mehnat jarayonida mahsulot sifatini pasaytirish mumkin bo’lgan har qanday faoliyatni ogohlantirish.

Yer resurslarining sifati iqlim sharoitlari bilan birga faqat yetishtiriladigan ekinning tarkibini aniqlab qolmasdan va uning miqdoriga ta’sir qilib qolmasdan, balki uning sifatiga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, unumli tuproqda, yerda yetishtirilgan hosilning sifati ham yaxshi, yuqori bo’ladi.

Moddiy resurslar sifati, qishloq xo’jalik mahsulotlari sifatiga 2 tomonlama ta’sir ko’rsatadi. Birinchidan, asosiy va moddiy aylanma vositalarning ancha yuqori sifati, sifati oshirilgan mahsulot olishga, sotish bahosini oshirishga va pirovard natijada daromadni oshirishga imkon beradi. Rayonlashgan urug’ navlaridan foydalanish faqat hosildorlikni oshirib qolmasdan sifatini ham yaxshilaydi. Chorvachilik mahsulotlarini ko’paytirish va sifatini yaxshilashga yemning to’yimliligi sifati katta ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchidan, ancha sifatli moddiy resurslar mehnat sig’imini, fond sig’imini va material sig’imini pasaytiradi, bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi. Urug’, yem va boshqa aylanma vositalar sifat tavsiflarining yaxshilanishi mahsulot birligi hisobiga ularga qilingan xarajatni pasaytiradi. Va aksincha, navlar va ekiladigan urug’ sifatining yomonlashishi, yemlarda ozuqa moddalarining, ayniqsa proteinning pasayishi, mahsulot tannarxining o’sishiga olib keladi.

Bozorga olib chiqiladigan har qanday qishloq xo’jaligi mahsuloti kishilarning iste’molini qondirish darajasi bo’yicha tekshiruvdan o’tadi: har bir xaridor o’zining iste’molini qondiradigan mahsulotni sotib oladi, xaridorlar massasi esa kishilar iste’molini to’laroq qondiradigan mahsulotni sotib oladi, nisbatan mahsulot raqobati tashkil topadi. Shuning uchun mahsulotgning raqobatbardoshligini faqat raqobatdosh mahsulotlarni o’zaro taqqoslab aniqlash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tovar mahsulotining raqobatbardoshligi – bozorga va sotish vaqtiga aniq bog’liq bo’lgan nisbiy tushunchadir.

Shuni bilish lozimki, mahsulotning raqobatbardoshligi, xaridor uchun muhim qiziqish uyg’otadigan uning xossasi orqali aniqlanadi. Boshqa barcha parametrlar, bu chegaradan tashqaridagi, mahsulotning raqobatbardoshligida raqobat shartlariga aloqasi yo’q sifatida qarab chiqilmaydi.

Mahsulotning raqobatbardoshligini o’rganish sistemali va to’xtovsiz o’tkazilishi kerak. Bu agar raqobatbardoshlik pasaya borsa, o’z vaqtida ma’lum qaror qabul qilishga - shu mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish yoki to’xtatish yoxud uning sifatini yaxshilash, boshqa bozorlarga o’tkazish va boshqalarga o’ylab ko’rishga imkon beradi. Boshqa tomondan, mahsulotning raqobatbardoshligi, shu mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish haqida qaror qabul qilingan qarorlarning samarasini oshiradi.

Hozirgi kunda, ya’ni bozor munosabatlariga o’tish sharoitida qishloq xo’jaligida bir qancha mahsulot sotish kanallari vujudga keladi va ularning harakat qilishi uchun sharoit yaratiladi.

Mahsulotni sotish kanallari deganda, sotishda ishtirok etuvchi yoki vositachilik qiluvchi shaxslar va korxonalr to’plami tushuniladi. Ular tovarlarni o’zlariga yoki boshqa bir shaxsga o’tkazish huquqini oladilar. Bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazish maqsadida birgalikda harakat qiluvchi iqtisodiy, texnologik, tashkiliy, ijtimoiy va boshqa jarayonlar tizimidir.

Sotish kanallari bevosita va bilvosita kanallarga bo’linadi. Tovarlar sotishning bevosita kanallar deganda vositachilarsiz tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga ko’chib yurishi tushuniladi.

Bevosita kanal orqali, masalan sabzavot va poliz mahsulotlari dehqon bozorlarida, xususiy magazinlarda, do’konlarda sotilishi mumkin. Bunday usul bilan, shuningdek, qishloq xo’jalik mahsulotlari mahalliy aholiga kassa orqali naqd pulga sotilishi mumkin.

Bilvosita sotish kanallari mustaqil vositachilardan foydalanish bilan bog’langan. Ular tovarlarni tovar ishlab chiqaruvchilardan sotib oladi va iste’molchilarga yetkazib beradi. Vositachilar sifatida davlat tashkilotlari, matlubot kooperasiyalari, savdo va sanoat korxonalari chiqadi.

Alohida qishloq xo’jalik korxonalari uchun mahsulotlarni turli kanallar orqali sotish ham tashkiliy, ham iqtisodiy jihatdan qiyin masala.. Korxonalar faoliyatining pirovard natijasi ma’lum darajada mahsulotni tayyorlaydigan, saqlaydigan, ortadigan-tushiradigan xizmatlarning rivojlanishiga bog’liq. Shuning uchun qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulotni tayyorlashni va sotishni tashkil qilish bo’yicha barcha masalalarni hal qilish zararuriyati tug’iladi.

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish kanallari quyidagilar bo’lishi mumkin:

I. Davlatga sotish:

A).Davlat fondiga;

B).Regional fondga;

II. Erkin sotish:

A). Dehqon bozorida;

B). Korxona xodimlariga va mahalliy aholiga;

V). Birjada;

G).Chakana savdoning boshqa tashkilotlariga, korxonalariga;

D).Shartnoma, majburiyat bo’yicha tashkilot va korxonalarga;

Ye).Boshqa tashkilotlar bilan barter bitimlari;

III.Umumiy ovqatlanish korxonalariga.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishda davlatga sotiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining hajmi keskin qisqarib boradi va bozor kanallari bo’yicha sotish oshib boradi.

Qishloq xo’jalik mahsulotlari sotish yo’llarini tanlashda, albatta sotish sferasi bilan bog’liq xarajatlar sarflanadi. Uni transaksiya xarajatlari deyiladi. Bu harajtlar o’z ichiga baho to’g’risidagi axborotlarni izlash, hamkorlarni tanlash, shartnomalar tuzish, shuningdek mulkni himoya qilish kabi xarajatlarni oladi. Transaksiya xarajatlarining darajasi har doim ham oldindan aniqlanavermaydi. U mahsulotning xususiyati, uni ishlab chiqarish texnologiyasi, ayirboshlashdagi hamkorlarning xohish-istagiga bog’liq.

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish yo’llariga quyidagilarni kiritish mumkin;

Qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari:

1.Qayta ishlash:

a) ulgurji savdo korxonalari;

b) chakana savdo korxonalari;

v) pirovard iste’molchi;

2.Dehqon bozorlari;

3.Tayyorlov tashkilotlari:

a) ulgurji savdo korxonalari;

b) chakana savdo korxonalri;

v) pirovard iste’molchi.

Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yuqorida keltirilgan sotish kanallarining qanchalik darajada qulayligini va imkoniyat darajasida iqtisodiy jihatdan munosabat o’rnatishi mumkin bo’lgan variantni tanlashlari kerak bo’ladi.
Tayanch iboralar:
Iqtisodiy samaradorlik, jonli mehnat, buyumlashgan mehnat, xarajat, samara, mezon, mahsulot miqdori, bozor tizimi, bozor mexanizmi, yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof daromad, rentabellik.

Savollar

1.Yalpi mahsulot nima va u qanday taqsimlanadi?

2.Tovar mahsulot nima?

3.Tovarlilik darajasi qanday aniqlanadi?

4.Yalpi va sof daromadning taqsimlanishi?

5.Tovar mahsulot sifatiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?

6.Tovarlarning raqobatbordoshligi nimani anglatadi?

12-BOB.QISHLOQ XO’JALIGINI INTENSIVLASHTIRISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish