Ikkinchidan, qishloq xo’jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyoning asosiy massasini beradi, ya’ni u tarmoqlar mahsulotlari ham bevosita aholi ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. Qishloq xo’jaligining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi va samaradorligi sanoatning ushbu tarmoqlarining ishlab chiqarish hajmini va samaradorligini aniqlaydi. To’qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 40 foizini, qand sanoatida – 70 foizini, sut va yog’ mahsulotlari ishlab chiqarishda 80 foizga yaqinini qishloq xo’jaligi xom ashyosi tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda mamlakat xalq iste’moli fondining 3/4 qismi bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan yoki qishloq xo’jaligi xom ashyosidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlaridan iborat. 2012 yilga kelib 6513,1 mlrd. so’mlik oziq-ovqat va 1653,6 mlrd.so’mlik yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |